218
219
Ma’lumotlarga ishlov berish.
Ma’lumotlardan axborot-ku-
tubxona faoliyatida axborot yaratish uchun quyidagi namunaviy
operatsiyalardan foydalaniladi:
– tasniflash yoki guruhlash. Dastlabki ma’lumotlar, odatda, bir
yoki bir nechta belgidan iborat bo‘lgan kodlar shaklida bo‘ladi.
Obyektlarning muayyan belgilarini ifodalovchi bu kodlardan yo-
zuvlarni identifikatsiya qilish va guruhlash uchun foydalaniladi;
– saralash, uning yordamida yozuvlarning ketma-ketligi tartibga
solinadi;
– arifmetik va mantiqiy operatsiyalarni o‘z ichiga oladigan hi-
soblashlar. Ma’lumotlar ustida bajariladigan bu operatsiyalar yangi
ma’lumotlarni olish imkonini beradi;
– yiriklashtirish yoki agregatlash. Bu ma’lumotlarning miq-
dorini kamaytirish uchun xizmat qiladi va yakuniy yoki o‘rtacha
qiymatlarni hisoblash shaklida amalga oshiriladi.
Ma’lumotlarni saqlash.
Ko‘plab ma’lumotlarni keyinchalik
ulardan shu yerning o‘zida yoki boshqa darajalarda foydalanish
uchun operatsion faoliyat darajasida saqlab qolish zarur bo‘ladi.
Ularni saqlash uchun ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
hisobotlarni (hujjatlarni) yaratish.
Ma’lumotlarga ishlov
berish axborot texnologiyasida axborot-kutubxona xodimlari va
rahbariyat, shuningdek, tashqi boshqaruv uchun hujjatlar yaratish
zarur bo‘ladi.
Buning ustiga, bunday hujjatlarni axborot-kutubxona faoliyati
va o‘tkazilgan tadbirlar munosabati bilan bir marta yoki davriy
ravishda har oy, yil choragi yoki yilning oxirida tayyorlash kerak
bo‘ladi.