• Mavzuning maqsadi
  • 11. 1. KOMMuniKatsiOn jaraYOn
  • Kommunikatsion jarayoni
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet132/177
    Sana30.05.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #257805
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   177
    Bog'liq
    55c441c91d60c

    Nazorat savollari:
    1. Axborot texnologiyalari yoki itologiyaning asosiy xarakterli belgi-
    lari nimalardan iborat? 
    2. Ma’lumotlarga ishlov berish axborot texnologiyalari ahamiyati ni-
    malardan iborat?
    3. Ma’lumotlarni to‘plash ishlov berish saqlash hisobotlar tayyorlash 
    haqida gapirib bering.


    220
    221
    xi bOb. axbOrOt-KutubxOna 
    MuassasaLarida KOMMuniKatsiYa
    va teLeKOMMuniKatsiYa
    aLOqa vOsitaLari 
    11. 1. Kommunikatsion jarayoni.
    11. 2. Telekommunikatsion aloqa vositalari.
    11. 3. Axborot-kutubxonalarda aloqa vositalari. 
    Mavzuning maqsadi: 
    axborot-kutubxona muassasalarida kommuni-
    katsion va telekommunikatsiya aloqa vositalari ularning ahamiyati, kom-
    munikatsion jarayon, axborot almashish, telekommunikatsion aloqa vosi-
    talari va ulardan foydalanish kabi bilim ko‘nikmalari berish va mutaqil 
    foydalanishga o‘rgatishdan iborat. 
    11. 1. KOMMuniKatsiOn jaraYOn
    har qanday tashkilot yoki korxona, ayniqsa, axborot-kutubxona 
    muassasalarida rahbarlardan axborotlarni samarali almashish talab 
    qilinadi. Yaxshi yo‘lga qo‘yilgan kommunikatsiya va telekommu-
    nikatsiya ish muvaffaqiyatini ta’minlaydi. Qaysi rahbarda sama-
    rali kommunikatsiya bo‘lsa, u sa marali ishlovchi rahbardir. Yaxshi 
    rahbar kommunikatsiya jarayoni mohiyatini tushunadi, og‘zaki va 
    yozma muomalani puxta egallaydi. Telekommunikatsion vositala-
    ridan foydalanib ish faoliyatini yaxshi yo‘lga qo‘yadi. 
    Kommunikatsion jarayoni 
    – bu ikki va undan ortiq odamlar 
    o‘rtasidagi axborot almashish jarayonidir. Kommunikatsiya jarayo-
    nining asosiy vazifasi – almashish predme ti bo‘lgan axborotni tu-
    shunishni ta’minlash. Biroq axborot almashishning o‘zigina ax-
    borot almashishda ishtirok etuvchilarning samarali tillashishiga 
    kafolat beravermaydi. Kam samarali axborot almashish natijasiga 
    do‘stlar, oilaviy, mehnat jamoalarida har birimiz duch kelganmiz. 
    Axborot almashish jarayonida to‘rtta tarkibiy qismlar qatnashadi: 


    220
    221
    jo‘natuvchi, xabar (axborotning o‘zi), ka nal (axborotni uzatish 
    vositasi) va qabul qiluvchi. Ana shu tarkibiy qismlar bir-biri bilan 
    hamohang ishlashi, axbo rot ma’nosini yo‘qotmasligi kerak. Ax-
    borot almashi nuv jarayonida har ikki tomon (jo‘natuvchi va qabul 
    qiluv chi) faol rol o‘ynaydi. Agar rahbar qo‘l ostidagilarga topshiriq 
    bersa, shuning o‘zi axborot almashish boshlandi degan gap. Ax-
    borot almashish samarali bo‘lishi uchun xodim o‘z rahbariga top-
    shiriqni qanday tushungani haqida xabar berishi, rahbar esa undan 
    nimalar kutishini aytishi kerak. Topshiriqning o‘zi qanday qo‘yili-
    shi (to‘g‘rirog‘i, axborot) va axborotni uzatish vositasi muhim aha-
    miyatga ega. Agar bir tomon axborotni taklif etsa, ikkinchi tomon 
    uni hech qanday to‘siqsiz qabul qilsa, axborot almashgan hisobla-
    nadi. Shuning uchun kommunikatsiya jarayoniga juda katta e’tibor 
    berish kerak. hozirgi paytda eng muhim kom munikatsiya vositasi 
    sifatida kompyuterlar xizmat qilmoqda. Bozor munosabatlariga 
    o‘tilishi kompyuterlashtirish ahamiyatini keskin oshirib yubordi. 
    Xalqaro amaliyot iqtisodni kompyuterlar yordamida boshqarishni 
    afzal ko‘rmoqda. Kompyuterlar yordamida axborot to‘planadi, das-
    turlar tuziladi, ma’lumotlar banki hosil qilinadi. Barcha axborotlar 
    tez tayyorlanadi va tarqatiladi. 
    Kommunikatsiya – signalning uzatuvchidan qabul qiluvchiga 
    biror vosita orqali uzatilishidir. Signal esa, o‘z navbatida, ma’lu-
    mot va axborotdan tashkil topgan xabardir. Signal, albatta, biror-bir 
    aloqa vositasi yordamida uzatiladi. Yuboruvchi va qabul qiluvchi 
    o‘rtasida signal tashuvchi har qanday narsa aloqa vositasi hisobla-
    nishi mumkin. Insonlar so‘zlashganda, gapirayotgan kishi (yubo-
    ruvchi) signallarni yuborishda aloqa vositasi sifatida havodan foy-
    dalanadi. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   177




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish