Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

12. 2. avtOMatLashtiriLGan
axbOrOt-KutubxOna tarKibi 
har qanday axborot-kutubxona muassasa sifatida aniq bo‘lim-
lardan tashkil topadi. har bir bo‘lim bajaradigan ishlar avvaldan 


238
239
belgilab qo‘yiladi. Bunda axborot-kutubxonaning bosh maqsa-
di kitobxonlarga kerakli adabiyotlarni berish va axborot xizma-
ti ko‘rsatishdir. Agarda bu ishlardan biri bajarilmasa yoki chala 
bajarilsa, ish sifati pasayib ketadi, kutubxonachilarning faoliyat 
ko‘rsatishi qiyinlashadi, kitobxonlar esa kerakli axborotlarni tezda 
ololmaydilar, zarur xizmat turlaridan ham foydalana olishmaydi. 
Demak, axborot-kutubxona faoliyatining samaradorligi uning 
tarkibidagi bo‘limlarda ishning to‘g‘ri taqsimlanishiga bog‘liq 
bo‘ladi. 
Avtomatlashtirilgan kutubxona (AK) – bu kutubxona ishini 
tashkil etishning ilg‘or shakli hisoblanadi. AK xizmat ko‘rsatish 
imkoniyatlarini kengaytirib, kitobxon larga tezkorlik bilan xizmat 
ko‘rsatishni ta’minlaydi. 
har qanday tizim shunday qismlardan iboratki, ularsiz tizim 
faoliyat ko‘rsata olmaydi. Agarda tizim qismlaridan biri bo‘lmasa 
yoki qoniqarsiz ishlasa, u holda tizim o‘z oldiga qo‘yilgan bosh 
vazifani bajara olmaydi. 
AK tizimining qismlari yoki uni tashkil etuvchilari nimalardan 
iborat? Tizim faoliyatini ta’minlab turuvchi quyidagi qismlarni 
ajratib ko‘rsatish mumkin:
til taminoti
– AKda ishlatiladigan til vositalari majmuyi. TT 
o‘z ichiga atamalar, tushunchalar, yuqori darajadagi tillarni, kod-
lashtirish tillarini va bibliografik axborot tavsifini oladi. 
axborot ta’minoti
– axborot massivlari majmuyi, bibliografik 
axborotlar tasnifi va kodlashtirish, bib liografii formatlar, ma’lumot-
lar bazasi. 
Axborot va til ta’minotini bir-biridan ajratish mumkin emas. Bu 
ikkalasini axborot til ta’minoti sifatida birlashtirish mumkin. 
texnik ta’minot
– axborot-kutubxona jarayonlarini mexanizat-
siyalashtirish va avtomatlashtirishga mo‘ljallangan texnik vositalar 
(shaxsiy kompyuterlar, orgtex nika, serverlar, printerlar va h. k.) 
majmuyi. 
Axborot-kutubxonaning texnik ta’minoti o‘z ichiga texnik vo-
sitalar kompleksi (EhM, tashqi qurilmalar, terminallar, abonent 
punktlari, aloqa vositalari)ni oladi. Bu vositalar yordamida kutub-


238
239
xonada axborotlar yig‘iladi, saqlanadi, qayta ishlanadi, qidiriladi 
va uzatiladi. Bulardan tashqari, adabiyotlarni jo‘natish va qabul qi-
lishga mo‘ljallangan texnik qurilmalar ham texnik ta’minot tarkibi-
ga kiradi. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish