Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

Kompyuterli telefoniya 
shunday texnologiyaki, unda kompyu-
terli resurslar chiqish qo‘ng‘iroqlarini bajarish va kirish qo‘ng‘iroq-
larini qabul qilish uchun hamda telefon ulanishlarini boshqarish 
uchun qo‘llaniladi. Kompyuterli telefoniya ko‘z oldimizda hamma 
sohalarga kirib borayotgan telekommunikatsion texnologiyaga 
aylanmoqda. 
radiotelefonli aloqa tizimlari,
chet elda esa Wireless Local 
Loop (WLL) deb ataluvchi telefon aloqaning simsiz tizimlari ke-
yingi yillarda juda rivojlandi. Ular ko‘pincha mobil (mobil – «ha-
rakatlanadigan») abonentlar bilan aloqa uchun hududiy telefonli 
tizimlar sifatida hamda simli telefon liniyalari bo‘lmagan hollarda 
aloqa uchun ishlatiladi. 
uyali radiotelefon aloqa tizimlari. 
1991- yildan boshlab uyali 
radiotelefon aloqa tarmog‘i xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha bir ne-
cha kompaniyalar O‘zbekistonda ish boshladi. Uyali radiotelefon 
aloqalari radiotelefonning yangi bosqichdagi rusumi hisoblanadi. 
Bugungi kunda butun jahon bo‘ylab milliardlab odamlar uyali tele-
fonlarni ishlatadilar. Xususan, O‘zbekistonda 20 million nafar kishi 
uyali aloqa xizmatlaridan foydalanadi. Chunki bu aloqa vositasi bi-
lan muloqot qilish oson va kam xarajatdir. Radiotelefon bilan uya-
li aloqa telefonining farqi shundaki, radiotelefonda gapirayotgan 
paytda navbat bilan so‘zlaydilar – biri gapiradi boshqasi eshi tadi. 


228
229
Uyali telefonda esa bir vaqtning o‘zida ham suhbatdoshingizni 
eshitib ham unga gapirishingiz mumkin. 
Uyali telefonning rusumiga qarab quyidagi avzalliklarini 
ko‘rishimiz mumkin: kerakli ma’lumotlarni saqlash, bajarish kerak 
bo‘lgan ishlarning ro‘yxatini tuzish, kalkulator amallarini bajarish, 
o‘yin o‘ynash, SMS matn xabarlarini yuborish, MP 3 pleyer yor-
damida musiqa eshitish, televizor ko‘rish, Internetga ulanish kabi 
xususiyatlari mavjud. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish