• Kommunikatsiya va telekommunikatsiya aloqa jarayonlari.
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet133/177
    Sana30.05.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #257805
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   177
    Bog'liq
    55c441c91d60c

    11. 2. teLeKOMMuniKatsiOn
    aLOqa vOsitaLari
    Telekommunikatsiyada esa yuboruvchi tomon signallarni uza-
    tishda kabel simlari aloqa vositalaridan foydalanadi. 


    222
    223
    Agar kommunikatsiyani insonlar misolida tasavvur qilsangiz, 
    uning tarkibiy qismlarini osonlikcha anglab yetish mumkin. Inson-
    lar o‘zaro yuzma-yuz gaplashganlarida bir-birlariga xabar uzata-
    dilar. Kishi, ayni paytda, yuboruvchi va bir ozdan so‘ng esa qabul 
    qiluvchi bo‘lishi ham mumkin. 
    Demak, bir kishining o‘zi ham yuboruvchi, ham qabul qiluvchi, 
    yoki ikkalasi ham bo‘lishi mumkin. Bu ikki tomonlama kommuni-
    katsiyaning oddiy ko‘rinishidir. 
    Xabarlarni yetkazib berishda ishlatadiganimiz signallar – bu 
    biz qo‘llaydigan so‘zlar, biz so‘zlashadigan til. Muloqot samarali 
    chiqishi uchun esa ikkala tomon ham yuboruvchi va qabul qiluvchi 
    signallarni tushunishlari va bir xil talqin qila bilishlari lozim. 
    82- rasm.
    Kommunikatsiya va telekommunikatsiya
    aloqa jarayonlari. 
    Yana shu narsani ta’kidlash joizki, kommunikatsiya sinxron 
    yoki asinxron bo‘lishi mumkin. Sinxron kommunikatsiyada qabul 
    qiluvchi xabarlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri, yuborilgan paytning o‘zida 
    qabul qilib oladi. 
    Oddiy so‘zlashuv va telefon so‘zlashuvlari sinxron kommuni-
    katsiyaga misol bo‘lishi mumkin. Asinxron kommunikatsiyada 


    222
    223
    esa, qabul qiluvchi xabarlarni ular jo‘natilganidan bir qancha vaqt 
    o‘tgach – biror soat yoki biror kundan keyin qabul qilib oladi. 
    Pochtadan yoki Internet orqali elektron pochtadan xat jo‘natish 
    asinxron kommunikatsiyaga misol bo‘ladi. Akademik tadqiqotchi-
    lar faollik bilan sinxron va asinxron kommunikatsiyalarning sama-
    radorligi, natijaviyligi hamda tashkiliy jihatlari ustida izlanishlar 
    olib boryaptilar. Ikkala turdagi kommunikatsiya ham elektron yoki 
    oddiy yo‘l bilan amalga oshirilishidan qat’i nazar, axborot-kutub-
    xona ishida muhim rol o‘ynaydi. 
    Telekommunikatsiya deganda, signallarning muloqot uchun 
    elektron uzatilishi tushuniladi va u telefon, radio va televizor kabi 
    vositalarni o‘z ichiga oladi. Telekommuniktsiyaning axborot-ku-
    tubxona sohasida sezilarli o‘zgarishlarga olib kelish imkoniyati 
    bor, chunki u vaqt va masofa bilan to‘siqlarni ancha kamaytiradi. 
    Telekommunikatsiya axborot-kutubxonaning faoliyat yo‘nalishini 
    o‘zgartiribgina qolmay, tijorat yo‘siniga ham ta’sir ko‘rsatmoqda. 
    Tarmoqlarni bir-biri bilan o‘zaro bog‘liqligi va axborot almashi-
    nuvining yengilligi raqobat bozorida yuqori darajadagi sifat va xiz-
    matlarga kafil bo‘lmoqda. 
    Ma’lumot almashinuvi telekommunikatsiyaning alohida tarkibiy 
    qismi bo‘lib, ma’lumotlarning elektron jamlanishi, qayta ishlani-
    shining texnologik jarayoni va tarqatilishi tushuniladi. Telekom-
    munikatsiyani qo‘llash uchun ma’lumot almashinuviga erishiladi. 
    Telekommunikatsiyaning umumiy modelini ko‘rib chiqadigan 
    bo‘lsak, bunda model yuboruvchi qismdan boshlanadi va inson, 
    kompyuter, terminal yoki xabarni hozirlaydigan har qanday vosita 
    bunga misol bo‘lishi mumkin. Yuboruvchi signalni telekommuni-
    katsiya uskunasiga uzatadi. 
    Telekommunikatsiya uskunasi bir qancha vazifalarni bajaradi, 
    masalan, signalni bir ko‘rinishdan ikkinchi ko‘rinishga yoki bir tur-
    dan ikkinchi turga o‘zgartirishi mumkin. 
    plata 
    – bu axborotlarni jo‘natuvchi va qabul qiluvchi maxsus 
    qurilma. Odatda, bunday plata tarmoq interfeys platasi kompyuter 
    shinasining kengaytirilgan bo‘sh o‘rniga o‘rnatiladi, ma’lumotlar-


    224
    225
    ni uzatuvchi kabel esa shu plataga o‘rnatiladi. Bugungi kunda tar-
    moqda qo‘llaniladigan bir necha tipdagi kabellar mavjud. Bularga 
    signalni modullashtirmaydigan koaksil kabel, signallarni modul-
    lashtiruvchi koaksil kabel va optik tolali kabel kiradi. Bu kabellar 
    ma’lumotlarni uzatish tezligi, uzatish uzoqligi va ulanish usullari 
    bilan farqlanadi. 
    83- rasm.

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   177




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish