Matnli protsessor – matnli hujjatlarni yaratish va ishlov be rish
uchun mo‘ljallangan amaliy dasturiy maxsul turidir. U so‘zlarni
qo‘shish yoki olib tashlash, gaplar va xat boshilarini boshqa joyga
ko‘chirish, format belgilash, matn elementlari va rejimlari bilan
turli harakatlarni amalga oshirish imkoniyatini beradi. hujjat tayyor
bo‘lganida, xodim uni tashqi xotiraga yozib qo‘yadi, so‘ngra bos-
madan chiqaradi va, zaruriyat bo‘lsa, kompyuter tarmog‘i bo‘yicha
uzatadi. Shunday qilib, menejer ixtiyorida yozma kommunikatsi-
yaning samarali turi bo‘ladi. Matnli protsessor yordamida tayyor-
langan xatlar va ma’ruzalarni muntazam olib turish menejerga
axborot-kutubxonadagi vaziyatni doimo baholash imkonini beradi.
audiopochta. Bu pochta xabarlarni ovoz bilan yuborish uchun
mo‘ljallangan. U elektron pochtaga o‘xshab ketadi, faqat farqi siz
xabarlarni kompyuter klaviaturasi yordamida terib emas, balki tele-
fon orqali uzatasiz. Yuborilgan xabarlarni ham xuddi shu tarzda
telefon orqali olasiz. Tizim audio signallarni raqamli kodga va,
aksincha, raqamli kodlarni audio signallarga o‘zgartirish uchun
maxsus qurilmani, shuningdek, audioxabarlarni raqamli shaklda
saqlash uchun kompyuterni o‘z ichiga oladi. Audiopochta ham
tarmoqda amalga oshiriladi. Audioxabarlarni uzatish pochtasidan
muammolarni guruh bo‘lib hal qilish uchun
muvaffaqiyatli foyda-
lanish mumkin. Buning uchun xabar yuboruvchi qo‘shimcha tarz-
da ushbu xabar kimlarga mo‘ljallangan bo‘lsa, shu shaxslarning
ro‘yxatini ko‘rsatishi zarur. Tizim barcha ko‘rsatilgan shaxslarga
242
243
xabarni uzatish uchun ularga muntazam qo‘ng‘iroq qilib turadi.
Audiopochtaning elektron pochtaga nisbatan asosiy afzalligi uning
oddiyligida bo‘lib, undan foydalanishda xabarlarni klaviatura yor-
damida kiritib o‘tirish shart emas.