• Mavzuning maqsadi
  • 13. 1. axbOrOt-KutubxOna MuassasaLarida transpOrt-texniKa vOsitaLaridan fOYdaLanishninG rOLi va ahaMiYati
  • xiii bOb. axbOrOt-KutubxOna




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet145/177
    Sana30.05.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #257805
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   177
    Bog'liq
    55c441c91d60c

    xiii bOb. axbOrOt-KutubxOna 
    MuassasaLarida transpOrt-
    texniKa vOsitaLari
    13. 1. Axborot-kutubxona muassasalarida transport-texnika vositala-
    ridan foydalanishning roli va ahamiyati. 
    13. 2. Axborot-kutubxona aravachalari.
    13. 3. Axborot-kutubxona ko‘targich (podyomnik)lari.
    13. 4. Axborot-kutubxona konveyerlari.
    13. 5. Axborot-kutubxonalarda pnevmatik pochta.
    Mavzuning maqsadi
    : axborot-kutubxona muassasalarida trans-
    port-texnika vositalaridan foydalanishning roli va ahamiyati, ularning 
    qo‘l mehnatini yengillashtirishdagi o‘rni, tashqi va ichki transport-tex-
    nika vositalari, turlari, axborot-kutubxona aravachalari, ko‘targichlari, 
    konveyrlar va pnevmatik pochta kabilar haqida bilim, malaka va ko‘nik-
    malarini hosil qilishdan iborat.
    13. 1. axbOrOt-KutubxOna MuassasaLarida 
    transpOrt-texniKa vOsitaLaridan 
    fOYdaLanishninG rOLi va ahaMiYati
    hozirgi vaqtda axborot-kutubxonalarda kitobxonlarga xizmat 
    ko‘rsatishning yangi uslub va metodlari deganda, axborot-kutubxo-


    244
    245
    naning bibliografiya ish protsessorlarini mexanizatsiyalashtirish va 
    avtomatlashtirish masalasi tushuniladi. Axborot-kutubxona mar-
    kaz lari va axborot-resurs markazlari tashkil etilishi texnika vosi-
    talarini joriy etish imkonini berdi. 
    Texnika vositalari yordamida axborot-kutubxonalarda adabi-
    yotlarni xonaga keltirish va bo‘limlarga yetkazib berishda, shu-
    ningdek, kitob saqlash fondlaridan kerakli adabiyotlarni o‘quv 
    zallariga eltib berish va shu kabi ishlarda kitobxonlarga xizmat 
    qilishni yaxshilaydi. Bu esa kutubxonachilarning vaqtini tejaydi, 
    natijada axborot-kutubxonaning kitobxonalarga xizmat ko‘rsatish 
    ko‘rsatkichini yanada yuksaltirishiga yordam beradi. 
    Ayniqsa, adabiyotlarning transportlanishida ishlatiladigan 
    texnik vositalar kutubxonachilar mehnatini yengillashtirishda juda 
    qo‘l kelmoqda. Masalan, qo‘l aravachalari, lift, konveyr va h. k. 
    lar shular jumlasiga kiradi. Umuman, zamonaviy axborot-kutub-
    xonalarda adabiyotlarni texnika vositalari yordamida kompleks 
    xiz mat qilishni tashkil etish muhim ahamiyat kasb etadi. 
    Axborot-kutubxonalarda transport bilan adabiyotlarni axbo rot-
    kutubxona bo‘limlari va tashqi axborot-kutubxonalarga eltib be-
    rish keng ommalashmoqda. Transport vositalari xizmat ko‘rsatish 
    xususiyatiga ko‘ra tashqi va ichki vositalarga bo‘linadi. Chunon-
    chi, tashqi transport vositalariga avtokutubxona, kutubxona mo-
    totsikllari kiradi. 
    Avtokutubxonalar va kutubxona mototsikllari tashqaridan kitob 
    olib kelishga, axborot-kutubxonalaridan uzoqda bo‘lgan kitob-
    xonlarga xizmat qilishga yordam beradi. Ichki transport vositala-
    riga esa axborot-kutubxonalarning bo‘limlararo xizmat qilishda 
    ishla ti ladigan texnik vositalari kiradi. Ular: konveyr, tushirgichlar
    ko‘targichlar va h. k. 
    O‘z navbatida, ichki transport vositalari ham ikki guruhga 
    bo‘linadi:
    1. Cheksiz harakatlanuvchi qurilmalar: 
    a) konveyer – tortuvchi elementlar; 
    b) tushirgich, rolgam. 


    244
    245
    2. Vaqtli harakatlanuvchi qurilmalar, ya’ni yukni ma’lum bir 
    vaqt ichida joylashtiradigan va tashiydigan qurilmalar: liftlar, qo‘l 
    aravachalari. 
    hozirgi vaqtda axborot-kutubxonalarda adabiyotlarni tashish va 
    yetkazish ikki usulda olib boriladi: tarli va tarsiz. 
    Tarli usulda kitoblar, jurnallar, mikrofilmlar qutilarga 
    joylashtirilib tashiladi. Adabiyotlarni bu tarzda tashish ularni or-
    tish, tushirish yoki bir yerdan boshqa joyga ko‘chirishda kitoblar-
    ning shikastlanishidan saqlaydi. 
    Tarsiz usulida kitob va jurnallarning yuklanishi va tashilishi bev-
    osita ishchi organlar, lentali konveyrlar, rolganglarga joylashtirila-
    di. 
    Tarsiz usulning kamchiligi shundan iboratki, ko‘p sonli kitoblar-
    ni, ayniqsa, ortish, tushirish yoki bir joydan ikkinchi joyga ko‘chi-
    rishda kitoblarning osonlik bilan zararlanishiga sabab bo‘ladi. 
    Ana shu ikkala transportlash usulidan axborot-kutubxona xo-
    dimlari o‘zlari uchun ko‘proq foydalisini tanlab olishlariga to‘g‘ri 
    keladi. 
    Axborot-kutubxonada transport qurilmalari, asosan, yuklarni 
    joylashtirish, tashish tezligi va quvvatiga qarab xarakterlanadi. 
    Axborot-kutubxona ishida uzluksiz harakatli vositalar bilan bir 
    qatorda, davriy harakati jihozlarning qo‘llanilishi keng o‘rin egal-
    laydi. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   177




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish