258
259
fikatori ko‘ri nib turadi. Tekis kartotekalar ko‘pincha «zinapoyali»,
ya’ni «ko‘zga tashlanadigan» deb ham yuritiladi.
Kartochkaning chiqib turgan cheti eng muhim ma’lumot yoki
uning ko‘rsatkichlarini identifikatsiya qiluvchi qiymatini yozish,
grafik belgilarni yoki rangli indikatorlarni qo‘yish uchun ishlati
-
ladi. Kartochkaning yopiq qismi shu obyekt to‘g‘risida yanada
to‘liq ma’lumot yozish uchun ishlatiladi. Kartochkalarning bunday
joylashishi va ularda ma’lumotlarning tabaqalashtirilganligi tufayli
tekis kartochkalar yaxshi ko‘zga tashlanadi va talab qilinayotgan
ma’lumotlarning tez va aniq topilishi ta’minlanadi.
vertikal kartotekalar –
Vertikal kartotekalar yashiklar (ariq-
lar) ko‘rinishida bo‘lib, kartalar ularga vertikal joylashgan bo‘ladi.
Kartochkalar yashikda erkin joylashishi yoki qatorda ochilgan te-
shiklar orqali o‘tuvchi gorizontal o‘q bilan mahkamlanishi mum-
kin. Bunday kartotekalar odimlar bo‘limida, arxivlarda, axborot-
kutubxonalarda va boshqalarda ishlatiladi.
Vertikal kartochkalarning afzalligi: oddiy, arzon, katta sig‘imli.
Kamchiligi kartalar qidirishning nisbatan qiyinligida.
Tavsiflanuvchi obyektlar yoki ko‘rsatkichlari bo‘yicha farqla-
nuv chi kartalar guruhini qidirishni yengillashtirish uchun ular bir-
biridan ajratgichlar bilan bo‘linadi. Guruhlar ichiga kartochkalar
oldindan o‘rnatilgan tartibda alifbo, sana va shunga o‘xshashlar
bo‘yicha joylashtiriladi.