254
255
Kamchiligi:
1) qoida bo‘yicha har bir blankani e’tibor bilan o‘rash zarur;
2) blankalarni yaxshi navli qog‘ozlardan tayyorlash kerak;
3) bir vaqtda faqat bittagina blankani yuborishga imkon bor.
har bir axborot-kutubxonada adabiyotlarni transportlash yoki
adabiyotlarga berilgan blank-buyurtma qog‘ozlarini transportlash
uchun transport vositalarining turli xillari tanlab olinadi. Ana shun-
day transport vositalari axborot-kutubxonalaridagi konkret sharoit-
lar bo‘yicha tanlanadi, ya’ni qavat va yaruslarning soniga qarab:
– yuk ortish;
– kitob saqlash fondidan kitob berish va qabul qilish punktlari-
ning uzoqligi;
– kitoblarga berilgan blank-buyurtmalar va adabiyotlarni tanlash
uchun kitob berish, qabul qilish va kitob saqlash fondlari punkti
soni mo‘ljallanadi;
– undan tashqari, axborot-kutubxonalar transport vositalarini
tanlab olish vaqtida ularning shovqinsiz ishlash xususiyatiga ham
e’tibor qaratiladi. Ular sanitariya va gigiyena jihatidan talabga ja-
vob berishi zarur. Axborot-kutubxonalar texnika xavfsizligi qoi-
dalari va yong‘inga qarshi umumiy qonun-qoidalarga ham javob
berishi lozim.