252
253
(shahardagi korxona va h. k.) muassasalarni bog‘laydigan xillari
bor.
Chunki pnevmatik pochta quvurlari ichki diametri 50–120 mm
li quvurlardan yaxlit qilib ishlanadi. Quvurlar latun, duraluminiy,
po‘lat, polixlorvinildan yasaladi.
Tashqi pnevmatik pochta qurilmalarida yerga ko‘milgan 65–
1000 mm diametrli po‘lat, plastmassa yoki
asbest sement quvurlari-
dan foydalaniladi. Ularning qo‘shni stansiyalari orasidagi masofasi
bir necha km gacha, umumiy uzunligi esa bir necha 100 mm gacha
boradi (masalan, Parijda 600 km).
Pnevmatik pochtadan aloqa
korxonalari, banklar, kutubxonalar,
redaksiya va boshqa muassasalarda hujjatlarni, kasalxonalarda ka-
sallik tarixi va dori-darmonlarni, sanoat
korxonalaridagi laborato-
riyalarda detallar, asboblar va namunalarni tashishda foydalaniladi.
Uning necha turi bor: a) bir quvurli turi; b) ikki quvurli; d) ra-
dial; e) halqasimon.
Uning ishlash prinsipi sodda bo‘lib, quyidagilardan tashkil to-
padi: 1) havo puflagich; 2) stansiya.
Pnevmatik pochta ikki xil tipda: patronli va patronsiz bo‘ladi.
patronli pnevmatik pochta
da hujjatlar quvur
orqali maxsus
kolibirli patronga joylashtiriladi. hozirgi vaqtda pnevmatik qu-
rilmalarning havo so‘ruvchi, havo siquvchi vakuumli turlari keng
ko‘lamda qo‘llanilmoqda. Axborot-kutubxonalarda ana shunday
pnevmatik pochtaning vakuumli turlaridan foydalanib kelinmoqda.
Patronli pnevmatik pochtada ikki yo‘lli quvur oqimi o‘rnatiladi. Bu
qurilmada patronlar, asosan, 2 ta punkt oralig‘ida yuborish
va qay-
tarib kelish jarayonini ta’minlaydi. Masalan, kitob berish punkti
oralig‘i bilan kitob saqlash fondining bitta oralig‘ida patron orqali
hujjatlarni jo‘natish va qaytarib olish mumkin. Ikkala quvur oqimi-
dan har biri havo oqimida bir tarafga harakatlantirish uchun foy-
dalanish mumkin.
Pnevmatik qurilmalarda patronlarni ikkita qurilma bilan bitta
quvur oqimida jo‘natish usuli ham bor. Bu kabi usulning qo‘lla-
nilish printspi shundan iboratki, ikkita quvurli oqimdagiga nisbatan
252
253
ishlash tezligi kam. Chunki yuborilgan bitta patron to qabul punk-
tiga yetib kelgunicha, ikkinchi patron jo‘natilmaydi. Uni
faqatgina
birinchi patron yetib borganidagina jo‘natish mumkin, xolos.
Bu qurilmada patron, asosan, markaziy stansiyasi orqali jo‘nati-
lishi mumkin. Markaziy jo‘natish stansiyasi bilan qurilmada alo-
hida qabul qilish, jo‘natish stansiyalari aro aloqa markazi qabul qi-
lish-bo‘lish punktlari orqali amalga oshiriladi. har bir stansiyadan
yuborilayotgan patronga stansiya raqamlari qo‘yiladi. Markaziy
stansiya xodimi patronni olib o‘zidagi raqamni belgilab,
boshqa
stansiyaga jo‘natadi.
Bunday pnevmatik pochtalarda ish jarayoni saralovchi qo‘l
mehnatiga asoslanadi. Kamchiligi: patroni o‘rnatilgan ikki qator-
li ish joyidan aylantirish imkoniga ega bo‘lmaydi. Bunday quril-
ma barcha stansiyalarni o‘zaro bir-biri bilan bog‘lab turish uchun
xizmat qiladi. har bir punkt oldida ko‘rsatkich (strelka) bo‘lib,
ko‘rsatkich patronni qabul qilish punktiga yo‘naltirishni belgilov-
chi bo‘lishi shart. Patron harakati avtomatik ravishda klavishni bo-
sish orqali amalga oshiriladi. Klavish orqali boshqarishda jo‘natish
punktida klavish bosiladi, ya’ni kerakli qabul qilish punktining
buyrug‘i bilan yangi patron qabul qilinadi.