• Rulonli mikrofilmlar
  •  hujjatLarni MiKrOfiLMLashtirish




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet157/177
    Sana30.05.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #257805
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   177
    Bog'liq
    55c441c91d60c

    14. 5. hujjatLarni MiKrOfiLMLashtirish
    Mikrofilmlashtirish – bu fotografik usul bilan maxsus tashuv
    -
    chida hujjatlar asl nusxalarining kichraytirilgan (ba’zida yuz baro-
    bargacha) mikrofotokopiyalarini olishdir. 
    Mikrofilmlashtirishning asosiy vazifasi: saqlash uchun kerakli 
    maydonni bir necha o‘n barobar qisqartirib, hujjatlar ning sig‘imli 
    omborini yaratish: hujjatlar qidirish jarayonini yengillashtirish; 
    hujjatlar nusxasini olish va ko‘paytirishning oddiy va tezkor jarayo-
    nini ta’minlashdan iborat. Amaliyotda ishlatilayotgan hamma huj-
    jatlarni saqlash tizimlari ichida mikrofilmlarda axborotlarni saqlash 
    tizimi eng katta sig‘imga va eng arzon narxga egadir. Kerakli huj-
    jatni qidirish va undan fotonusxa olishning o‘rtacha vaqti 10–20 
    daqiqa bo‘lgan bir nechta o‘n millionlab hujjatlarga ega bo‘lgan 
    mikrofilmli axborot qidiruv tizimlari mavjud. Mikrofotonusxalash, 
    reprodutsiyalash, nusxa olish, ko‘zdan kechirish, mikrofotonusxa-
    larni avtomatlashtirilgan qidirish va saqlash qurilmalarining ko‘p 
    turlari ishlab chiqarilmoqda. 
    Mikrofilmlar ko‘rinishi va texnologik xususiyatlari bo‘yicha 
    quyidagi turlarga bo‘linadi:
    – rulonli mikrofilmlar;
    – kesmali mikrofilmlar;
    – shaffof formatli mikrofishalar (diamikrokartalar);
    – shaffof bo‘lmagan formatli mikrokartalar, aperturli kartalar va 
    boshqalar. 
    Rulonli mikrofilmlar
    oddiyligi va tayyorlanishi tezligi bo‘yicha 
    mikrofilmlarning qolgan hamma ko‘rinishlaridan yuqori turadi. 
    Axborot plyonkada ketma-ket butun uzunligi bo‘yicha betma-
    bet joylashadi. Kengligi 16 va 35 mm bo‘lgan rulondagi bunday 
    plyon ka jurnal belgilari, hisobotlar, kitoblar, dissertatsiyalar, chiz-
    malar, rasmlar va shunga o‘xshashlarning mikrofilmlarini saq lash, 
    qidi rish va nusxasini olish uchun ishlatiladi. Rulonli mik rofilmlar 
    kom pyuterdan qiymatlarni chiqarish tizimlarida va axborot qidiruv 
    tizimlarida ishlatiladi. 
    Rulonli mikrofilmlashtirishning kamchiliklari:


    262
    263
    – bir rolikda joylashgan ko‘p sonli hujjatlar ichidan ke rakli huj-
    jatni qidirish qiyin;
    – uzun plyonka bilan ishlash noqulay;
    – rulonli tashuvchining ko‘rib chiqilgandagi yemirilishi. 
    Mikrofilmlardan sig‘imi bo‘yicha katta bo‘lmagan kartoteka
    -
    larda ish hujjati sifatida foydalanilganda, ularning alohida kadrlar 
    sifatida saqlanishi maqsadga muvofiqdir. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   153   154   155   156   157   158   159   160   ...   177




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish