266
267
lari uchun maxsus shakllar ishlatiladi. Bosish uchun matnlar kom-
pyuterdan ham olinishi mumkin.
Markirovka qiluvchi mashinalar.
Markirovka (frankirovka)
qiluvchi mashinalar konvertlarga markalar axborot-kutubxona no-
mini, uning manzil muhrini bosadi.
shtempellovchi qurilmalar.
Shtempellovchi qurilmalar (nu-
meratorlar) hujjatlarga qisqacha raqamli axborotlarni: kitoblarning
inventar raqamini, axborot-kutubxonaning shtampini, indekslarni,
sanalarni va shunga o‘xshashlarni bosish uchun xizmat qiladi.
Laminatorlar.
Laminatorlar hujjatlarni, qo‘lyozma nashrlarni
namlikdan, changdan, moydan va ehtiyotsizlikdan saqlash uchun
yuzasiga himoya qoplamasini qoplaydigan mashinadir. hujjat
mashinada qizdirilib, 2 tomoniga himoya plyonkasi suriladi yoki
hujjat yuzasiga yopishqoq shaffof plyonka yelimlanadi. Qimmatba-
ho qog‘ozlar, e’lonlar, kitoblar va hisobot jildlari, menyu, vizitka-
lar, texnik talonlar va boshqa ko‘pgina hujjatlarni laminatsiyalash
maqsadga muvofiqdir. Rexel LM25 rusumli laminatorlar A4 hajm
-
dagi hujjatlarni, Rexel LM 35, LM 45 rusumlilari A3 hajmdagilarni
(LM45 to‘liq avtomatik) laminatsiyalashda ishlatiladi. Rossiyada
ishlab chiqarilgan laminatorlarga Blik 100 va Blik 320 misol bo‘la
oladi (100 va 320 sonlari qoplash kengligini mm larda ko‘rsatadi).