264
265
rasmga oluvchi apparatura
ishlash prinsipi bo‘yicha ikki gu-
ruhga bo‘linadi:
– kadrli (statik) rasmga olish;
– tirqishli (dinamik) rasmga olish;
Kadrli rasmga oluvchi apparatlar (UDM–2, Dokumator DA,
Rust–3, Pentakta A–100 va boshqalar) uchun shu narsa xoski, asl
nusxani suratga olish vaqtida qo‘zg‘almas holatda turadi. Bunday
apparat lar ham varaqli, ham risolalangan asl nusxalarni mikrofilm
-
lashtirishni amalga oshiradi; turli kenglikdagi (16,35 va 70 mm)
ham perforirlangan, ham perforirlanmagan «Mikrat» tipidagi pozi-
tiv va negativ plyonkalarga dastaki, yarim avtomatik va avtomatik
rejimlarda rasmga olish imkonini beradi.