• 14. 4. eLeKtrOn hujjatLarni Yaratish va saqLash
  • perfokartali kartotekalar




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet155/177
    Sana30.05.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #257805
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   177
    Bog'liq
    55c441c91d60c

    perfokartali kartotekalar. 
    Chetlari perforatsiyali kartalardagi 
    kartotekalar yengil mexanizatsiyalashgan qidirish imkonini be-
    radi. Chetlari perfora tsiyali karta qalin qog‘ozdan yasalgan to‘g‘ri 
    to‘rtburchak ko‘rinishiga ega bo‘lib, hamma chetlari bo‘ylab bir 
    xil teshiklar o‘yib chiqilgan: har bir pozitsiyada bir yoki bir nechta 
    (ko‘pincha ikkita) teshik. Qidirish kodini o‘rnatishda kartaga mos 
    teshiklarni perfokarta chetidan ajratib turuvchi katakni qirqish 
    amalga oshirilib, natijada ochiq tirqish (yoriq) hosil bo‘ladi. Per-
    fokartaning teshiklardan xalos bo‘lgan markaziy ma’lumot may-
    doniga hamma kerakli hujjatlar nusxalash yoki qo‘lda yozish usuli 
    bilan kiritiladi. Kerak ma’lumotli kartani topish to‘g‘rilangan kar-
    talar dastasidagi qidirilayotgan kodga mos keluvchi teshikka o‘qni 
    sanchib olish va dastani silkitish bilan amalga oshiriladi. Silkitishda 
    kerakli perfokartalar dastadan tushib qoladi. Bu jarayon yordamida 
    6–7 ming kartaga ega bo‘lgan to‘plamdan 5–6 belgi bo‘yicha bizni 
    qiziqtirgan kartalarni osongina tanlab olish mumkin. Perfokarta-
    ning ma’lumot maydoniga tez-tez hujjatlarning mikrofotokopiyasi 
    kiritiladi. 


    260
    261
    Bu keng tarqalgan va samarali mikrofilmlashtirilgan hujjatlarni 
    saqlash tizimlari yordamida ma’lumot qidiruv ishlarini samarali 
    yo‘lga qo‘yish imkonini beradi. 
    14. 4. eLeKtrOn hujjatLarni
    Yaratish va saqLash 
    Axborot-kutubxonalarda elektron hujjatlar bilan ishlash muhim 
    ahamiyatga ega. Elektron hujjatlarni yaratish, saqlash va jo‘natish 
    kabi ishlarni amalga oshirishda kompyuter texnologiyasi yaqin-
    dan yordam beradi. Oddiy hujjatlarni ham kompyuterda qullay va 
    yuqori samarali servisini ta’minlovchi dastur vositalardan keng 
    foydalangan holda bevosita yaratish samaraliroqdir. Buning ustiga, 
    bu servis keyinchalik ko‘paytirish uchun mo‘ljallangan murakkab, 
    yuqori badiiy saviyali hujjatlarni yaratishda muhim o‘rin tutadi. 
    Bunday murakkab hujjatlarni yaratish quyidagi jarayonlarni ba-
    jarishni talab etadi: matnni terish, tahrir qilish, tuzatish, rasmlarni 
    tayyorlash, betlarni maketlash va sahifalash, chop etish. 
    Ko‘pincha hujjatlar uchun materiallarning bevosita manbasi 
    bo‘lib tasvirlarni skanerlash tizimlari, fakslar, elektron pochta, 
    elektron jadval, grafiklar, chizmalar xizmat qiladi. Hujjatni yara-
    tishning hamma jarayonlarini skaner va muammoga yo‘naltirilgan 
    amaliy dasturlar paketi to‘plami (ADP) bilan, birinchi navbatda, 
    matnli tahrirlash dasturi yoki stol usti nashriyot tizimi bilan jihoz-
    langan ShEhMda samarali bajarish mumkin. Skaner hujjat uchun 
    alohida tayyorlangan lavhalar: rasmlar, fotografiyalar, sxemalar, 
    muhr, imzo va boshqalarni kiritish uchun ishlatilishi mumkin. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   177




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish