258
259
ay lanuvchi kartotekalar ba’zida avtomatlashtirilgan qidirish me-
xanizmlari bilan jihozlanadi.
Avtomatlashtirilgan kartotekalar jumlasiga elevatorli va rotorli
kartotekalar kiradi.
elevatorli kartotekalar.
Elevatorli kartoteka operatorning ish
joyiga rolikli zanjirga osilgan kartali yoki boshqa hujjatli tarnov-
larni (yashiklarni) avtomatik uzatishni tashkil qiladigan qurilmadir.
Tarnovlarni uzatish boshqarish pultidan teriladigan ish joyi manzi-
liga (kodiga, identifikatoriga) mos ravishda amalga oshiriladi. Ele-
vatorli kartochkalar
sig‘imi katta – 500 mingtagacha kartochkani
joylashtirishga mo‘ljallangan.
rotorli kartotekalar
hujjatlar uchun tarnovli aylanma tok-
cha – seksiyalarga egadir. Ular aylanadigan barabanli kartoteka-
larni eslatadi, lekin avtomatik boshqarish pultida terilgan manzil
bo‘yicha foydalanuvchiga kerakli tarnov olib kelinadi. Rotorli
kartotekalar ning sig‘imi kartochkalarning shakli bilan aniqlanadi
va 10–75 ming donani tashkil etadi.