268
269
Sim bilan, tikuvchi FKS ACME V 305, Introta ZDME V–305
mashinalarining o‘zi kerakli uzunlikdagi iplarni g‘altakdan uzatilib
turuvchi simdan tayyorlaydi. Ular katta hajmdagi (100 va raqqacha)
risolalarni biriktirish uchun mo‘ljallangan.
Muqovalash mashinalari.
Ixtiyoriy bosma mahsulotini mu-
qovalansa, yanada ko‘rkam va mustahkam bo‘ladi. Zamonaviy
muqovalash mashinalari hujjatlarni yuqori sifat darajasida tayyor-
lash imkonini beradi. Kichik muqovalash mashinalari yordamida
ish hujjatlari, hisobotlar, bukletlar (reklamalar), taqvim (kalendar)
va boshqa qog‘oz
mahsulotlarini muqovalashi mumkin. Bu quril-
malar bilan ishlash oddiy va maxsus tayyorgarlikni talab etmaydi.
Muqovalash mashinalari quyidagi vazifalarni bajaradi:
– qog‘ozlar to‘plamini plastmassa yoki metall prujinalar bi lan
biriktirish;
– qog‘ozlar to‘plamini plastik plastina bilan birikti rish;
– qog‘ozlar to‘plamini termojild yordamida yelimlash.