• Mavzuning maqsadi
  • 15. 1. axbOrOt-KutubxOna fOndLarini saqLash
  • xv bOb. axbOrOt-KutubxOna




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet165/177
    Sana30.05.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #257805
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   177
    Bog'liq
    55c441c91d60c

    xv bOb. axbOrOt-KutubxOna 
    MuassasaLarida fOndLarninG
    GiGiYenasi va restavratsiYasi
    15. 1. Axborot-kutubxona fondlarini saqlash. 
    15. 2. Kitobni qanday asrash va ehtiyotlash kerak?
    15. 3. Kitoblarni joylashtirish va saqlash.
    15. 4. Dezinfeksiya.
    15. 5. Restavratsiya.


    270
    271
    Mavzuning maqsadi
    : axborot-kutubxonalarda fondlarni saqlash, 
    kitoblarni asrash va ehtiyotlash, kitoblarni joylashtirish, kitoblarni turli 
    xil yemiruvchilardan asrash, dezinfeksiya qilish va restavratsiya usullari 
    haqida ma’lumot berish hamda mustaqil bajarishga o‘rgatish. 
    15. 1. axbOrOt-KutubxOna
    fOndLarini saqLash
    Mustaqil respublikamizda ajdodlarimizdan meros bo‘lib qolgan 
    nodir asarlarning saqlanishiga va ulardan ezgu maqsadlarda foy-
    da lanish, madaniy merosni keng targ‘ib qilish ishlariga alohida 
    e’tibor qaratilib, axborot-kutubxonalar faoliyatini takomillashtirish 
    uchun muhim ishlar amalga oshirib kelinmoqda, bu borada qonun 
    va qarorlar qabul qilinmoqda. Ularning ijrosi shu sohaning rivoj-
    lanishiga katta hissa qo‘shmoqda. 
    Shuningdek, har bir kitobxon qalbida «Vatan tuyg‘usi», «Mil-
    liy iftixor» tushunchalarini qaror toptirish, ularning bilim olishlari, 
    ajdodlar merosidan bahramand bo‘lishlari uchun sharoitlar yaratil-
    moqda. 
    Axborot-kutubxona fondlarining saqlanishi – kompleksli mu-
    am modir. O‘zbekiston Respublikasi axborot-kutubxona muassa-
    salarida minglab, millionlab qo‘lyozmalar, kitoblar, jurnal, gazeta, 
    xarita va boshqa ashyoviy hujjatlar saqlanmoqda. Bu, albatta, mil-
    latimizning noyob merosidir. 
    Madaniy merosimizni o‘sib kelayotgan avlodlarga yetkazib, 
    saqlab berish – eng muhim va mas’uliyatli vazifadir. 
    Kitoblarni saqlash uchun zarur sharoitlarni yaratish; axborot-
    kutubxonalarda namlik darajasini saqlish; profilaktik nazorat olib 
    bo rish; kitob saqlash bo‘limlarida sistemali gigiyenik tozalikni 
    saqlash; o‘z vaqtida konservatsiya va restavratsiya ishlarini baja-
    rish; kitobxonlarda kitobga bo‘lgan mehr tuyg‘usini uyg‘otish ho-
    zirgi kunda mutaxassislarning muhim vazifalaridandir. 
    Aql-idrokning eng katta yutug‘i hisoblangan kitob har bir kishi-
    ning tabiiy ehtiyojiga aylanib qoldi. U bilimlarni egallashda, inson-


    272
    273
    ni va atrof muhitni anglashda, kasbga yo‘naltirishda katta yordam 
    beradi. 
    Oilada farzand tug‘ilgach, uyga, albatta, bolalar kitoblari ham 
    keladi. Go‘dak ikki-uch yoshgacha kitobxon emas, balki tinglov-
    chi, tomoshabin bo‘lsa ham, kitob o‘ziga bilish quvonchini baxsh 
    etishiga ko‘nika boradi. Maktabga borganidan keyin esa uzoq yil-
    lar davomida darslik va boshqa adabiyotlarga oshno bo‘lib, ular 
    yordamida bilim va madaniyat asoslarini, mehnat ko‘nikma va 
    malakalarini egallaydi. Birgina umumiy ta’lim maktabining o‘zida 
    yuzdan ortiq nomda darslik va qo‘llanmalar mavjud. 
    Nashriyot va poligrafiya korxonalarining xodimlari o‘quvchilar 
    uchun yaxshi xizmat qiladigan, hozirgi muqovabop materiallar, 
    sintetik plyonka, yaxshi qog‘oz navlaridan foydalanib, mohirona 
    bezatilgan, eng ilg‘or texnologiya asosida tayyorlangan, mazmun-
    dor, rangli, uzoq muddat chidaydigan kitoblar yetkazib berishda 
    o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar. 
    Lekin vaqt o‘tishi bilan kitoblar tez-tez foydalanish, palapar-
    tish munosabatda bo‘lish, noto‘g‘ri saqlash natijasida eskiradi, 
    o‘zining dastlabki ko‘rinishini yo‘qotadi, undan foydala nish qiyin-
    lashadi. Ayniqsa, bolalar kitobdan foydalanish ko‘nikmasiga ega 
    bo‘lmagani uchun ularga mo‘ljallangan kitoblar ana shu holga 
    tushib qoladi. 
    Endilikda kitobga, ayniqsa, maktab darsliklari talab ortib bo-
    rayotgani munosabati bilan ularni yaxshi saqlash va darsliklardan 
    foydalanish muddatini uzaytirish nihoyatda muhim masala bo‘lib 
    bormoqda. 
    O‘quv adabiyotlari fondi tashkil qilinishi natijasida darsliklarni 
    to‘rt yilda bir marta nashr etish va iqtisod qilingan qog‘ozlar hiso-
    biga badiiy va bolalar adabiyotlari chiqarishni ko‘paytirish imkoni-
    yati paydo bo‘ldi. hozirgi vaqtda ijtimoiy-iqtisodiy va fan-texnika 
    taraqqiyoti talablariga, o‘quvchilarning yosh xususiyatlariga mu-
    vofiq millionlab nusxada yangi darsliklar nashr etish rejali ravishda 
    olib borilmoqda. Darsliklar umumxalq boyligi, yosh qalblarga oqil-
    lik, poklik, barkamollik urug‘ini qadovchi vosita hisoblanadi. 


    272
    273
    Shuningdek, badiiy adabiyotlar, fan sohalariga oid ilmiy omma-
    bop kitoblar, davriy nashrlar ham alohida ahamiyatga egadir. 
    Shuning uchun axborot-kutubxona fondidagi adabiyotlarni, no-
    dir qo‘lyozma asarlarni, fond tarkibidagi hujjatlarni, media fond-
    larni saqlash har bir mutaxassisning, har bir foydalanuvchilarning 
    asosiy vazifasi bo‘lib hisoblanadi. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   177




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish