276
277
Kitoblarni pol shtabeliga, derazaga, zinalarga yoki stellyaj orqa-
lariga joylashtirish mutlaqo man etiladi.
Javondagi kitoblarni tiqishtirib joylashtirish uning oson tanlab
olinishiga to‘sqinlik qiladi.
Bunday joylashtirish chumolilarning paydo bo‘lishiga ham sha-
roit yaratadi. Broshyura va kichik ma’lumotli materiallar qutida
yoki yig‘ma jildlarda saqlanadi.
Kitobga palapartish munosabatda bo‘lish ham uning tez yirtili-
shi va zararlanishiga olib keladi. Uni tavaqalari bir-biriga tekkudek
orqasiga bukish, naysimon qilib o‘rash, sahifalarining burchakla-
rini qayirish, varaqlari orasiga boshqa narsalarni solish yaramaydi.
hatto arzimasdek tuyuladigan keskin ochish ham kitob varaqlari-
ning, forzas, blok va koreshokning ko‘chib ketishiga sabab bo‘lishi
mumkin.