278
279
Zaharli eritmalar dezinfeksiya o‘tkaziladigan xonaning pol, pol
plintuslari, deraza va 1,5 m balandlikdagi devorlariga sepib chiqila-
di.
Dorilash jarayoni xona harorati +14–15 °C bo‘lsa, 3 hafta agar
+20–21 °C 2 hafta; +27–30 °C bo‘lsa u 1 hafta davom etadi, ya’ni
bu o‘rinda hasharotlarga dezinfeksiyaning ta’sir ko‘rsatishi nazarda
tutilmoqda.
Agar harorat +14 °C dan past bo‘lsa, dezinfeksiya o‘tkazish
mumkin emas. U o‘z samarasini bermaydi.
Agar ko‘zdan kechirish vaqtida kitobda turli rangdagi baxmal-
simon qatlamlar ko‘rinsa, kitob po‘panak (mog‘or) bilan zararlan-
gan bo‘ladi. Po‘panak bilan zararlangan joylar dezinfeksiya qilini-
shi lozim. Bu ish paxta tamponiga formalinning 2
foizli eritmasini
shimdirib va uni qattiq siqib, po‘pa nak bosgan yerga ishlov berish
orqali amalga oshiriladi. Bunda tampon bilan olingan po‘panaklarni
o‘rtaga to‘plab, hammasini birga qog‘ozga o‘rab tashlash kerak.
Po‘panaklar olingach, ularning o‘rni toza tampon bilan yana artila-
di. Toza tampon bi lan kitobning forzas
va sahifalarini ham artish
foydalidir. Dezinfeksiya vaqtida formalin spirtining 5 foizli erit-
masi shimdirilgan filtr qog‘ozlardan foydalanish mum kin. Filtrlov
-
chi qog‘oz ozgina qurigach, kitobning po‘panak bi lan zararlangan
sahifalariga qo‘yiladi. Shundan so‘ng kitob qalinroq qog‘oz yoki
polietilen xaltaga o‘ralib, 1–3 sutka saqlanadi. Po‘panak qoldiqlari
toza tampon bilan olib tashlanadi.
Axborot-kutubxonalarda zaharli kimyoviy moddalardan foyda-
lanilayotganda ehtiyot bo‘lish kerak. Ishga o‘tishdan oldin texnika
xavfsizligini yaxshi o‘rganib olish tavsiya etiladi.
Ular quyidagilardan iborat:
– teri, ko‘z, qo‘lni muhofaza qilishda maxsus kiyim, xalat,
ko‘zoynak, rezinali qo‘lqoplarni
kiyish shart;
– nafas yo‘liga kimyoviy moddalarning salbiy ta’sir ko‘rsatishi-
ning oldini olish uchun og‘iz va burunni berkituvchi doka maskani
taqish kerak;
– tayyorlashda ishlatilgan idishlarni qaynoq suvda soda bilan
yuvish lozim (ushbu idishlar ovqatlanishda ishlatish man etiladi);
278
279
– ish jarayonida ichish, chekish va ovqatlanish mumkin emas;
– har 50 daqiqadan so‘ng, 10–15
daqiqat tanaffus qilish zarur;
– ish tugagach, maxsus kiyimni yuvish kerak;
– dezinfeksiya yakunlangach dush qabul qilish kerak;
Dezinfeksiyadan so‘ng qorinda og‘riq va bosh aylanish kuzatil-
sa, darhol mexanik uslub orqali «qusishni»
vujudga keltirish kerak,
keyin oshqozonni 1–2 % li ichimlik sodasi bilan yuvish tavsiya eti-
ladi.