Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet170/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

15. 5. restavratsiYa
Fond bilan ishlaganda doimo kitoblarda, jurnal va gazetalarda 
yemirilish va mikroorganizmlar bilan zararlanish kuzatiladi. Ana 
shu holatlarda restavratsiya o‘tkaziladi. 
Restavratsiya 
so‘zi lotin-
chadan olingan bo‘lib, «qayta tiklanish» degan ma’noni anglatadi. 
Restavratsiyada yelim eng muhim vosita bo‘lib hisoblanadi. 
Bunda plyonkali yelim ishlatiladi. 
Kitob holati dastlab mikroskopda o‘rganilib chiqiladi. 
Qalam chizmalar o‘chirg‘ich bilan o‘chiriladi, hasharotlar skal-
pel bilan tozalanadi. Sarg‘aygan hujjatlar distirllangan suvda qayta 
ishlanadi. 
Oqartirishda xloramin, gidrosulfit, natriy va perkarbonat natriy 
eritmasidan foydalaniladi. 
Restavratorning ish o‘rni yaxshi sharoitli, yorug‘ xonada 
joylashgan bo‘lishi shart. 
Restavratsiya ishini tashkillashtirish uchun maxsus jihozlar, ma-
teriallar, reaktivlar va asboblar kerak bo‘ladi. 
Ular quyidagilardan iborat:
1. Jihozlar: stol (300 × 120 sm), chiroq (32 × 27 sm), press-
lar, keskich (3040 sm), shkaflar, distilator, elektroplita, elektroara-
lashtirgich, 100 °C li termometr, tarozi. 
2. Asboblar: skalpel, qaychi, penset, kistochka, igna, shlifli, 
plastinka, lineyka. 
3. Materiallar: yelim, metil, selluloza, qog‘oz (diagrammali, 


280
281
kondensatorli, mikalentli, papirosli, parafinli, filtli), karton, glitse
-
rin, ip, karton, doka, polietilen, plyonka. 
Kitob bilan ishlashda ba’zan uning sahifalarida turli dog‘lar 
paydo bo‘ladi va ular kitobni ko‘rimsiz holatga keltirib qolmay, 
balki o‘qishni ham qiyinlashtiradi, gohida qog‘ozlarning chirishiga 
olib keladi. Quyida ana shunday kirlarni yo‘qotishning ayrim usul-
larini keltiramiz. 
Kitob sahifasidagi yangi moyli dog‘lar toza benzin va mag-
neziya aralashmasini surtish yoki filtrlovchi qog‘oz orqali bir necha 
marta dazmollash bilan ketkaziladi. Keyin nam tampon bilan artib, 
quritiladi. 
Turli xil eski moy dog‘lari erituvchi suyuqlik moddasi (rastvori-
tel)da oson ketadi. Dog‘ tushgan sahifaga ikki-uch qavat buklangan 
filtrlovchi qog‘oz qo‘yilib, eritgich suyuqlikda ho‘llangan tampon 
bilan ishlov beriladi. Shunda moy filtrlov chi qog‘ozga shimiladi, 
u vaqti-vaqtida tozasi bilan almashtirib turiladi. Sahifaning orqa 
tomoniga ham ana shu usulda ishlov beriladi. Erituvchi suyuqlik 
bug‘lanib ketgach, sahifa suv shimdirilgan tampon bilan artiladi. 
hayvon (qoramol, cho‘chqa, baliq) moylari, mineral (mashi na) 
moylar, mum, parafin dog‘lari benzin, etil spirti, benzol, shuning
-
dek, xlorofom-benzol, benzol efir aralashmasi bilan yaxshi ketadi. 
Sharikli ruchka pastasining yozuvini yoki dog‘ni spirt yoki 
glitse rin, yoki ularning teng qo‘shilgan aralashmasi shimdirilgan 
tam pon yordamida ketkazish mumkin. 
Siyoh dog‘i vodorod perekisining
20
foizli eritmasi yoki ka-
liy permanganat (margansovka)ning binafsharang eritmasi bilan 
yuviladi. Kaliy permanganat yordamida siyoh dog‘i o‘chirilgach 
qog‘ozda qolgan qoramtir dog‘ni ketkazish uchun o‘sha joy 1–2 
foizli shovul eritmasi yoki limon kislotasi bilan yuviladi. 
Sahifadagi siyoh dog‘ini birgina shovul kislotasi eritmasi bilan 
ketkazish mumkin, lekin uning konsentratsiyasi kuchliroq bo‘lishi 
kerak. Bunda u bosma qog‘ozga shimdirilib, dog‘ ustiga qo‘yiladi. 
Zang dog‘i limon kislotasi eritmasi bilan ketkaziladi. Pashsha 
dog‘i sirkaga dosh berolmaydi. 


280
281
Barmoq izlarini ozgina sovunlangan nam doka tamponi bi lan 
artish mumkin. Toza nam tampon bilan sovun qoldiqlari ketkazib
kitob sahifasi ikkita bosma qog‘oz orasiga olinib, press ostida qi-
silib quritiladi. 
Agar kitob tasodifan ho‘l bo‘lib qolsa, uni darhol quritish kerak. 
Bunda avval sahifalar orasiga filtrlovchi qog‘oz qo‘yiladi va ham-
masi og‘ir buyum bilan bostiriladi. Bosilish natijasida filtrlovchi 
qog‘oz namning bir qismini shimib oladi. Keyin kitob yelpig‘ich-
simon ko‘rinishda ochilib, pastki cheti bilan tikka qo‘yiladi va 
xonada yoki ochiq havoda batamom quritiladi, lekin uni oftob joy-
ga qo‘ymaslik kerak. Kitobni, ayniqsa, uning koreshok qismini fen 
yordamida yoki changyutgich bilan quritish qulay. Deyarli qurigan 
kitob sahifasiga filtrlovchi qog‘oz qo‘yilib, dazmollanadi yoki 
kitob og‘irroq buyum bilan bostiriladi; bu bilan qurigan sahifalar-
ning shakli o‘zgarishiga yo‘l qo‘yilmaydi. 
Qurigan kitobda po‘panaklar paydo bo‘lmasligi uchun uni 
ko‘zdan kechirib turish kerak. 
Xulosa qilib aytganda, axborot-kutubxonalarda axborot fondi-
ni saqlashda va ularni kitobxonlarga yetkazib berishda kitoblarni 
asrash va ehtiyotlashda kitoblar saqlanadigan xonalarning toza-
ligi, xona harorati me’yoriy bo‘lishi, kitoblarni dezinfeksiya va 
restavratsiya qilish asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish