• Kitoblarni changdan tozalash.
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet166/177
    Sana30.05.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #257805
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   177
    Bog'liq
    55c441c91d60c

    15. 2. KitObni qandaY asrash
    va ehtiYOtLash KeraK?
    Kitobning turli dushmani mavjud, lekin eng asosiysi – vaqt va 
    kitobdan ehtiyotsizlik bilan foydalanishdir. 
    Vaqt o‘tishi bilan kitobni bunyod etishda ishlatilgan material-
    lar – qog‘oz, karton, mato, organik moddalar asosidagi yelim es-
    kiradi, noqulay sharoitlarda esa chiriydi va buziladi. Masalan, 
    kitobni saqlashda namlikning ortishi qog‘oz tolasini chiritadigan 
    bakteriyalarning rivojlanishiga, mog‘orning paydo bo‘lishiga sa-
    bab bo‘ladi. haroratning me’yordan oshishi va atrof muhit nam-
    ligining me’yordan kamayishi materiallarning qurishiga, hajmi va 
    shakli ning o‘zgarishiga, qat-qat bo‘lib ko‘chishiga, uvalanishiga 
    olib keladi. 
    Yorug‘lik, ayniqsa, quyoshning tik tushgan nuri ta’sirida qog‘oz, 
    bo‘yoq va boshqa materiallarning rangi o‘zgaradi, sarg‘ayadi, 
    qovjiraydi, ulardagi yelimning xususiyati buziladi. Kitob uchun 
    chang ham zararli. 
    Kitoblarni changdan tozalash. 
    Kitoblarni saqlash muammo-
    laridan biri bu chang bilan kurashishdir. Chang kitob saqlash 
    bo‘limlarida tashqaridan, devor ohaklarining to‘kilishidan, poldan 
    va maxsus o‘ralgan materiallar orqali hosil bo‘ladi. Kitob saqlash 
    bo‘limlarida kitob va stellyaj tokchalaridagi changlarni muntazam 
    tozalab turish shart. Kitoblarni changdan tozalashning eng yaxshi 
    uslubi changyutgich yordamida tozalashdir. Ayrim axborot-ku-
    tubxonalarda maxsus changyutgich tizimlari mavjud. Shuningdek, 
    changni «formalin eritmasi» orqali bartaraf etish mumkin. 


    274
    275
    Qo‘lga rezinali qo‘lqop kiyilgach, 5–7 gramm paxta 3% li 
    formalin eritmasiga botirilib, birozdan so‘ng ushbu tampon bilan 
    kitobdagi changlar tozalanishi mumkin. Ishlatilgan tamponlar axlat 
    chelagiga tashlanadi yoki yondiriladi. Tozalash jarayoni kitob ja-
    vonining yuqori qismidan pastga qarab olib boriladi. Avvalo, kitob 
    koreshogidagi changlar artiladi, so‘ng javondagi kitoblar stolga 
    yoki qavatlarga o‘tkaziladi. 
    Bo‘shagan javonlarning changi artilgach, hamma kitoblar o‘z 
    o‘rniga tartib bilan joylashtiriladi. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   177




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish