• Nazorat savollari
  • qog‘oz qirquvchi asboblar




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet164/177
    Sana30.05.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #257805
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   177
    Bog'liq
    55c441c91d60c

    qog‘oz qirquvchi asboblar 
    (qog‘oz keskichlar) rulonli va 
    boshqa qog‘ozlarni ishlatiladigan shakldagi varaqlarga (formatlar 
    mm larda: A6 = 105 × 148; A5 = 148 × 210; A4 = 210 × 297; 
    A3 = 297 × 420) moslab kesish va tayyor kitoblarning chetlarini 
    kesib tashlash (tekislash) uchun mo‘ljallangan. 
    Keskich turlari juda xilma-xildir: kichik (masalan, «Ideal» firma
    -
    sining 1034, 1071, 2035), oyoqli (3905, 4700) dastaki keskichlari-
    dan, to kesish uzunligi 340 mm dan 1100 mm gacha bo‘lgan va bir 
    vaqtning o‘zida 20 dan 200 varaqqacha kesuvchi avtomatik dastur-
    lanadigan keskichlargacha mavjud. 
    hujjatlarni yo‘q qilish mashinalari. 
    Keraksiz hujjatlarni yo‘q 
    qilish uchun ularni maydalab kesuvchi va mikromaydalaydigan 
    mashinalar qo‘llaniladi. hamma yo‘q qiluvchi mashinalar avtoma-
    tik yuritma va yo‘q qilinayotgan hujjatlar changi yoki briketlar 
    uchun konteynerlar bilan ta’minlangan. 
    Yo‘q qiluvchilar turlari:
    – keraksiz hujjatlarni yo‘q qiladigan (uzunasiga kesish);
    – hujjatlarni yo‘q qilib, qog‘oz
     
    chiqindilariga aylantiradigan;


    270
    271
    – hujjatni qog‘oz
     
    changiga aylantiradigan (chiqindilarni ara-
    lashtirib, uzunasiga va ko‘ndalangiga qirqiladi, A4 shaklli varaq 
    9000 zarrachagacha qirqiladi);
    – maxsus (qog‘ozni metall mahkamlagichi bilan birga mayda-
    laydi, chiqindilarni qog‘ozli
     
    xaltalarga joylaydi). 
    «Rexel» firmasining (Angliya) qog‘ozni yo‘q qiluvchi 100 dan 
    ortiq modeli juda ommabopdir, masalan, 70 Auto, 130 Auto, 2500 
    Auto, X9 high Security, X500 high Security, h16 Destroyer, 
    VX5000, Destroyer va boshqalar. 
    Nazorat savollari:
    1. Axborot-kutubxonalarda hujjatlarni saqlash va qidirish vositalariga 
    qo‘yiladigan talablar nimalardan iborat?
    2. Ixtiyoriy shakldagi qog‘ozli hujjatlarni saqlash va qidirish vositalari 
    haqida gapirib bering 
    3. Kartoteka nima? 
    4. Kartotekaning qanday turlarini bilasiz? 
    5. Elektron hujjatlar yaratish va ularni saqlash ishlari qanday amalga 
    oshiriladi?
    6. Elektron hujjatlar bilan ishlashda nimalarga e’tibor beriladi?
    7. Mikrofilmlashtirish va uning ahamiyati nimalardan iborat? 
    8. hujjatlarni qayta ishlash vositalariga nimalar kiradi? 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   177




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish