2. axbOrOt-KutubxOna aravachaLari




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish
bet146/177
Sana30.05.2024
Hajmi17,68 Mb.
#257805
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   177
Bog'liq
55c441c91d60c

13. 2. axbOrOt-KutubxOna aravachaLari 
Axborot-kutubxonalarda qo‘l aravachalaridan masofasi un-
cha uzoq bo‘lmagan joyga yengil yuklarni olib borish uchun 
qo‘llaniladi. Qo‘l aravachasi og‘irligi 500 kg gacha bo‘lgan yukni 
eltib bera olishi mumkin. Qo‘l aravachalar axborot-kutubxonalar-
da eng oddiy texnika vositasi hisoblanib, kitoblarni eltib berishda 
unga bir qancha talablar qo‘yiladi: qo‘l aravachasining sig‘imi ye-
tarli bo‘lishi; kitoblarni joylashtirish va olish oson bo‘lishi uchun 


246
247
ochiq bo‘lishi; yengil bo‘lishi; tor yo‘lkalardan: o‘tish uchun ix-
cham bo‘lishi; yuklarni normal joylashtirish va yuk ortilgan bir 
vaqtda aravacha yiqilib ketmasligi uchun muvozanat saqlanishini 
ta’minlash; adabiyotlar bo‘limlararo tashilayotganida, aravachalar 
shovqin chiqarmasligi, ya’ni g‘ildiraklari rezina bilan qoplangan 
bo‘lishi kerakligi kabi qator talablardan iboratdir. 
Bu talablarga hozirgi paytda ishlatilayotgan axborot-kutubxona 
aravachalari javob bera oladi. Bunday aravachalarni Litva Davlat 
kutubxonasi joriy etib, ulardan muvaffaqiyatli foydalanib kelmoq-
dalar. 
Bunday aravachalar TT–6 kutubxona aravachasi tipiga ega. Bu 
kabi aravachalar yengil po‘lat quvurlardan tayyorlanadi. Ularda 
40 kg gacha yukni tashish mumkin. 
Shuningdek, axborot-kutubxonalarda adabiyotlarni tashish 
uchun metaldan tayyorlangan tirkamalardan foydalanish mumkin. 
Bunday aravachalar birinchi marotaba Saratov shahridagi kutub-
xona xodimlari tomonidan joriy etilgan. Ular quyidagi ish prinsipla-
riga ega:
1. «TRK–1» tipidagi aravachalar uch yarusli polkalardan iborat. 
Pastki polkasi katta formatli kitob va jurnallar uchun mo‘ljalangan. 
Shuningdek, aravachada talablar bo‘yicha bajarilgan belgilarni bel-
gilab olish uchun stolcha ham o‘rnatilgan. 
2. «TRK–2» tipidagi aravachada kitob va jurnallar uchun yashik-
li konteyneri bor. Pastki polkasi esa keng formatli kitoblar va jur-
nallar uchun mo‘ljallangan. Bu tipdagi aravacha to‘rtta g‘ildirakka 
ega bo‘lib, uni 360° ga aylantirish mumkin. 
3. «PT» va «OB–4» aravachalari kitoblar uchun maxsus olinadi-
gan eshikli konteynerlardan iborat. 
4. «MMB–9» tipidagi aravacha 2 ta yuqori polkadan iborat bo‘lib, 
ularga vertikal holatda kitob va jurnallarni joylashtirish mumkin. 
Pastki polkaga esa katta formatli kitob va gazetalar joylashtirili-
shi mumkin. Axborot-kutubxonalarda «MMB–9» aravachasidan 
ko‘proq kitob fondi punktlaridan ko‘rgazmalarni tashkil etishda 
foydalanish qulaydir. 


246
247
har xil yuklarni tashish uchun (qog‘oz rulonlari, posilka qilingan 
kitoblar va h. k.) axborot-kutubxonalarda «TG–100», «TG–130», 
«TG–400» kabi aravachalardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. 
«TG–100» va «TG–130» aravachalari uncha ko‘p ishlatilmaydi. 
«TG–400» aravachasi esa og‘ir yuklar uchun mo‘ljallangandir. 
Respublika meditsina axborot-resurs markazida qo‘llanilayotgan 
«TRK–1» markali qo‘l aravachasi «T–6» markali aravachadan 
farq qiladi. Aravacha, asosan, Saratov mexanika zavodidan ish-
lab chiqarilgan. Aravacha 3 yarusli. Kutubxonachi eng pastki ya-
rusga gazetalarni, ikkinchi yarusga jurnallarni, uchinchi yarusga 
esa kitoblarni qo‘yib tashishi mumkin. Respublika ilmiy-texnika 
kutubxonasida qo‘llanilayotgan «TRK–2» qo‘l aravachasi boshqa 
ara vachalardan farq qiladi. «TRK–2» markali aravacha 4 kalonkali 
bo‘lib, 360° ga burila oladi. Yana bir xususiyati shuki, bu aravacha-
da keng formatli adabiyotlarni ham tashish mumkin. Bu esa texni-
kaga oid keng mashtabdagi chizma va adabiyotlarni kitobxonga 
yetkazishda katta yordam beradi. 
hozirgi kunda aravachalaridan tashqari quyidagi yengil adabi-
yotlarni tashishga mo‘ljallangan «TG–100», «TG–130» hamda 
katta hajmdagi adabiyotlarni tashishga mo‘ljallangan «TG–100» 
markali aravachalar ishlab chiqarilmoqda. Bu aravachalar, asosan, 
rulonli qog‘ozlar tashishga mo‘ljallangan. 

Download 17,68 Mb.
1   ...   142   143   144   145   146   147   148   149   ...   177




Download 17,68 Mb.
Pdf ko'rish