212
213
– matematik usullar va intellektual tizimlarni joriy etish hisobiga
boshqaruv masalalarini hal qilishning yanada oqilona variantla riga
ega bo‘lish;
– avtomatlashtirish hisobiga xodimlarni og‘ir mehnatdan ozod
qilish;
– axborotning ishonchliligini ta’minlash;
– ma’lumotlarni qog‘oz o‘rniga magnit disklari yoki tasmalarida
saqlash, bu axborotga kompyuterda ishlov berishni ancha oqilona
tashkil etish va qog‘ozlardagi hujjat hajmini kamaytirishga olib ke-
ladi;
– axborot-kutubxonalarda axborot oqimi strukturasi va hujjatlar
bilan ishlash tizimini takomillashtirish;
– zamonaviy texnolgiyalardan foydalanishni ta’minlash.
Axborot-kutubxonalar faoliyatini kompleks avtomatlashtirish
uchun korporativ axborot tizimlarini joriy etish zarur, ular bilan
korporatsiyaning oliy bo‘g‘ini – menejerlari ish olib boradi. Bu
tizimlar qarorlar qabul qilish uchun zarur. Bu esa, o‘z navbatida,
menejerlarning quyi va o‘rta bo‘g‘ini darajasida joriy ishlab chiqa-
rish funksiyalarini bajarish va ishlab chiqarish jarayonlarini opera-
tiv boshqarish bilan bog‘liq ish joylarini avtomatlashtirish masalasi
oldindan hal qilingan bo‘lishini ko‘zda tutadi.