• 9. 3. axbOrOt birLiKLari, axbOrOtninG O‘LchOv va hajM tushunchaLari
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet121/177
    Sana30.05.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #257805
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   177
    Bog'liq
    55c441c91d60c

    tasvir. 
    Tasvir – bu biror voqea, hodisa yoki jarayonlarni o‘zi-
    da ifodalagan rasm bo‘laklari va ranglardan iborat ma’lumotdir. 
    Foto, manzara, matematik funksiyalar grafigi, statistik ma’lumotlar 
    diagrammasi va shunga o‘xshash ma’lumotlar tasvir hisoblanadi. 
    Kompyuter yordamida tasvirlarga ishlov berishni to‘rt guruhga 
    ajratish maqsadga muvofiq hisoblanadi:
    1) kulrang va rangli tasvirlar;
    2) ikki xil va bir necha «rangli» tasvirlar;
    3) uzluksiz egri va to‘g‘ri chiziqlar;
    4) nuqtalar yoki ko‘pburchaklardan iborat tasvirlar. 
    Bu turkumlash tasvirni ko‘rib idrok qilish mexanizmi bilan 
    emas, balki ularni taqdim etish va qayta ishlashga yondashish bilan 
    bog‘liq. 
    animatsiya. 
    Animatsiya ma’lum tezlikda tasvirlarni almashti-
    rish mahsulidir. Bunda ma’lum vaqt oralig‘ida ma’lum sondagi bir 
    xil o‘lchamga ega bo‘lgan tasvirlar tezkor almashtiriladi. Natijada 
    multiplikatsiyaga o‘xshash harakatlanuvchi (animatsion) tasvir 
    hosil bo‘ladi. Filmlar va video ma’lumotlarning asosini animatsi-
    yalar tashkil etadi, chunki filmlar namoyishida bir soniyada 25–30 
    ta tasvir tezkor almashtiriladi. Shunday qilib, videofilm tarkibidagi 
    tasvirlarni hisoblab chiqish mumkin, ya’ni bir soatlik film 3600 
    soniyani, undagi tasvirlar esa 90 mingtani tashkil etadi. 
    Animatsiya orqali quyidagilarni amalga oshirish mumkin:
    – matn axborotini qismlashni;
    – tasvir qismlarining so‘zsiz harakati jarayonini;
    – rasm harakatlarini;
    – tarixiy janglarning so‘zsiz harakatini;
    – fizik va kimyoviy jarayonlarni;
    – texnologik jarayonlarni;
    – tabiiy hodisalar jarayonini;
    – siyosiy hodisalar jarayonini;
    – ijtimoiy hodisalar jarayonini;


    198
    199
    9. 3. axbOrOt birLiKLari, axbOrOtninG
    O‘LchOv va hajM tushunchaLari
    har qanday mahsulotning o‘lchov birligi mavjud, masalan, litr, 
    metr, kilometr, kilogramm, volt, amper, kubometr va boshqalar. 
    Axborotning xuddi shunga o‘xshash ham o‘lchovi mavjud. Ikkilik 
    sanoq tizimida axborotning eng kichik birligi bit hisoblanadi, bir 
    bit bu bitta «1» yoki bitta «0». Bunda signalning mavjudligi «1» bi-
    lan yoki yo‘qligi «0» bilan ifodalanadi. Bitlarning butun deb qara-
    ladigan tutash ketma-ketligi bayt deb ataladi. Bayt 8 bitga teng deb 
    qabul qilingan. Shuningdek, katta hajmdagi ma’lumotlar sig‘imini 
    o‘lchash uchun kilobayt (kb), megabayt (mb), gigabayt (gb), ter-
    rabayt (tb) va h. k. o‘lchamlar mavjud:
    1 Kb =2
    10 
    = 1024 bayt, 
    1 Mb=2
    20
    = 1024 Kbayt,
    1 Gb =2
    30
    = 1024 Mbayt,
    1 Tb =2
    40
    = 1024 Gbayt. 
    Zamonaviy tarmoqlarda ma’lumotlarni uzatish ketma-ket 
    amalga oshiriladi, ya’ni bir bayt axborot bitlar bo‘yicha uzatiladi. 
    Tarmoq sohasida kilobayt va megabaytlar fanning boshqa sohala-
    ridagidek o‘nli sanoq tizimiga mos keladi. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   177




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish