• Elektrografik nusxa ko‘chirish (kserografiya)
  • Axborot-kutubxona texnologiyasi s indd




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet47/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    6. 2. nusxa KO‘chirish va
    KO‘paYtirish turLari 
    hozirgi paytda quyidagi nusxa ko‘chirish jarayonlarida foyda-
    laniladi:
    – elektrografik nusxa ko‘chirishda;
    – diazografik nusxa ko‘chirishda;
    – termografik nusxa ko‘chirishda;
    – fotografik nusxa ko‘chirishda;
    – elektrongrafik nusxa ko‘chirishda;
    – raqamli nusxa ko‘chirishda.
    Elektrografik nusxa ko‘chirish (kserografiya) hozirgi vaqtda 
    keng tarqalgan. Jahon nusxa ko‘chirish mashinalarining 70 % dan 
    ortig‘ini elektrografik nusxa ko‘chirish apparatlari (EGNKA) 
    tashkil etadi. Ular bilan jahonda ko‘chirilayotgan nusxalarning 
    50 % idan ko‘prog‘i tayyorlanmoqda. EGNKAni ko‘pincha «kse-
    roks» deb atashadi, bu nom ushbu turdagi nusxa ko‘chirishning 
    asoschisi Angliyaning «Rank Xerox» firmasiga hurmat tariqasida 
    berilgan. 
    Elektrografik nusxa ko‘chirishning asosiy afzalliklari: 
    – yuqori tezkorlik, samaradorlik va nusxa ko‘chirishning yuqori 
    sifati; 


    100
    101
    – nusxa ko‘chirishda hujjat hajmini o‘zgartirish va tahrirlash im-
    koniyati bor; 
    – varaqli va risolali hujjatlardan nusxa olish imkoniyati bor;
    turli xil ingichka chiziqli, yarim rangli, bir va ko‘p rangli huj-
    jatlardan nusxalar olish imkoni bor;
    – nusxalarni oddiy qog‘oz, kalka, plastik plyonka, aluminiy fol-
    gaga va boshqalarga olish mumkin; 
    – apparatlar va ish materiallari nisbatan arzon va xizmat ko‘r-
    satish yengil. 
    Elektrografik nusxa ko‘chirish quyidagi jarayonlarni o‘z ichiga 
    oladi:
    – svetoekspozitsiya. hujjat oldindan foto yarimo‘tkazgichli 
    qoplama bilan zaryadlangan baraban yoki plastina sirtiga proyek-
    siyalanadi. Bu jarayonda yarimo‘tkazgichli qoplama hujjatning 
    yoritilgan uchastkalaridan zaryadlarning oqib tushishidan uning 
    ko‘rinmas elektrostatik tasviri shakllantiriladi;
    – tasvirning tushishi: bo‘yaydigan kukun (toner) zaryadlangan 
    uchastkalarga yopishib olishi oqibatida ko‘rinmas elektrostatik tas-
    vir ko‘rinadigan tasvirga aylanadi; 
    – bosish: bo‘yaydigan kukunni barabandan yoki plastinadan 
    qog‘ozga yoki boshqa asosga ko‘chirish bilan amalga oshadi;
    – qotirish: bo‘yaydigan kukun asteton bug‘larida nusxaga 
    qotiriladi. 
    Nusxa ko‘chirish apparatlarigaRossiyada ishlab chiqarilgan 
    EGNKA, ERA, REM, EFKA, ER, chet elning eng yaxshi namu-
    nalari: Xerox 5380, Xerox 5520, Ricon FT–4220, Mita DC–1755. 
    Konica–112, Sharp SF–7800, Canon NP–6020 va boshqalarni mi-
    sol qilish mumkin. 
    Rossiyada ishlab chiqarilgan EGNKA nusxa ko‘chirish sifati 
    bo‘yicha chet elnikidan pastdir. Ular uchun, asosan, nusxadagi 
    matnni tushunish muhim bo‘lsa, chet elniki uchun: nusxalar asl 
    nusxadan yaxshi, rasmlar chiroyli, yaxshi qog‘oz ishlatganda rang-
    lar yorqin chiqdi. EGNKAni tanlash, asosan, nusxa ko‘chirilishi 
    rejalashtirilayotgan hujjatlarning turiga va shakliga hamda nusxalar 
    soniga bog‘liq:


    100
    101
    – agar nusxalar soni 10 oyga 1000 donadan kam bo‘lsa, eng 
    oddiy kichik apparatlarni xarid qilish mumkin (Xerox 5220, Canon 
    FC–2, Ricon LR–1, Sharp Z–30 va boshqalar);
    – bu turdagi EGNKAlarda yorug‘lik sezuvchi baraban va to-
    ner katridj tipidagi bitta blokda joylashadi, ularga toner 3–9 marta 
    qo‘yiladi va baraban resursi 8–10 ming nusxaga yetadi; 
    – agar N = 1000–5000 bo‘lsa, o‘rtacha samaradorli EGNKAni 
    tanlagan ma’qul (Ricon M–50, Xerox 5316, MitaCE–50, Konica 
    1112, Sharp Z–52 va boshqalar). Bu guruhdagi EGNKAda, hajm 
    o‘zgartirgichlar bor, bir-biridan ajratilgan toner va baraban esa alo-
    hida almashtiriladi;
    – agar N > 5000 bo‘lsa, yuqori quvvatli EGNKA tanlanadi (Xe-
    rox 5331, Konica 7728, Mita DC–1555, Toshiba 1210 va boshqa-
    lar). Ularda hajm o‘zgartirgichlar, nusxa saralovchilar, hujjatlarni 
    avtomatik almashtirish va boshqa servis imkoniyatlari mavjud. 
    Ko‘pchilik EGNKA servis imkoniyatlari:
    – ham ko‘p rangli (3–5 ta rang), ham bir rangli nusxalarni olis h 
    imkoniii beradi (Rank Xerox firmasining o‘tkazgan tadqiqotlari 
    shuni ko‘rsatadiki, rangli hujjatlar ma’lumotni 80 % ga, qabul qi-
    lishni 78 % ga oshiradi va uni tushunishini 40 % ga yaxshilaydi);
    – tahrirlash nusxa ko‘chirish jarayonida nusxa mazmunini asl 
    nusxaga nisbatan o‘zgartirish imkonini beradi;
    – ikki tomonlama nusxa ko‘chirish hujjatning birdaniga ikkala 
    tomonidan nusxa olish imkonini beradi;
    – asl nusxa sifatsiz bo‘lganida ham, nusxa sifatini ta’minlovchi 
    ekspozitsiyani avtomatik boshqarish;
    – nusxalar sonini 1 dan 999 gacha dasturlash imkoniyati Toshi-
    ba, EGNKAlarda mavjud. Ko‘pchilik zamonaviy EGNKAlar yana 
    quyidagilarga ega: 
    – nusxa ko‘chirish jarayonini tahrirlash va boshqarishni sezilarli 
    yengillashtiradigan displeylar;
    – hujjatni avtomatik uzatish:
    – komplekt bo‘yicha nusxalarni saralovchi qurilma. 


    102
    103

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish