98
99
Mavzuning maqsadi: axborot-kutubxona muassasalarida nusxa
ko‘chirish va nusxa ko‘paytirish texnika vositalarining roli va ahamiyati,
nusxa ko‘chirish turlari, bosma usullar va ularning turlari, nusxa ko‘chi-
rish va nusxa ko‘paytirish sistemasini tashkil qilish, rizografiya, skaner-
lash va raqamlashtirish kabi texnika vositalari haqida ma’lumot berish,
ularning ishlash prinsiplari bilan tanishtirishdan iborat.
6. 1. reprOGrafiYa va tezKOr pOLiGrafiYa
Nusxa ko‘chirish va nusxa ko‘paytirish texnika vositalari ax-
borot-kutubxonalarda muhim ahamiyatga ega.
Ulardan foydalanib,
axborot manbalarini ko‘chirish va ko‘paytirish mumkin.
Axborot materialining bosilishi, uning ko‘plab nusxada ko‘chi-
rilishi axborotni qayta ishlash masalasidagi muhim jarayonlardan
biridir. Poligrafiya va nusxa ko‘chirish, ularni ko‘paytirish ishlari-
ning tezkorligi natijasida axborot va
kutubxonashunoslik xizmati
yanada yuksaladi. Nusxa ko‘chirish va ko‘paytirish jarayoni o‘z
ichiga reprografiya va tezkor poligrafiya usul va vositalarni oladi.
«Reprografiya» atamasi 1963- yil- oktabrda Germaniyaning
Kyoln shahrida bo‘lib o‘tgan I Xalqaro konferensiyadan so‘ng
keng qo‘llanila boshlandi.
Reprografiyaning vazifasi inson ko‘zi
bilan oladigan turli ax-
borotni qayd qilish usuli va vositalarini tashkil etishdan iborat.
Nusxa ko‘chiruvchi va nusxa ko‘paytirish texnikasi materiallarni
ko‘paytirish va ko‘chirishga xizmat qiladi. Nusxa ko‘chirish va
nusxa ko‘paytirish texnik vositalarining afzalligi shundaki, ular
ma’lum bir axborotni qisqa va aniq vaqt ichida ko‘chiradi. Poligrafi-
ya ishida nusxaning minimal soni 100 ta, reprografiyada 2 nusxa,
tezkor poligrafiyada esa 30 dan 50 nusxagacha bo‘ladi.
Kutubxonashunoslik va bibliografiya ishlarida reprografik usul-
larni qo‘llash 1952–1953- yillardan boshlandi. Ana shu yillardan
boshlab reprografik kompleks ham ishlatilishi boshlandi.
98
99
Sobiq sho‘rolar davrida reprografiya
vositalarini ishlab chiqa-
rish, ulardan foydalanish bilan GIPROTIS, VINITI elektrografik
ilmiy tekshirish
instituti, orgtexnika Butunittifoq ilmiy tekshirish
instituti va boshqa tashkilotlar shug‘ullandilar. Keyinchalik repro-
grafik asbob-uskunalarni ishlab
chiqarish MDH mamlakatlarida
yagona kompleks reja asosida olib borildi. Chet ellardagi o‘nlab
yirik
firmalar yangi reprografik apparatlar va yorug‘likni sezuvchi
materiallarni yaratish borasida juda ko‘p ilmiy tekshirish ishlarini
olib bordi. Reprografiya ishining usul va apparatlari 1963–1967-
yil Kyolnda bo‘lib o‘tgan Xalqaro konferensiyadan so‘ng
yanada
rivojlanib ketdi.