• Elektronografik nusxa ko‘chirish (elektr uchqunli nusxa ko‘chirish).
  • Fotografik nusxa ko‘chirish




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet49/163
    Sana02.02.2024
    Hajmi17,68 Mb.
    #150187
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163
    Bog'liq
    Axborot-kutubxona texnologiyasi

    Fotografik nusxa ko‘chirish eng qadimiy va yuqori sifatli 
    nusxa ko‘chirish usuli bo‘lib, qimmatbaho xom ashyo va nusxa 
    olishning uzoq jarayonini (ekspozitsiya tushirish, qotirish, yuvish, 
    quritish) talab etadi. 
    Tasvirning o‘lchamlari va sifatiga qo‘yilgan talablarga qarab 
    fotografik nusxa ko‘chirish kontaktli va proyeksion bo‘lishi mumkii. 
    Proyeksion fotonusxa ko‘chirish nusxaning yuqori sifatli bo‘lishini 
    ta’minlaydi va keng oraliqlarda tasvir hajmini o‘zgartirish va tas-
    virdagi alohida lavhalarini kattalashtirib ajratish imkonini beradi. 
    Fotonusxa ko‘chirishda ham oddiy, ham qayta ishlanadigan fo-
    toplyonka va fotoqog‘ozlar qo‘llaniladi. Plyonkadagi pozitiv nusxa 
    kelgusida diazografik nusxa ko‘chirish uchun ishlatilishi mumkin. 
    Agar yarim tuslarni tushirish talab etilmasa, u holda juda keskin 
    farq qiladigan fotomateriallar ishlatiladi. Fotonusxa ko‘chirish 
    uchun turli xil qo‘shimcha asboblar va foto kattalashtiruvchi quril-
    malar ishlatiladi. 
    Fotonusxa ko‘chirishning muhim va keng tarqalgan ko‘rinishi 
    hujjatlarni mikrofilmlashga asoslangan mikrofoto nusxa ko‘chi-
    rishdir. Unda oddiy fotografik kontaktli (refleksli) fotograflash va 
    bosish uchun apparatlar ishlatiladi. Modellari: ORK jamlanmasi
    KP–10, KRN, Dokufo BF–101 va boshqa apparatlar. 
    Elektronografik nusxa ko‘chirish (elektr uchqunli nusxa 
    ko‘chirish). hujjatlarni optik o‘qish va axborotni maxsus nusxa 
    tashuvchiga elektron uchqunli qayd qilishga asoslangan. Fotodi-
    odlar ularga proyeksiyalanayotgan hujjatlar tasvirini satrma-satr 
    elektr signallariga aylantiradi, signallar kuchaytiriladi va yozuvchi 
    ninalar chizg‘ichiga uzatiladi. Ninalar va apparat (baraban) aso-
    si orasidan elektr razryadlar (uchqunlar) o‘tib ketadi, bu uchqun-
    lar nusxa tashuvchida kichkina teshiklar perforaniyalaydi (teshik 
    ochadi). 
    Nusxalar ko‘pincha elektroplyonkaga va termoreaktiv qog‘oz-
    ga olinadi. Elektroplyonkadagi nusxalar trafaretli bosish vositasi 
    bilan kelgusida hujjatlarni ko‘paytirish uchun asos bo‘lib xizmat 


    104
    105
    qiladi va yuqori sifatli trafaretli bosma formalar tayyorlashda ele-
    ktronografik nusxa ko‘chirish juda samaralidir va keng ishlatiladi. 
    Keng taralgan apparatlar: Iskra, Elika, Rex-Rotary, BE–102, Elek-
    trokop–18, Gesletner. 

    Download 17,68 Mb.
    1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   163




    Download 17,68 Mb.
    Pdf ko'rish