|
Axborot tex maruza doc
|
bet | 2/38 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #274204 |
Bog'liq III bob. Fayllarni arxivlash.bob. Ma’lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari.
Ma’lumotlar ombori. Ob’yekt va kattalik. ̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣
Ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari. Ma’lumotlarning turlari va tuzilishi. ̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣
Jadvalda ma’lumotlarni kodlash. Jadvalning bosh kaliti. ̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣
- 1 -
I bob. Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o’rni va ahamiyati.
Mavzu:Axborot texnologiyalari fani.Axborot texnologiyalarining rivojlanish tarixi va uningaxborotlashgan jamiyatdagi o’rni
Reja:
Axborot texnologiyalari haqida tushuncha.
Axborotlashgan jamiyat haqida.
Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o’rni.
Tayanch iboralar: Axborot texnologiyalari, axborotlashgan jamiyat, kompyuterlashtirish.
Informatikaning axborotlashgan jamiyatdagi o’rni
Axborot ustida kerakli amallarni bajarish borasida tashkil qilingan jarayon axborot texnologiyasi deb ataladi.
Axborot texnologiyasi asosiy texnik vositalari sifatida hisoblash- tashkiliy texnikadan tashqari aloqa vositalari–telefon, teletayp, telefaks va boshqalar qo’llaniladi.
Hozirgi kunda axborot texnologiyasi jamiyatning jadal rivojlanishiga ta’sir etuvchi eng muhim omildir.Axborot texnologiyasi insoniyat taraqqiyotining turli bosqichlarida ham mavjud bo’lgan bo’lsa-da, hozirgi zamon axborotlashgan jamiyatining o’ziga xos xususiyati shundaki, sivilizasiya tarixida birinchi marta bilimlarga erishish va ishlab chiqarishga sarflanadigan kuch energiya, xom ashyo, materiallar va moddiy iste’mol buyumlariga sarflanadigan xarajatlardan ustunlik qilmoqda, ya’ni axborot texnologiyalari mavjud yangi texnologiyalar orasida etakchi o’rinni egallamoqda.
Axborot texnologiyalari industriyasi majmuini kompyuter, aloqa tizimi, ma’lumotlar ombori, bilimlar ombori va u bilan bog’liq faoliyat sohalari tashkil qiladi. Axborot texnologiyalari sohasida bevosita ishlamaydigan odamlar ham kundalik ishlarida uning imkoniyatlaridan foydalanadi. Axborot texnologiyalari turmushning barcha sohalariga borgan sari ko’proq singib borib, uning harakatlantiruvchi kuchiga aylanmoqda.
Bugungi kunda axborot texnologiyasini shartli ravishda saqlovchi, rasionallashtiruvchi, yaratuvchi turlarga ajratish mumkin.Birinchi turdagi texnologiyalar mehnatni, moddiy resurslarni, vaqtni tejaydi. Rasionallashtiruvchi axborot texnologiyalariga chiptalar buyurtma qilish, mexmonxona hisob-kitoblari tizimlari misol bo’ladi.
Yaratuvchi (ijodiy) axborot taxnologiyalari axborotni ishlab chiqaradigan, undan foydalanadigan va insonni tarkibiy qism sifatida o’z ichiga oladigan tizimlardan iborat.
Axborot texnologiyalarining hozirgi zamon taraqqiyoti hamda yutuqlari fan va inson faoliyatining barcha sohalarini axborotlashtirish zarurligini ko’rsatmoqda. Chunki aynan mana shu narsa butun jamiyatning axborotlashtirilishi uchun asos va muhim zamin bo’ladi.
Jamiyatni axborotlashtirish deganda, axborotdan iqtisodni rivojlantirish, mamlakat fan- taxnika taraqqiyotini, jamiyatni demokratlashtirish va intellektuallashtirish jarayonlarini jadallashtirishni ta’minlaydigan jamiyat boyligi sifatida foydalanish tushuniladi.
- 2 -
Darhaqiqat, jamiyatni axborotlashtirish—inson hayotining barcha jabhalarida intellektual faoliyatning rolini oshirish bilan bog’liq ob’yektiv jarayon hisoblanadi.
Jamiyatni axborotlashtirish respublikamiz xalqi turmush darajasining yaxshilanishiga, ijtimoiy ehtiyojlarning qondirilishiga, iqtisodning o’sishi hamda fan-texnika taraqqiyotining jadallashishiga xizmat qiladi.
Jamiyatni axborotlashtirish jarayonini 5 asosiy yo’nalishga ajratish mumkin:
|
| |