|
Axborot tex maruza doc
|
bet | 5/38 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #274204 |
Bog'liq III bob. Fayllarni arxivlash.Vaqt
Tayyor Lov
|
O’quv mashg’ulotini maqsadi va natijalarini aniqlaydi, baholash mezonini aniqlaydi. Zaruriy o’quv materiallari, ma’ruza matnlari va mavzuga
oid slaydlar tayyorlaydi.
|
|
|
|
10
|
Kirish
|
O’tilgan mavzu yo’zasidan frontal savollar beradi va berilgan javoblarni baholaydi.
|
Berilgan savollarga ixtiyoriy tinglovchi javob
beradi
|
Aqliy hujum
|
Doska bo’r
|
5 d
|
Asosiy qism
|
Tinglovchilarning bergan javoblarini umumlashtiradi Texnikaa vositalari va tayyor langan slaydlar yordamida
yangi mavzuni bayon etadi.
|
Kerakli ma’lumotlarni o’zlariga qayd etadilar
|
Ma’ru-za
|
Slayd kodosk op
|
30 d
|
Yangi mavzuga oid nazorat
savollarini berish
|
Savolarga javob
qaytarish
|
Savoljavo
b
|
Kartoc
hkalar
|
10 d
|
O’quvchilarni 3 guruhga bo’lib yangi mavzuga doir savollar yo’zasidan musobaqa
o’tkazadi
|
Har bir kichik guruh ball to’playdilar
|
Baxs munozara
|
Tarqam a materia
llar
|
10 d
|
Musobaqa natijalarini aniqlaydi va g’olib guruhni
e’lon qiladi
|
Tinglaydilar
|
Munozaral ar
|
Doska bo’r
|
10 d
|
Yakuniy
|
Darsni yakunlaydi va uyga
vazifa beradi.
|
Tinglaydilar
|
Maruza
|
Doska
bo’r
|
5 d
|
II bob. Kompyuterga xizmat ko’rsatish.
̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣̣
Mavzu: Qattiq diskka xizmat ko’rsatish amallari. Kompyuterda foydalanuvchiga
mos muhitni tashkil etish.
Reja:
Qattiq disklarga xizmat ko’rsatish amallari.
Yordamchi disklar.
Xotiradagi keraksiz fayl va kataloglarni o’chirish.
Kompyuterning foydalanuvchiga mos muhitni tashkil etish.
Tayanch iboralar:
Disk, qittiq disk, xotira, doimiy xotira, markaziy prosessor va fayl.
Qattik diskka xizmat ko’rsatish amallari deganda nima tushuniladi? Ma’lumki, kompyuter elektr tarmog’iga ulanganda vinchester diskchalari harakatga to’shadi va uning aylanish tezligi 6500 –10000 martagacha etadi. Bu juda katta tezlik. Xuddi shuningdek, kompyuterning boshqa qurilmalari ham ish jarayonida katta kuchlanishga ega bo’ladi va elektr toki o’tishi natijasida o’zidan issiqlik chiqaradi. Qattik diskka ko’rsatiladigan xizmatlar undagi ma’lumotlarga ishlov berishdan iborat. Ularni qanday amalga oshirishni ko’rib chiqamiz.
Diskka fayllar bilan ishlaganda operatsion tizim, o’zak, katalog, fayllar joylashish jadvali (FAT – Fail allacation Table ), diskning yuklanish dasturi yozilgan qismidagi ma’lumotlardan foydalaniladi. Agar diskning tizimli qismi buzilsa, diskdagi ma’lumotlardan to’la yoki qisman ham foydalanib bo’lmaydi. Diskning tizimli bo’limini (Disk Edit turidagi dastur yordamida) qayta tiklash mumkin. Lekin bunday ish foydalanuvchidan yuqori malaka va ko’p vaqt talab qiladi. Agar tizimli bo’lim fayllarini doimiy ravishda Image dasturi yoradamida nusxalanib qo’yilsa, diskning tizimli sohasi buzilganda uni qayta tiklash ancha yengil bajariladi.
Image. exe dasturi diskning tizimli sohasi haqidagi ma’lumotlarni Image. dat fayliga yozib qo’yadi. U bu faylni yuklash jarayonida fayllar joylashish jadvali va o’zak katalog haqida ma’lumotlar tasvirlanadi.
Har safar Image.exe fayli ishga tushirilganda undagi axborot yangilanib turadi, faylning avvalgi holati esa, Image.bak faylida saqlanadi.
Image.exe faylini ishga tushirish quyidagicha bajariladi:
Image [disk yurituvchi nomi].
Agar disk yurituvchi ko’rsatilmasa, faol (joriy) disk yurituvchi tushuniladi. Image.bak faylini hosil qilishni bekor qilish uchun Image / Noback buyrug’i beriladi.
Image dasto’rining bajarilish vaqti juda qisqa, shuning uchun uni tez-tez bajarib turish tavsiya etiladi.
Yordamchi diskni tayyorlab qo’yish ham foydalanuvchi uchun muhimdir. Yordamchi disk nima va uning vazifasi qanday, degan savolga javob beraylik. Kompyuterning boshlang’ich yuklanish jarayonida DOS ning tizimlarini ochish va ularni ishlatish uchun (ya’ni boshqarishni buyruq fayllarga berish uchun) BIOS dasturlaridan foydalaniladi. Agar bu dasturdagi ma’lumotlar bo’zilgan bo’lsa, kompyuter ishga tushmaydi (yuklanish oxiriga etmaydi) yoki ba’zi bir mantiqiy disklar (diskdan yuklanish ro’y berganda) «ko’rinmaydi». Bunday holatda yo’qolgan yoki bo’zilgan ma’lumotlarni tiklash oson ish emas, xatto mutaxassislar uchun ham talaygina vaqt talab qiladi. Bu vaziyatda Rescue dasturi yordam beradi. Ushbu dastur ma’lumotlarni (yuklash dasto’rini) yordamchi diskka yozib qo’yadi va ularni shu diskdan qayta tiklab beradi.
Yordamchi diskni tayorlash uchun 2-3 daqiqa vaqt sarf etiladi va har safar DOS konfiguratsiyasi o’zgartirilganda yordamchi diskni yangilab turish tavsiya etiladi.
Kompyuterni ishlatish jarayonida diskda juda ko’p keraksiz va bak kengaytmali fayllar hosil bo’ladi. Xotirani kengaytirish, tozalash maqsadida qattiq disklarni keraksiz fayllardan tozalash uchun Wipeinfo dasturidan foydalanish mumkin.
Kompyutyerdan qancha ko’p foydalanilsa, qattiq disklar fayllarga to’lib qolish ehtimoli shuncha ortadi. Albatta, har qanday axborotni ishlatib bo’lingach, xotiradan o’chirish kerak bo’ladi. Lekin shunda ham ba’zi bir «keraksiz» fayllar soni ko’payib ketadi. Bunday hollarda (bazan, axborot hajmi anchagina katta bo’lganda), axborotlarni «siquvchi» maxsus arxivlash dasturlari qo’llaniladi. Arxivlash dasturlari maxsus uslublarni qo’llash hisobiga axborotlarni
«siqish» imkonini beradi, yani axborotning nisbatan kichik hajmdagi nusxasini yaratish hamda bir nechta faylni bitta faylga birlashtirish imkonini beradi. Bunday dasturlar bilan keyingi bobda tanishasiz.
Qattiq diskdagi manzillar joylashishi yagona tizim (ko’rinish)ga ega bo’ladi. Bu holat barcha ko’rinishdagi disklarga taalluqli. Diskni doimiy ishlatish jarayonida – fayllarni yozish, o’chirish, qayta yozishda juda ko’p bo’sh joylar hosil bo’ladi va ko’pgina fayllar bo’lak-bo’lak bo’lib ajralib qoladi.
Shunga o’xshash hollarda fayllar joylashishini optimallashtiruvchi dastur, masalan, Spee Disk yoki Scan Disk dasturlaridan foydalanish mumkin. Bu dasturlar barcha fayllarni disk (manzil) boshlanishiga ko’chiradi va fayllarning bo’laklarga ajralishini to’g’rilaydi. Bunday dasturlarning bajarilishi bir necha minutni tashkil etadi. Shu bois, vaqti-vaqti bilan kompyuterning barcha mantiqiy disklarini optimallashtirish maqsadga muvofik.
Kompyutyerdan foydalanuvchi uning resurs va imkoniyatlarini yaxshi bilishi kerak. Kompyuterning asosiy tashkil etuvchilari—markaziy prosessor, qattiq disk (vinchester), xotira va boshqalar uning ishlashi jarayonida katta yuklanma (nagruzka) oladi. Buni quyidagicha o’xshatish bilan tushuntirish mumkin. Har bir avtomobil xaydovchisi o’z mashinasida yurish uchun unga doimiy ravishda benzin quyib turishi, yuvishi, texnik xizmatlar ko’rsatishi va shu kabi ishlarni o’z vaqtida bajarib turishi lozim. Agar bu ishlar o’z vaqtida bajarilmasa, uning natijasi juda achinarli bo’ladi. Xuddi shuningdek, kompyutyerdan foydalanuvchilar ham uni faqat o’z masalalarini yyechishda yoki turli xil kompyuter o’yinlarni tashkil etishda foydalanmasdan, xotiradagi keraksiz fayllarni o’chirishi, turli o’zgarishlarni to’g’rilashi, fayllar tizimining butunligini saqlash kabi amallarni bajarib turishi kerak.
Kompyuter axborotlarni qayta ishlovchi qurilma sifatida xizmat qilar ekan, undan foydalanish inson uchun qulay va sodda bo’lishi kerak. Bunday imkoniyatni esa, har bir foydalanuvchi o’ziga moslab «yaratib oladi».
Bunday muhitga nimalar kiradi?
Birinchidan, kompyuter siz mo’ljallagan ishlarni bajara olishi uchun u yetarlicha xotiraga ega bo’lishi, yetarlicha tezlikda ishlay olishi, zarur qurilmalarni ishlata oladigan dastur ta’minotiga ega bo’lishi lozim. Bular kompyuterning texnik jihatdan talabga javob berishini taqozo qiladi. Foydalanuvchi ulardan o’ziga mosini tanlashi maqsadga muvofik.
Ikkinchidan, foydalanuvchi har kuni amalga oshiradigan ishlarini bajarish uchun interfeysni qulay holatga keltirib qo’yishi lozim. Masalan, birgina matn muharririga kuniga bir necha marta murojaat qilinishi mumkin. Bunday dasto’rni ishga tushirish uchun bir necha katalog ichiga kirish talab qilinmasligi, balki bosh katalogda (Windows muhitida «Rabochiy stol»da) joylashishi lozim. Bu dasturlardan foydalanish masalasi.
Uchinchidan, qurilmalardan foydalanishni qulay holatga keltirish lozim. Masalan, o’ng qo’l bilan ishlaydiganlar uchun sichqonchaning chap tugmachasi, chap qo’l bilan ishlaydiganlar uchun o’ng tugmachasi foydalanish uchun qulay bo’ladi. Ularni operatsion tizimdagi mos parametrlarni o’zgartirish bilan sozlab qo’yish kerak.
Hozirgi kunda dasturiy ta’minot bo’yicha Microsoft firmasining mahsulotlari keng tarkalgan. Bu firma o’zi yaratayotgan dasturiy ta’minotdan tajribali foydalanuvchilar bilan birga
boshlovchilarning ham qulay ishlash imkoniyatini yaratish borasida tinimsiz izlanishlar olib bormoqda.
|
| |