|
Axborot tex maruza doc
|
bet | 38/38 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #274204 |
Bog'liq III bob. Fayllarni arxivlash.NAZORAT SAVOLLARI
Soliq to'lovchining huquqlari qanday shakllanadi?
Soliqlar — soliq to'lovchilar — davlat budjeti tizimidagi huquqiy munosa-batlar nimalardan iborat?
Soliq to'lovchilar uchun Soliq kodeksida qanday huquqlar belgilangan?
Soliq to'lovchining soliqqa oid majburiyatlari nimalardan iborat?
2-§. Soliqqa tortish munosabatlarida soliq to'lovchilarning asosiy majburiyatlari
Soliq huquqiy munosabatlarida soliqqa tortish huquqiga ega bo'lgan birdan-bir subyekt davlat hisoblanadi. Davlatning yagona huquqiy vakolati asosida soliq to'lovlari belgilanadi. Bu moliyaviy munosabatlar tarkibida soliq to'lovchilarning davlat oldidagi majburiyatlari vujudga keladi. Bu majburiyatlarning soliq to'lovchilar lomonidan so'zsiz bajarilishining ta'minlanishi esa tegishli qonun normalari bilan kafolatlanadi.
Soliq to'lovchilarning majburiyatlari soliq tizimining muhim hirkibiy qismi hisoblanadi. Ma'lumki, davlat soliq tizimi soliqqa lortish munosabatlarining asosiy subyektlarini o'z ichiga oladi, v.uii joriy etilgan soliqlar va yig'imlar, soliqlarni hisoblash va lo'lash tartib-qoidalari, soliq to'lovchilarni soliq qonunchiligiga noya etishini nazorat qilish. Bundan tashqari bu tizim o'z Insnrrufidagi xo'jalik subyektlariga barcha soliqlar tushumini i.i minlovchi majburiyatlarni belgilash va soliqqa doir huquq-I M i/Mrliklar sodir bo'lishining oldini olish maqsadida jazo choralarini ko'rish tartiblarini amalga kiritadi. Shu mexanizmga muvofiq soliqlar iiuinosabatlarini quyidagicha ko'rsatish mumkin:
Davlat
Soliqlar
Soliq qonunchiligi Soliq organlari
Soliq to'lovchilarning majburiyatlari Davlat budjeti
Davlat soliq tizimining tarkibiy qismlari
1 f
Chizmadan ko'rinib turibdiki, soliq to'lovchilarning majburiyatlari soliqqa tortish munosabatlarida markaziy o'rinni egallaydi. Chunki soliq munosabatlarining moddiy natijasi, davlat budjeti manfaatlari bilan bevosita bog'liq. Soliq to'lovchilar majburiyatlari Soliq kodeksida quyidagicha belgilangan:
belgilangan tartibda va muddatlarda soliq organlarida ro'yxatdan o'tish, yuridik manzili o'zgargan taqdirda esa, bu haqda soliq organiga belgilangan muddat ichida xabar berish;
soliqlar va yig'imlarning tegishli summasini o'z vaqtida va to'liq hajmda to'lash;
buxgalteriya hisobini va hisob huijatlarini qonun hujjatlariga muvofiq yuritish;
moliyaviy hisobotni, soliqlar tun bo'yicha hisob-kitoblarni yoki daromadlar to'g'risidagi deklaratsiyalarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda soliq organlariga taqdim etish;
soliqlar va yig'imlarni hisoblab chiqarish, to'lash bilan bog'liq
hujjatlar va ma'lumotlarni, shuningdek soliqlar va yig'imlar yuza-sidan imtiyozlar huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni soliq organlariga taqdim etish;
soliqlar va yig'imlarni hisoblab chiqarish, to'lash masalalarini tekshirish uchun soliq organlari mansabdor shaxslariga daromad olish yoki soliq solish obyektlarining saqlanishi bilan bog'liq binolar va joylarga kirishiga ruxsat berish;
soliq organlarining soliq to'g'risidagi qonun hujjatlarini buzish hollarini bartaraf etish to'g'risidagi talablarini bajarish.
Jismoniy shaxslarning soliq munosabatlaridagi majburiyatlari ularningjinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e'tiqo-di, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyidan qat'iy nazar, teng
huquqda bajarilishi lozim. Davlat soliq xizmati organlari soliq to'lovchi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq qonunchiligida belgilangan majburiyatlarning bajarilishini nazorat qiladilar.
Soliq to'lovchilar soliqqa tortish munosabatlari majburiyatlarini bajarish uchun quyidagi ishlarni bajarishi kerak:
xo'jalik subyekti tomonidan soliqqa tortiladigan obyektlarni aniqlash;
davlat budjetiga o'tkaziladigan soliq summasini mustaqil hisoblab chiqarish;
soliqlarni to'lash.
Soliq to'lovchi tomonidan ado etiladigan har bir amal ular toifasiga qarab belgilanadi. Masalan, yuridik maqomdagi soliq to'lovchilar to'lovlarni o'zlarining moliyaviy-xo'jalik faoliyatlari natijalaridan kelib chiqib hisoblaydilar va budjetga to'laydilar. Yakka tartibda mehnat faoliyati bilan shug'ullanuvchilar odatda soliq idoralariga yillik daromadlari haqida deklaratsiya taqdim etish yo'li bilan soliq to'laydilar. Mahalliy soliq to'lovchilar esa, uchastka soliq inspektorlari tomonidan xo'jaliklar bo'yicha soliqqa tortiladigan yer maydonlari, imoratlar, binolar va inshootlarning soliq solinadigan obyekt sifatida miqdoriy soliqqa tortish ko'rsatkichlari aniqlanib, soliq summalari hisoblab chiqariladi va soliq to'lovchilarga to'lov xabarnomasi taqdim etish yo'li bilan soliqqa tortiladi.
Soliq to'Iovchining belgilangan tartibda va muddatlarda soliq
|
| |