|
Axborot tex maruza doc
|
bet | 37/38 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #274204 |
Bog'liq III bob. Fayllarni arxivlash.l-§. Soliq to'lovchi kategoriyasining nazariy tushunchasi
Soliq to'lovchi o'zining jamiyatda tutgan o'rniga qarab, jamiyatning iqtisodiy munosabatlari tizimida iqtisodiy kategoriya, soliqqa tortish munosabatlari tizimida moliyaviy kategoriya va huquqiy inunosabatlarda esa ijtimoiy kategoriya sifatida namoyon bo'ladi. Soliq to'lovchi o'z daromadining bir qismini qonun oldidagi majburiyati sifatida davlat budjetiga o'tkazadi. Lekin soliq to'lash uning yagona majburiyati emas. Soliqqa tortish munosabatlarining tartib-i|oidalariga binoan uning soliqqa tortiladigan obyektlarning hisob-kitobini belgilangan tartibda yuritish, moliyaviy faoliyat haqida legishli soliq idoralariga hisobotlar berib turish kabi qator mnjburiyatlari mavjud. Demak, soliq to'lovchining huquqiy mav-i|i-yi soliq to'lash majburiyatlari bilangina cheklanib qolmaydi, li;ilki soliq munosabatlariga oid bir qancha bir-biri bilan uzviy bog'liq majburiyatlar va subyektiv huquqlar majmuyi ta'sirida ham liakllanadi. Ammo soliq to'lovchi davlat soliq organlari amalga I ii iigan tartib-qoidalarni ko'r-ko'rona bajaradigan bo'lsa, u holda "lu| munosabatlari rivojlanmay qotib qolgan bir mexanizmning i"> j'.Mniga aylanib qolar edi. Soliq to'lovchi o'z faoliyati nuqtayi n.i/aridan mustaqil xo'jalik va erkin fikr yurituvchi, o'z haq-I ii u |i iqlariga jiddiy munosabatda bo'la oladigan, shu bilan birga tegishli
nmlar bilan muhofaza qilingan huquq subyektidir. Soliq i" litvchilar soliq organlarining soliqqa tortishga oid har qanday i 'imiiiy talablariga o'z huquqlaridan to'liq foydalangan holda inn iK >sabatda bo'lishi lozim.
Soliq to'lovchilar uchun berilgan huquqlar soliqqa tortish
Mikuchga ega bo'lgan qonun normalaridir. Soliqqa old qonun normalari hamma soliq to'lovchilar uchun, ularning qaysi toifaga mansub bo'lishidan qat'iy nazar teng bo'lsa, bunday qonunlar ma'naviy, tarbiyaviy va amaliy kuchga ega bo'ladi.
Soliq to'lovchilarning nafaqat majburiyatlari, balki ana shu majburiyatlarning talab darajasida bajarilishini ta'minlovchi ma'naviy erk beruvchi muayyan huquqlari ham mavjud. Davlat soliq xizmati organlari soliq to'lovchilarga o'z huquqlaridan oqilona foydalanishlarida o'z huquqlari va manfaatlarini muhofaza qilishga keng imkoniyatlar yaratadi. Soliq to'lovchilar uchun soliqqa tortish munosabatlari bo'yicha belgilangan quyidagi huquqiy normalar
belgilangan, ya'ni:
davlat budjetiga to'lanadigan to'lovlarni qonun ustuvorligida bajarilishini ta'minlash maqsadida ro'yxatdan o'tgan davlat soliq inspeksiyasidan ma'lumot, axborot va amaliy yordam olish;
qonun bilan belgilab qo'yilgan soliq imtiyozlaridan foydalanish;
soliqqa tortiladigan obyektlarni noto'g'ri hisoblash natijasida yoki boshqa sabablarga ko'ra ortiqcha to'langan soliqlarni qaytarib
olish;
soliq inspektorlari tomonidan o'tkazilgan tekshiruvlarning natijalari bo'yicha asosli e'tiroz bildirish;
- soliqqa tortish munosabatlarida soliq to'lovchilarning qonuniy huquqlarini inobatga olinishini talab qilish.
Soliqlar va soliqqa tortish qommchiligi bajarilishini ta'minlashda soliq to'lovchilarning huquqiy mavqeyi quyidagicha ta'riflanadi:
Soliq to'lovchining huquqi — bu uning soliq munosabatlarida ishtirok etish imkoniyatlarining qonuniy normalaridir.
Soliq to'lovchiga tegishli huquqiy qoidaning yana bir o'ziga xos tomonini ta'kidlab o'tish joiz. Soliq to'lovchi o'zining huquqiy imkoniyatlaridan to'liq foydalanishi yoki foydalanmasligi bu uning huquqiy xohishi. Qonunda belgilangan huquq normalaridan soliq to'lovchi xohlagan vaqtida foydalana olishi mumkin.
Soliq to'lovchilarning O'zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida belgilangan huquqlarini ikki toifaga bo'lish mumkin. Birinchisi — bu shartsiz huquqlar. Soliq to'lovchi soliqqa tortish masalalari
bo'yicha soliq organlaridan amaliy yordam olish, soliq organlari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari yoki tekshiruv natija-lariga binoan asossiz huquqbuzarlikda ayblanishi haqidagi soliq idorasining qarori yuzasidan soliq organlariga, ularning yuqori tashkilotlariga yoki sudga murojaat qilish huquqlaridan har qanday shartlarsiz foydalanishi mumkin.
Ikkinchisi — shartli huquqlar. Masalan, soliq imtiyozlaridan foydalanishda imtiyoz tartiblariga ko'ra tegishli hujjatlar ilova qilinganda ortiqcha to'langan soliqlarni qaytarib olish uchun soliq to'lovchi tomonidan soliq idorasi boshlig'i nomiga rasmiy ariza taqdim etilgandagina bu huquqlardan foydalana olish imkoni vujudga keladi.
Soliq to'lovchining soliq munosabatlariga oid qonun normalarida belgilangan huquqlari
bu soliq to'lovchining obyektiv huquqlari sanaladi. Obyektiv huquqlar bilan bir qatorda soliqqa tortish munosabatlarida uning subyektiv huquqlari ham mavjud. Soliq to'lovchilarning subyektiv huquqlari soliq munosabatlarining boshqa ishtirokchisi, ya'ni davlat soliq xizmati organlari uchun O'zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati
to'g'risida»gi Qonunida belgilangan huquqiy majburiyatlarining hosilasi shaklida vujudga keladi. Masalan, soliq to'lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish soliq organlarining vakolatiga kiruvchi majburiyat bo'lsa, nazorat natijalariga e'tiroz bildirish huquqi soliq to'lovchining subyektiv huquqidir. Soliq lo'lovchining bu huquqi, muayyan holatda, faqat soliq munosa-Imtlarining ikkinchi ishtirokchisi majburiyatlarining bajarilishi oqibatida yuzaga keladi, shuning uchun bu huquq subyektiv hisoblanadi.
Soliq to'lovchilardan farqli o'laroq, soliq organlari soliq • |< munchiligida belgilangan huquqlardan o'z xohishlaricha foydalana nlinaydilar. Davlat soliq tizimi organlari uchun belgilangan niajburiyatlar ularning huquqlari bilan uyg'unlashgan holda bitta muumlashgan ibora bilan «vakolatlar» deb ataladi. Soliq organlari nhyektiv huquqlarining bunday maxsus shakllangan mavqeyi Itn organning davlat manfaatlarini muhofaza qilish majburiyat-
laridan kelib chiqqan. Soliq xizmati organlari soliq to'lovchilar bilan munosabatida davlat vakili sifatida faoliyat ko'rsatadi va davlat xarajatlarini qoplash bilan bog'liq, davlatning qonunda qayd etilgan subyektiv huquqlari asosida berilgan subyektiv vakolatlari bajari-lishini ta'minlovchi soliq subyekti hisoblanadi. Shuning uchun soliq organlariga berilgan subyektiv huquqlar aslida davlatning soliq xizmati organlariga qo'yilgan majburiyat deb tushuniladi. Soliq to'lovchining majburiyati soliq qonunchiligida belgilangan.
Soliq to'lovchining soliqqa tortish munosabatlariga muvoflq bajarilishi shart bo 'Igan va aniq maqsadga qaratilgan ongli faoliyati soliq to'lovchining majburiyati deyiladi.
Soliq to'lovchilarning soliq qonunchiligida belgilangan majbu-riyatlari rasmiy belgilangan muddatda yoki soliq organlari xodim-larining vakolat doirasida talablari vujudga kelganda va boshqa muayyan favqulodda holatlarda sodir bo'ladi. Soliq to'lovchining huquqiy maqomdagi majburiyatlari mavjudligi nazorat qilish vakolati berilgan tomon subyektiv huquqlarining ro'yobga chiqishiga va ularning manfaatlarini qondirish maqsadlariga xizmat qiladi. Bir tomondan, soliq to'lovchilar va ikkinchi tomondan, ularning manfaatlarini himoya qilish vakolati berilgan soliq organlari o'rtasidagi soliq munosabatlarida soliq to'lovchilarning majbu-riyatlarini belgilovchi muhit shakllanadi.
Davlat budjetini moliyaviy ta'minlashda soliq to'lovchilar majburiyatlarining o'z vaqtida bajarilishi muhim ahamiyatga ega. Agar majburiyatlar soliq qonunchiligi normalarida belgilangan tartibda bajarilsa, davlat ahamiyatiga molik dasturlarning ham ijrosi ta'minlanadi.
Soliq to'lovchilarning soliqqa tortish munosabatlarini tartibga solish qonunlarda belgilangan majburiyatlarining bajarilishida asosiy omil hisoblanadi. Demak, soliq to'lovchilarning majburiyatlari qanchalik to'liq bajarilsa, soliqqa tortish munosabatlari shunchalik samarali bo'ladi.
Soliq to'lovchilar tomonidan ular zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilmasligi soliq organlari tomonidan majburiy choralar ko'rilishiga olib keladi. Soliq xizmati organlari davlat vakili sifatida qonundagi normalarda ko'zda tutilgan choralarni qo'llash
|
| |