• Savol va topshiriqlar
  • Uyga vazifa
  • Bosh kalit haqida tushuncha




    Download 0,64 Mb.
    bet33/38
    Sana09.10.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #274204
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38
    Bog'liq
    III bob. Fayllarni arxivlash.

    Bosh kalit haqida tushuncha. Juda ko’p axborotlarda (tashkilotlar, mahsulot turlarini ishlab chiqarish, turli mutahassisliklar va h.k.) davlat klassifikatorlari ishlatiladi va boshqa holatlarda kodlarni ishlatish yaratuvchining hohishiga ko’ra amalga oshiriladi.

    Jadvalda har bir yozuv o’zining bosh kalitiga ega bo’lishi va uning qiymati yagona bo’lishi kerak. Masalan, telefon ma’lumotnomasida telefon nomeri bosh kalit bo’lib xizmat qiladi. Bosh kalitni, ko’pincha birlamchi kalit deb ham atashadi.

    1. Bosh kalitga qo’yiladigan talablar. Bosh kalit ikkita xossaga ega bo’lishi kerak:

      1. Ustundagi yozuvning yagonaligi. Kalitdagi qiymat o’zgarmasliga lozim.

      2. Ko’p ma’nolikka yo’l qo’ymaslik. Ustundagi birorta belgini o’zgartirish mumkin emas, aks holda bosh kalit o’zgaradi.

    «Talabnoma» jadvalidagi talab nomeri bosh kalit bo’lib xizmat qiladi. Jadvalda talab nomerini ko’rsatadigan ikki va undan ortiq bir xil yozuv bo’lishi mumkin emas, aks holda jadval ma’noga ega bo’lmaydi.
    «Xodimlar jadvali» ning bosh kaliti bo’lib F.I.SH. (familiyasi, ismi, sharifi) ustuni xizmat qila oladimi? Yo’q, albatta. Chunki bir tashkilotda bir xil familiyali bir nechta kishi ishlashi mumkin. Shu bois, bosh kalit sifatida ularning tabel nomerlarini olish o’rinli bo’ladi. Zero, bosh kalit birinchi talabga ko’ra ma’lumotni topish xarakteriga ega bo’lishi lozim. Aksariyat hollarda, universal jadvallar bir-biridan bosh kalitlariga ko’ra farq qiladi.


    Savol va topshiriqlar:

    1. A xborotni kodladan maqsad nima?

    2. Axborotlarni kodlash nima? Misol keltiring.

    3. Bosh kaliti deganda nimani tushunasiz?

    4. Bosh kalitga qanday talablar qo’yiladi?

    5. Birlamchi kalit deb nimaga aytiladi?

    Uyga vazifa:

    1. M. Aripov. Informatika va hisoblash texnikasi asoslari .Toshkent .2000 y

    2. A.A. Abduqodirov, A.E. Hayitov, R.R. Shodiev.va .Axborot texnologiyalari: Akademiklitsey va kasb-hunar kollejlari uchun darslik – T.: O’qituvchi, 2002,

    3. S.I. Raxmonqulova. “IBM PC shaxsiy kompyutyerda ishlash” “SHark” NMK bosmaxonasi, 700083, Toshkent sh, Buyuk Turon, 41, 1996




    Download 0,64 Mb.
    1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   38




    Download 0,64 Mb.