|
Axborot tex maruza doc
|
bet | 30/38 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #274204 |
Bog'liq III bob. Fayllarni arxivlash.Axborotlarni ko’rib chiqish va indeksli fayllar.
Ma’lumot omboridan kerakli satrni tez topish uchun jadvaldagi ma’lumotlar berilgan kalit bo’yicha tartibga keltiriladi.(Alifbo bo’yicha, qiymatlarning kamayishi yoki ortishi bo’yicha)
Telefon ma’lumotnomasidan iborat quyidagi jadval, bosh kalit (telefon nomeri) qiymatini o’sishi bo’yicha tartiblangan:
Nomer
|
Abonent nomeri
|
Manzili
|
Kategoriya
|
65-76-11
|
Murodov Tolib
|
A.Qodiriy, 13
|
UK
|
101-13-02
|
Aliev Alisher
|
Mustaqillik
12165
|
SHT
|
.. .. .. .. .. ..
|
|
|
|
131-60-55
|
.. .. .. .. .. ..
|
.. .. .. .. .. ..
|
.. .. .. .. .. ..
|
120-50-54
|
.. .. .. .. .. ..
|
.. .. .. .. .. ..
|
.. .. .. .. .. ..
|
130-70-56
|
SHokirova
Zuhra
|
/./ulom 1326
|
UK
|
Jadvaldan kerakli telefon nomerini topish uchun saralash bosh kalit bo’yicha olib boriladi. Agar bosh kalit alifbo bo’yicha tartiblangan bo’lsa,kerakli abonentni tez topish mumkin, aks holda izlash vaqti anchaga cho’zilib ketishi mumkin.
Ma’lumotlar omboridagi ro’yxatni turli kalitlar asosida tartiblash mumkin.Hatto,tartiblash kalitlarini bir necha ma’lumotlardan tuzish ham mumkin.Masalan,litseyda o’qiydigan talabalarni oldin guruhlar (GURUH) bo’yicha tartiblash mumkin.
U holda tartiblash kaliti GURUHFAMILIYa dan tashkil topadi va GURUH bosh satr hisoblanadi.
Ma’lumotlarni kompyutyerda saralash anchagina vaqtni talab qiladigan jarayon hisoblanadi.Shuning uchun axborot tizimini yaratuvchi saralashning optimal variantini izlab topish kerak.
Bu muammo quyidagicha hal qilinadi.Boshlangich jadvalni o’zgartirmasdan,har bir saralash kaliti uchun indeksli fayl belgilanadi.Indeksli faylga kalitning qiymati(masalan,guruh va familiya) yoziladi (ular tartiblangan bo’ladi). Har bir qiymat dastlabki jadvalda o’z tartib nomeriga ega.Tizimda izlashni indeksli faylning kerakli kalitini topgach, dastlabki jadvalga murojaat qiladi va izlangan satrni o’z nomeri bo’yicha ekranga chiqaradi. Har qanday dbf fayli uchun ixtiyoriy sondagi indeksli fayllarni yaratish mumkin. Bunday holda faylning o’ziga indekslangan fayl deyiladi. Har bir indeksli fayl muayyan indeksli kalit (ya’ni bosh kalit) ga ega bo’ladi. Indekslash tizimi ma’lumotlar omborida ma’lumotlarni ko’rib chiqish va izlashning bir necha barobar tezlashishiga imkon beradi.
|
| |