Axborot tex maruza doc




Download 0,64 Mb.
bet29/38
Sana09.10.2024
Hajmi0,64 Mb.
#274204
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38
Bog'liq
III bob. Fayllarni arxivlash.

Axborotni avtomatik izlash.

Kompyutyerda arifmetik va mantiqiy amallarni bajarish katta mahorat talab qilmaydi. Masalan, agar kompyuterga biror tashkilot xodimlarini oylik maoshlarining ko’rsatgichlari kiritilsa, xodimlarining maoshlarini hisoblash va harajat turlarini belgilashni bir zumda amalga oshirish mumkin. Lekin mexaniq hisoblashlar axborot tizimlarining asosiy vazifasi emas. Boshqacha aytganda, axborot tizimlari oddiy hisoblash ishlari uchun emas, ma’lumotlarni avtomatik izlash va tanlash (saralash) masalalarini hal qilishga mo’ljallangan.
Axborotni izlash nima ? Bu savolga javob berish uchun bir misolni ko’rib chiqamiz. Aytaylik, kutubxonadan A. Qodiriyning «O’tkan kunlar» romanini izlayapsiz. Bu kitobni izlashni kutubxonadagi alifboli katalogdan boshlaysiz va unda faqat muallif nomiga e’tibor berasiz. Kartochkalar ichida bir necha «A. Qodiriy» larni topasiz, ulardan kitob nomini izlaysiz. Shu tartibda izlanilayotgan kitobning bor yoki yo’qligini aniqlaysiz.
Umuman, kutubxonadan kerakli adabiyotni izlashda alifboli katalog, tizimli katalog, mualliflar ism va shariflari bo’yicha katalogdan foydalaniladi.
Hozirgi davrda axborotlarni izlash va saralash samallari shunchalik rang- barangki, ularni sanab chiqish u yoqda tursin, turlarga ajratish ham mushkul. Axborot tizimlari o’zi xizmat qiladigan soha doirasidagi belgilangan har qanday savolga javobni avtomatik izlashga va topishga mo’ljallanadi. Odatda, izlash sharti faqat foydalanuvchining xohishiga bog’liq bo’ladi. Beriladigan savollar kompyuterga kiritilgan ma’lumotlar bilan uzviy bog’langan bo’ladi, aks holda beriladigan savollar javobsiz qolishi tabiiy.
Axborotni izlash jarayonini axborot tizimlarida andozalar orqali amalga oshiriladi. Andoza ko’rinishi turli dastur uchun turlicha bo’lishi mumkin. Quyida ma’lumotlarni izlashning asosiy boshqarish menyusi keltirilgan.
Andoza asosida ishlash tartibini asosiy boshqarish menyusi orqali quyidagicha belgilash mumkin:


Kalitlar Andoza
KiritishCHiqarish

Birinchi qator tanlanganda, asosiy kalit (so’zlar) ekranda hosil bo’ladi va foydalanuvchi ulardan keraklisini PgUp, PgDn, , ,,  va h.k. tugmachalaridan foydalanib tanlaydi. Kerakli kalit tanlangach unga mos andoza ekranga chiqadi. (ya’ni ish tartibi urnatiladi), so’ngra (lozim bo’lsa) andozadagi axborotlarni o’zgartirib yoki o’zgartirmagan holda undan foydalaniladi.



Download 0,64 Mb.
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   38




Download 0,64 Mb.