|
Axborot tex maruza doc
|
bet | 26/38 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #274204 |
Bog'liq III bob. Fayllarni arxivlash.Prekompilyator DML(Data Manipulation Language) ma’lumotlar bilan manipulyasiya qiladigan til bo’lib, u quyidagi operasiyalarga javob beradi:
MBdan ma’lumotlarni ajratib olish,
MBga ma’lumotlarni kiritish,
MBdan ma’lumotlarni olib tashlash,
MBni modifikatsiya (o’zgartirishlar) qilish.
Kompilyator DDL(Data Definition Language)-MB tilini, uning tuzilmasini va tashqi xotiralardagi axborot to’rini aniqlaydi. MB ning to’zilmasi ko’pincha jadval shaklida bo’ladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, hozirgi vaqtda deyarli barcha MBBTlar asosan relyasion modellar asosida tashkil qilinmoqda. Shuni nazarda tutgan Microsoft Office korporatsiyasi ham eng ommalashgan programma vositalarga ega, bu programma vositalari ixtiyoriy sohada yuqori darajadagi professional hujjatlar tayyorlash imkonini beradi. Shulardan biri MB lar bilan ishlashga mo’ljallangan Microsoft Access programmasi bo’lib, bu programma Visual Basic for Application programmalash muhitida makroslar yaratish va boshqa bir qancha imkoniyatlarga egaki, bu foydalanuvchiga har tomonlama mukammal bo’lgan hujjatlar tayyorlashga yordam beradi.
Microsoft Office ning o’zbek tilidagi varianti yo’qligi, uning faqat ingliz va rus tilida yaratilgan versiyalaridangina foydalanish imkoniyatiga ega ekanligimizdan mazkur fikrlar Microsoft Access ning ruscha versiyasiga tayanib yozilgan. Microsoft Access programmasi ham relyasion modellar asosiga qurilgan bo’lib, unda tashkil qilinadigan MB lar jadval ko’rinishida aks etadi. Bunday jadvaldagi ustunlar maydon deb, satrlar esa yozuv deb ataladi.
Maydon – ma’lumotlarni tashkil etishning oddiy birligi bo’lib, ma’lumotning alohida, bo’linmas birligiga egaligi rekvizitga mos keladi.
Yozuv–mantiqiy bog’langan rekvizitlarga mos keluvchi maydonlar yig’indisidir.
Yozuvning tuzilishi o’z tarkibiga mos har bir oddiy ma’lumotga ega maydonlar tarkibi va ketma- ketligi bilan belgilanadi.
Demak, maydon MB ning asosiy tuzilmali elementi bo’lib quyidagi parametrlar bilan ifodalanadi:
|
| |