Axborot tex maruza doc




Download 0,64 Mb.
bet23/38
Sana09.10.2024
Hajmi0,64 Mb.
#274204
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38
Bog'liq
III bob. Fayllarni arxivlash.

Abdullaev

Maxmud

11

80

100




Dadaboev

Raim

16

60

80




Axmedov

Adham

17

80

80




Sobirov

Ilxom

18

100

100




Jabborov

Islom

18

80

80




………………

……………

………….

…………

……………




Xalimov

Rustam

17

60

80




Qo’chqorov

Azamat

11

100

100

Bu misolda 25ta yozuv bo’lib, ularning har biri 6 ta maydondan iborat. Mazkur maydonlarning har biri mos ravishda «Familiyasi», Ismi», guruh raqami», «Informatika»,
«Matematika» fanlari nomi» deb nomlangan. Demak, yozuvdagi maydonlar soni yozuvga kiritiladigan ma’lumotlar hajmiga bog’liq. Fayldagi bu yozuvlar birlamchi hisoblanadi. Chunki biror yozuvdagi ixtiyoriy ma’lumotni boshqa yozuvdagi ma’lumotlar bilan taqqoslab aniqlash mumkin emas. Shuning uchun ham bizga kerakli bo’ladigan ikkilamchi yozuvlarni esa faqat amaliy programmalar yordamida olish mumkin bo’ladi. Modomiki shunday ekan, MB tashkil qilish, ularga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va mavjud MB dan foydalanish uchun maxsus MB lar bilan ishlaydigan programmalar zarur bo’ladi. MB da turli ma’lumotlar saqlanishi mumkin. MB ni yaratish va uni ishlatish uchun shaxsiy kompyuterlardan foydalanish shart emas.MB ni axborotlarni kompyuterlashgan shakldagi alohida yig’indi sifatida deb tushunish mumkin.
Ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun maxsus dasturlar yaratiladi va bunday dasturlar ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi deb ataladi. Ma’lumotlar bazasida axborotlar asosan matn va raqam ko’rinishda saqlanadi.

  1. Ma’lumotlar bazasining turlari.

Berilgan axborotning mazmuni va undagi ma’lumotlarga ko’ra ular turli ko’rinishlarda ifodalanishi mumkin. Ya’ni ma’lumotning turi; belgili, sonli, mantiqiy ma’lumotlar.
Ma’lumotlarni uch xil ko’rinishda ifodalash mumkin. Ya’ni iyerarxik(shajaraviy),tarmoqli va relyasion(jadvalli). Iyerarxik tizimda elementlarni joylashtirishda dasturlashgan tartib mavjud. Bunda har bir guruhda biror element asosiy. qolganlari esa unga nisbatan ikkinchi darajali xususiyat ega bo’ladi. Ma’lumotlarni iyerarxik (daraxtsimon) bo’lib joylashishiga ma’lumotlarning iyerarxik modeli deyiladi. Bir pog’onali ma’lumotningt boshqa pog’onadagi
ma’lumot bilan ikki yoki undan ortiq marta bog’lanadigan turiga ma’lumotlarning tarmoqli modeli deyiladi. Ko’p tarqalgan ma’lumotlarni joylashtirish tizimlariga relyasion tizimi mavjud. Ya’ni ma’lumotlar jadvallar ko’rinishda joylashib , maydon va yozuvlardan iborat bo’ladi.
Ma’lumotlarning jadval ko’rinishida saqlanishiga ma’lumotlarning relyasion modeli deyiladi. Misol tariqasida Farg’ona viloyatidagi barcha kollejdagi xodimlar haqidagi ma’lumotlar bazasini tuzilish talab etilsin. Bunda quyidagi maydonlarni kiritaylik. Ya’ni: tartib raqami., familiyasi, ismi, tug’ilgan yili, lavozimi, ish staji, va kollej nomi. Kollej nomi maydonidagi yozuvlar har doim takrorlanmasligi uchun shartli ravishda ikkilik kodi, ya’ni ( NA, ED,FT,... ) qilib kodlansa ish ancha osonlashganiga guvoh bo’lamiz.



Familiyasi

Ismi

Tug’ilga
n yili

Lavozimi

Ish
staji

Kollej
nomi kod

1

Axmedov

Ikrom

1954

Direktor

20

NA

2

Sobirov

Akram

1949

O’IB muovin

15

NA

3

Jumanazarov

Siroj

1968

Kafedra mudiri

10

ED

4

Sattorov

Jamol

1956

O’kituvchi

12

FT

Juda ko’p axborotlarda davlat klassifikatori ishlatiladi va boshqa holatlarda kodlarni ishlatish yaratuvchining hohishiga ko’ra amalga oshiriladi.
Jadvalda har bir yozuv o’zining bosh kalitiga ega bo’lishi va uni qiymati yagona bo’lishi kerak. Bosh kalit 2 –hossaga ega bo’lishi kerak.

  1. Ustundagi yozuvning yagonaligi. Kalitdagi qiymat o’zgarmasligi lozim.

  2. Ko’p ma’nolikka yo’l qo’ymaslik.

Kompyutyerdagi ma’lumotlar bazasidan foydalanish uchun maxsus dasturiy vositalar tayyorlanadi.Ya’ni dasturiy vositalarning majmui – ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimi hosil qiladi.
Bunday programmalar majmui ma’lumotlar bazasinii boshqarish tizimi (MBBT) deb yuritiladi. Aniqroq qilib aytganda, MBBT–bu ko’plab foydalanuvchilar tomonidan MB ni yaratish, unga qo’shimcha ma’lumotlarni kiritish va MB ni birgalikda ishlatish uchun zarur bo’lgan programmalar majmuidir.

Download 0,64 Mb.
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   38




Download 0,64 Mb.