• V bob. Ma’lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari. Mavzu:Ma’lumotlar ombori. Ob’yekt va kattalik
  • ADABIYOTLAR A.A.Abduqodirov,A.A




    Download 0,64 Mb.
    bet21/38
    Sana09.10.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #274204
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38
    Bog'liq
    III bob. Fayllarni arxivlash.

    ADABIYOTLAR

    1. A.A.Abduqodirov,A.A. Xaitov,SHodiev R.R

    «Axborot texnologiyalari» akademik litsey va kasb hunar kollejlari uchun.»O’qituvchi « nashriyoti,T.,2002y

    1. M.Aripov,A.Xaydarov

    «Informatika asoslari» akademik litsey va kasv-hunar kollejlari uchun qo’llanma Toshkent»O’qituvchi» 2002
    Viruslar haqida tushuncha mavzusini o’tishning texnologik xaritasi
    2soatlik nazariy mashg’ulot uchun



    Bosqich- lar

    Ta’lim beruvchining faoliyati

    Ta’lim oluvchi- ning faoliyati

    Usul

    Vosita

    Vaqt

    Tayyor- lov

    O’quv mashg’ulotini maqsadi va natijalarini aniqlaydi, baholash mezonini aniqlaydi.
    Zaruriy o’quv materiallari, ma’ruza matnlari va mavzuga oid slaydlar tayyorlaydi.













    Kirish

    O’tilgan mavzu yo’zasidan frontal savollar beradi va berilgan javoblarni baholaydi.

    Berilgan sa- vollarga ixtiyoriy o’quvchi javob
    beradi

    Aqliy hujum

    Doska, bo’r

    5d

    Asosiy qism

    Mavzuga kirish darsning maqsadi va natijalarini bayon etadi.

    Tinglay-dilar

    Ma’ruza

    Slayd Kodoskop

    5d

    O’quvchilarning bergan javoblarini umumlashtiradi Texnika vositalari va tayyorlangan slaydlar
    yordamida yangi mavzuni bayon etadi.

    Kerakli ma’lumot-larni o’zlariga qayd etadilar

    Ma’ruza

    Slayd kompyuter

    30d

    O’quvchilarning har biriga yangi mavzuga doir savollar yuzasidan tuzilgan tarqatma materiallar beradi

    Berilgan kartochkalarga har bir o’quvchi javob beradi

    Amaliy

    Kompyuter

    20d

    Kartochka natijalarini aniqlaydi va o’quvchilarni baholaydi

    Tinglaydilar

    Munozara

    Kartochkala r

    15d

    Yakuniy

    Darsni yakunlaydi va uyga
    vazifa beradi.

    Tinglaydilar

    Ma’ruza

    Doska

    5 d

    V bob. Ma’lumotlar ombori va uni boshqarish tizimlari.
    Mavzu:Ma’lumotlar ombori. Ob’yekt va kattalik Reja

    1. Ma’lumotlar bazasi haqida tushuncha.

    2. Ma’lumotlarni saqlash,izlash,joylashtirish va qayta ishlash usullari.

    3. Ma’lumotlar bazasining turlari.

    4. Ma’lumotlar ustida amallar.



    Tayanch iboralar:
    Ma’lumotlar bazasi-(MB), ma’lumot, yozuv, maydon, iyerarxik-(daraxtsimon), tarmoq(to’rli), relyasion, hisobot, Открыть(ochish), Конструктор(tuzish), Создать(yaratish), Поле (maydon), forma, diagramma, saqlash,izlash,joylashtirish va qayta ishlash .
    Hozirgi zamon axborotlash jamiyatining rivojlanishi ma’lumotlarni ortib borishi borgan sayin , ularni tartiblash , ulardan foydalanish, mukammalligini ta’minlash maqsadida , axborot texnologiyasi yangi bir tarmog’ini yaratilishiga zarurat tug’dirdi . Ya’ni ma’lumotlarni jamlash ularni qayta ishlash, izlash amallari ulardan foydalanish ishlari ma’lumotlar bazasi (MB) tushunchasini olib keldi.
    Ya’ni keng ma’noda ma’lumotlar bazasi deganda real dunyoning konkret ob’yektlari haqidagi ma’lumotlar to’plamini tushunish mumkin.
    Ma’lumotlar bazasi – bu o’zaro bog’langan va tartiblangan ma’lumotlar majmuasi bo’lib . u qurilayotgan ob’yektlarning xususiyatini , holatini va ob’yektlar o’rtasidagi munosobatni ma’lum sohada tavsiflaydi. Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma’lumotlarning tez o’zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma’lumotlarni o’z vaqtida qayta ishlash choralarini qidirib topishga undaydi. Ma’lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun ma’lumotlar bazasi (MB) ni yaratish, so’ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo’lib qolmoqda.
    Darhaqiqat, hozirgi kunda inson hayotida MB da kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanish juda muhim rol o’ynaydi. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o’zimizga kerakli ma’lumotlarni olish uchun, albatta, MB ga murojaat qilishga majbur bo’lamiz. Demak, MB ni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasi.
    Ma’lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma’lumotlardan turli ko’rinishda foydalanish juda qiyin edi. Programma tuzuvchilar ma’lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o’rinli bo’lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma’lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan programmalardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
    Shuni qayd qilish lozimki, MB ni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:

    Download 0,64 Mb.
    1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   38




    Download 0,64 Mb.