• Maydon
  • Axborot tex maruza doc




    Download 0,64 Mb.
    bet22/38
    Sana09.10.2024
    Hajmi0,64 Mb.
    #274204
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38
    Bog'liq
    III bob. Fayllarni arxivlash.

    Birinchidan, ma’lumotlar tipi, ko’rinishi, ularni qo’llaydigan programmalarga bog’liq bo’lmasligi lozim, ya’ni MB ga yangi ma’lumotlarni kiritganda yoki ma’lumotlar tipini o’zgartirganda, programmalarni o’zgartirish talab etilmasligi lozim.
    Ikkinchidan, MB dagi kerakli ma’lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin.
    Shuning uchun ham MB ni tashkil etishda ma’lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so’zini ma’lumot so’zidan farqlaymiz, ya’ni axborot so’zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma’lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
    Bugungi kunda ma’lumotlarni eng ishonchli saqlaydigan vositalardan biri esa hozirgi zamon kompyuterlaridir. Kompyuterlarda saqlanadigan MB - bu maxsus formatga ega bo’lgan muayyan tuzilmali fayl demakdir. Kompyuter xotirasida har bir fayl, yozuv deb ataladigan bir xil tipdagi qismlardan iborat bo’ladi.
    Yozuv-o’zaro bog’langan ma’lumotlarning bir qismidir. Fayldagi yozuvlar soni, qaralayotgan ma’lumotning o’lchoviga bog’liq. Har bir yozuv esa maydon deb ataladigan bo’laklardan tashkil topadi.
    Maydon ma’lumotlarning, imkoni boricha, qisqa to’plamidan iborat bo’lishi lozim. Har bir maydon, o’zi ifodalaydigan ma’lumotlariga ko’ra, biror nomga ega bo’ladi. Fikrimizni misol bilan ifodalashga harakat qilamiz.
    Masalan, Farg’ona Mashinasozlik kasb hunar kolleji 1-chi bosqich talabalarni informatika va matematika fanidan o’zlashtirish darajasini aniqlovchi bazasni yaratishimiz kerak bo’lsin.

    1. bosqich guruh talabalari to’g’risidagi ma’lumotlar bitilgan quyidagi jadvalni ko’raylik:




    Familyasi.

    Ismi

    Guruhi №

    Informatika
    %

    Matematika %





    Download 0,64 Mb.
    1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   38




    Download 0,64 Mb.