|
topshiriq.
chi bosqich « Buxgalteriya
|
bet | 28/38 | Sana | 09.10.2024 | Hajmi | 0,64 Mb. | | #274204 |
Bog'liq III bob. Fayllarni arxivlash.topshiriq.
chi bosqich « Buxgalteriya hisobi» guruhi talabalarini informatika fanidan o’rtacha o’zlashtirish darajasini aniqlovchi MO ni aks ettiring.
Darsning texnologik xaritasi .
Bosqichlar
|
Ta’lim beruvchi faoliyati
|
Ta’lim oliuvchi faoliyati.
|
Metod
|
Vosita
|
Vaqt
|
1.Bosqich tayyorlov
|
Mavzuni aniqlaydi, maqsadni, natijalarni baholash mezonini
ifodalaydi
|
Mavzu va maqsad yozib olinadi
|
Ma’ruza
|
Doska, bo’r
|
5
|
2.Bosqich Kirish.
|
Mavzuni maqsad, natija va baholash mezonini e’lon qiladi. Aqliy hujum usuli maqsadni amalga oshirish vositasi ekanligini
tushuntiradi.
|
Berilgan savolga o’z fikrlarini bildiradilar.
|
Aqliy hujum
|
Doska, bo’r, Flip chart
|
15
|
3 bosqich Asosiy bosqich
|
Yangi mavzu mazmuni bayon etiladi.
Ma’lumotlar bazasi haqida tushuncha, ma’lumotlarni saqlash, izlash, joylashtirish va qayta ishlash usullari, ma’lumotlar bazasining turlariga ta’rif beriladi.
Mavzu bo’yicha misollar keltiriladi
|
Berilayotgan ma’lumotlarni yozib boradilar.
|
Ma’ruza
.
|
Slayd, kom- pyuter
|
20
|
4 bosqich Mustahkam lash
|
O’tilgan mavzu bo’yicha savollar va topshiriqlar beriladi joyalarni doskaga yozish va daftarga konspekt
qildirish
|
Mavzu bo’yicha savollarga javob beradilar, g’oyani mulohaza qiladi va
o’zlashtiradi
|
Davra suhbati
|
Doska, bo’r
|
15
|
5 bosqich Kichik guruhlarda ishlash
|
muammoli topshiriqlar guruhlarga beriladi.
Taqdimot o’tkazish.
|
Bildirilgan topshiriqlar bo’yicha fikrlar almashinadi.
Taqdimotga chiqadilar
|
Guruh- larda ishlash
|
Flip- chart flamas- ter
|
20
|
6 bosqich. Yakun yasash.
baholash.
|
O’quvchilar amalga oshirgan faoliyatga yakun yasaydi,tahlil va baholash
ishlarini bajaradi.
|
O’zlari fikr almashib baholarini tahlil qilishlari mumkin
|
|
|
|
Mavzu: Ma’lumotlar omborini boshqarish tizim
lari.
Ma’lumotlarning turlari va tuzilishi.
Reja:
Ombordagi ma’lumotlarni tartiblash.
Axborotlarni avtomatik izlash.
Axborotlarni ko’rib chiqish va indeksli fayllar.
Tayanch iboralar:
Ma’lumotlarni tartiblash, axborotlarni avtomatik izlash, axborotlarni ko’rib chiqish va indeksli fayllar,fayllari, jadvalda ma’lumotlarni kodlash, bosh kalitni ajratish, jadvalni normallashtirish.
Ombordagi ma’lumotlarni tartiblash.
Axborot tizimlari juda ko’p vazifalarni bajaradi. Bunday vazifalar ichida asosiysi axborotlarni to’g’ri tartiblashdir. Chunki kompyutyerdagi ma’lumotlarni bexato izlash va ularni ma’lum belgilariga ko’ra qayta joylashtirish uchun ular tartiblanishi lozim.
Ma’lumotlar qiymati va formatini foydalanish uchun qulay holatga keltirish jarayoniga
ma’lumotlarni tartiblash deyiladi.
Tartiblash asosida ma’lumotlarni tasvirlash usullari haqida biror kelishishning kiritilishi yotadi. Bundan kelib chiqib, matnli fayllarni «tartiblanmagan» yoki boshqacha aytganda,
«yomon tartiblangan», avtomatik holda qayta ishlanmaydigan axborotlarni o’zida saqlaydigan fayllar deb tushunish mumkin.
Kompyutyerda ma’lumotlarni tartiblash belgilarning kodiga ko’ra amalga oshiriladi. Masalan, «A» harfini kodi «B» harfining kodidan kichik bo’lganligi sababli tartiblashda «A» harfi «B» harfidan oldin joylashadi.
Guruh jurnalida talabalarning familiyasi alifbo tartibida yozilgan bo’lsa, unda quyidagicha ketma-ketligini ko’rasiz:
Azizov B. Botirov SH. Karimov A. Safoeva A. Qosimova G. Hakimov J.
Ushbu familiyalarni kompyutyerda tartiblashda «H» harfining kodi «B» harfining kodidan kichik bo’lganligi sababli undan oldin joylashadi va quyidagicha ketma-ketlikni hosil qiladi:
Hakimov J. Azizov B. Botirov SH. Qosimova G. Karimov A. Safoeva A.
Bundan kompyutyerda harflarni to’g’ri ketma-ketlikda tartiblab bo’lmas ekan-da., degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Tartiblashda lotin alifbosi va rus alifbosidagi barcha harflar to’g’ri ketma-ketlikda joylashadi, faqat o’zbek tilidagi «o’» , «q», «g’», «h» harflari «tartibni buzadi». Umuman, kompyuterni tartiblashda belgilar quyidagicha o’ringa ega bo’ladi:
Maxsus belgilar;
Raqamlar;
Lotin alifbosi harflari;
Kirill alifbosi harflari:
|
| |