videoaxborot va animasiya (multiplikasiya, «tirik video») ko’rinishdagi
axborotlarni turli xis etuvchi organlari tomonidan qabul qilish darajasini
yuksaltirilishini ta’minlaydi. Bu esa darslarni qiziqarli va samarali tashkil etishni
ta’minlaydi. Shaxsiy kompyuter o’qituvchining yordamchisi sifatida ishtirok etadi.
O’qituvchi ma’ruzalarga tayyorlanishida Microsoft Office dasturining Power Point
grafik dasturida videoslaydlar tayyorlashi kerak bo’ladi. Bu albatta o’qituvchidan
shaxsiy kompyuterda ishlash tajribasiga ega bo’lishini talab etadi. Bundan tashqari
bunday ma’ruzalarni yoki amaliyot mashg’ulotlarini tashkil qilish uchun maxsus
jihozlangan auditoriyalarni talab qiladi.
Pedagoglarning axborot-texnologik tayyorgarligi bir nechta komponentlarni o’z
ichiga oladi. Ulardan biri axborot-kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish
asoslari va ularni kasbiy faoliyatda qo’llash metodikasini egallash hisoblanadi.
O’zbekiston respublikasi ta’limni axborotlashtirish yangi konsepsiyasi talaba va
pedagoglarni ta’limni axborotlashtirish sharoitlarida ishlashga tayyorlashni ko’zda
tutadi. Shu sababli bilim berishda raqamli ta’lim resurs(RTR) laridan foydalanish
muhim ahamiyat kasb etmoqda.
RTRlarga Internetdagi ta’lim resurslari, elektron darslik, elektron qo’llanmalar,
elektron kutubxonalar hamda MS Office paketi va boshqa dasturlar asosida
tayyorlangan va raqamli tashuvchida muhrlangan axborotlar kiradi.
Kasb ta’limi uchun bugungi kunda quyidagi muammolar dolzarb hisoblanadi:
1. Zamonaviy RTRlarni yaratish, tarqatish va o’quv jarayonida asosli qo’llash.
2. O’quv jarayonida RTRlardan samarali foydalana oladigan pedagogik kadrlarni
tayyorlash.
Darsni RTRlar asosida loyihalash o’z ichiga to’rtta bosqichni oladi: birinchi
bosqichda raqamli resurslardan foydalanish zaruriyati asoslanadi; ikkinchisi
texnologik bosqich bo’lib, unda pedagog dars turi (dars-tadqiqot, dars-taqdimot,
virtual ekskursiya, amaliy ish va h.k.), dasturiy va apparat (lokal tarmoq, Internetga
chiqish, multimediali kompyuter, dasturiy vositalar) ta’minotni aniqlaydi; uchinchi
bosqichda dars tuzilmasidagi asosiy elementlar ajratiladi, turli komponentlar
(o’qituvchi-o’quvchi-RTR-o’quv materiali) orasidagi o’zaro aloqa usullari
tanlanadi; to’rtinchi bosqichda o’rganuvchilarning joriy psixologik holati, bilim
darajalari hamda faoliyatlarning eng maqbul ketma-ketligi aniqlanadi [1].
Turli umumta’lim va kasbiy fanlarni o’qitishda RTR larni qisman qo’llashga
qaramasdan, ulardan samarali foydalanish sohasida pedagog kadrlarning malakasini
oshirish va tayyorlash optimal tizimini tanlash masalasi yechimini topmay
qolmoqda.
Shuning uchun o’qituvchilarni tayyorlash, qayta tayyorlash, malakasini oshirish
RTRlarni amalda qo’llash va o’quv yurti axborot muhitini loyihalash tajribasini
o’zlashtirishga yo’naltirilgan amaliy, loyihaviy xarakterda bo’lishi lozim.
Ma’lumki bugungi kunda kompyuter raqamli format hisobiga axborotni barcha
ma’lum bo’lgan usullarda taqdim etishni ta’minlaydi. Xuddi shunday u bitta
tashuvchida ta’limiy jarayon hamma komponentalarining o’quv-metodik
ta’minotini birlashtirishi mumkin.
O’rta maxsus, kasb-hunar o’quv muassasalarida yangi o’quv mahsulotlarini tadbiq
etish pedagoglarning malakasini oshirish va metodik qo’llab-quvvatlash butun
ta’lim jarayonini qayta qurish bilan olib borilishi zarur.
Hozirgi zamonda ta’lim tizimi sifatli RTRlarga kuchli ehtiyoj sezmoqda.
Amaliyotda ularni qo’llash quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:
1. O’rganuvchilarning mustaqil ravishda bilimlarni olish bo’yicha turli-tuman
faoliyat shakllarini tashkil qilish.
2. Turli xildagi o’quv faoliyatini amalga oshirish jarayonida zamonaviy axborot va
telekommunikasion texnologiyalarning barcha imkoniyatlaridan foydalanish,
jumladan: qayd qilish, yig’ish, saqlash, axborotni qayta ishlash, interfaol muloqot,
obyekt, hodisa, jarayonlarni modellashtirish, virtual laboratoriyalar va boshqalar.
3. O’quv jarayoniga assosiativ bilan bir qatorda multimedia texnologiyalari, virtual
haqqoniylik, gipermatn va gipermedia tizim imkoniyatlariga tayanib oniy axborotni
olib kirish.
4. O’rganuvchilarning intellektual imkoniyatlari hamda ularning bilim, uquv,
ko’nikma, mashg’ulotga tayyorlik darajasini obyektiv baholash va tashhis qo’yish.
5. Har bir o’quvchining intellektual darajasiga mos holda ularning o’quv faoliyatini
boshqarish.
6. O’rganuvchilarning individual mustaqil o’quv faoliyatini amalga oshirishlari
uchun sharoit yaratish, o’zini o’qitish, rivojlantirish, takomillashtirish, safarbar
qilish ko’nikmalarini shakllantirish.
7. Pedagoglar, o’rganuvchilar va ota-onalarni ta’lim mazmuni va maqsadlariga mos
bo’lgan dolzarb, o’z vaqtidagi axborot bilan tezkor ta’minlash.
8. O’qitish samaradorligini oshirishga qaratilgan pedagog, o’rganuvchi va ota-
onalarning doimiy va tezkor muloqoti uchun zamin yaratish.
Texnik oliy o’quv yurtlarining “Kasb ta’limi” (Informatika va axborot
texnologiyalari, Telekommunikatsiya) va kasb-hunar kollejlarining “Elektron
hisoblash mashinalari (EHM) va kompyuter tarmoqlarini o’rnatish va ishlatish”
yo’nalishlari uchun ishlab chiqilgan RTRlar o’quv axborotni grafika, animasiya,
tovush, video, matnlar uyg’unligida kompleks tasvirlash imkonini beradi. Ular
o’quv materialini interaktiv multimedia shaklida uzatadi. Mantiqan biron-bir mavzu
bilan birlashtirilgan va yagona grafik dizaynda berilgan. Matn va fon ranglari mos
tanlangan. Bular materialni emosional qabul qilishni osonlashtiradi.
O’quvchilarni attestasiyadan o’tkazish uchun an’anaviy shakldan (RTRlar
tizimi yorda-mida tayyorlangan nazorat ishlari va testlar) yoki interaktiv kompyuter
shaklidan (kompyuterlar soni yetarli bo’lganda) foydalanish mumkin. Masalan,
o’rganuvchilarning bir qismi qog’ozda qo’lda tekshiriladigan murakkab vazifalarni
bajaradi, qolganlar esa bu vaqtda kompyuterli testdan o’tadi, so’ngra ularning o’rni
almashadi. Katta hajmdagi savol va masalalar o’quvchilar attestasiyasini qisman
avtomatlashtirish imkonini beradi.
Kasb-hunar kollejlarining “EHM va kompyuter tarmoqlarini o’rnatish va ishlatish”
yo’nalishi uchun yana quyidagi RTRlar ishlab chiqilgan:
1) MS PowerPoint, iSpring dasturlari, veb kamera vositasida yaratilgan va Flash
formatiga o’tkazilgan multimediyali ma’ruzalar. Ma’ruza slaydlarining mazmuni
animasion effektlar bilan namoyish qilinadi va multimedia (matn, tovush, video
uyg’unligi) elementlarini o’z ichiga oladi;
Media ma’ruzada slayd elementlariga mos animasiyalar berilgan. Media
ma’ruzani mp3, mp4, Flash va boshqa raqamli formatlarda saqlash va raqamli
tashuvchilarga yozib olish hamda undan istalgan vaqtda va joyda foydalanish
mumkin.
2) Flash formatidagi grafik animasion interaktiv xujjatlar. Flash tasvirlarni lupa
effekti asosida kattalashtirish, harakat imitasiyasini yaratish, kadrlarni takror
ko’rish, orqaga qaytish va h.k. kabi imkoniyatlar beradi;
3) Grafik tasvirlar (jpg, gif formatlardagi) – surat va skanerlangan rasmlar, suratlar
to’plami. Ularga qisqacha tushuntirish va izohlar berilgan bo’lib, darsda jadval,
slayd va plakatlar o’rnini bosishi mumkin;
4) Kompyuter ekranidan o’qish uchun gipermatnli xujjatlar (pdf, html, doc).
5) iSpring, Camtasia Studio 6 dasturlari yordamida yaratilgan elektron qo’llanmalar
har qanday murakkablikdagi mavzuni o’rganuvchilarga qiziqarli ko’rinishda taqdim
qilish imkonini beradi.
Dars, ishbop o’yinlar uchun tarqatma materiallar tayyorlash maqsadida doc
formatidagi ba’zi xujjatlar chop etish uchun mo’ljallangan.
Html formatdagi xujjatlar ko’rinishidagi RTRlar xrestomatiya, ma’lumotnoma
yoki didaktik axborotli material o’rnini bosib, frontal, yakka mustaqil ishni
bajarishga imkon yaratadi. Shunday qilib, bir yil davomida yaratilgan raqamli ta’lim
resurslari bilan ishlagan o’rganuvchilarda ancha rivojlangan, dinamik kombinator
tafakkur, o’z faoliyatini rejalashtirish va rasional qurish uquvi, ma’lumotlarni
to’g’ri tanlash va tashkillashtirish, maqsadni aniq, bir qiymatli qo’yish, tashabbus
bilan ishlash kuzatildi. Bunday xol yuqori emosional manfaatdorlik bo’lgandagina
sodir bo’ladi.
«Axborot texnologiyalari» fani matematika, fizika, va boshqa qator fanlar bilan
bevosita bog‘liq.
Moddiy ishlab chiqarishda turli maxsus jihozlar, stanoklar, uskunalar va
boshqalar ishlatiladi. Axborot texnologiyalari uchun ham o‘zining «uskunalari»,
vositalari mavjud. Bular kseroks, telefaks, faks, skaner va boshqa vositalardir.
Bu vositalar orqali axborotga ishlov berilib, o‘zgartiriladi. Hozirgi paytda
axborotga ishlov berish uchun kompyuterlar va kompyuter tarmoqlari keng
qo‘llanilmoqda. Axborot texnologiyasida kompyuterlar va kompyuter
tarmoqlarining qollanishiga urg‘u berish maqsadida ko‘pincha kompyuter va
kommunikasion
texnologiya
haqida
gapirishadi.
Axborot texnologiyasi o‘zi uchun asosiy muhit bo‘lgan axborot tizimlari
bilan bevosita bog‘liqdir. Chunki axborot texnologiyasi axborot tizimlarida
mavjud bo‘lgan ma’lumotlar ustida bajariladigan turli xil murakkablikdagi
operatsiyalar, amallar va algoritmlarni bajarishdan iborat bo‘lgan tartiblashtirilgan
jarayondir.
Axborot texnologiyasining vujudga kelishi va rivojlanishini belgilovchi
ichki va tashqi omillar mavjud bo‘lib, ularni quyidagicha tavsiflash mumkin.
Ichki omillar – bu algoritmlarning paydo bo‘lishi (yaratilishi), turlari, xossalari,
axborotlar bilan turli amallrni bajarish, ularni jamlash, uzatish, saqlash va h.k.
Tashqi omillar – bu axborot texnologiyasining texnik-uskunaviy vositalar orqali
axborotlar bilan turli vazifalarni amalga oshirishni bildiradi.
Axborot texnologiyasining – mazmunini quyidagi oddiy bir misol bilan
tushuntirishga harakat qilamiz. Siz biror ma’lumot haqida boshqa bir viloyat
(respublika, qit’a) da yashovchi o‘rtog‘ingiz bilan fikr almashmoqchisiz, deylik.
Buni turli yo‘llar orqali amalga oshirishingiz mumkin. Siz o‘rtog‘ingizga o‘z
fikringizni (o‘z navbatida, o‘rtog‘ingiz ham sizga javoban) quyidagi usullar orqali
yetkazishingiz mumkin:
1) aloqa bo‘limi orqali (yozma ravishda);
2) telefon tarmoqlari orqali (og‘izaki)
3) zamonaviy telekommunikatsiya vositalari orqali.
Hayotiy tajriba shuni ko‘rsatadiki, bu usullardan foydalanish natijalari turlicha
bo‘ladi va natijalarga qarab, qaysi usuldan foydalanishni o‘zingiz belgilab olasiz.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida, albatta, biror yumushni bajarishdan oldin uni
amalga oshirish uchun ketadigan mablag‘larni chamalab ko‘rishingiz lozim, aks
holda uni amalga oshira olmasligingiz mumkin. Albatta, yuqorida ko‘rsatilgan
usullardan foydalanish uzatilayotgan axborot mazmuni va mohiyatiga bog‘liq.
Pirovardida, o‘zingiz uchun iqtisodiy jihatdan eng aarzon (hech bo‘lmaganda
arzonrog‘i) va sifati yuqori bo‘lgan usulni belgilab olamiz.
Axborotni uzatish usullariga kelsak, 1-va 2-bandda ko‘rsatilgan foydalanishni
yaxshi bilasiz. Zamonaviy telekommunikatsiya vositalaridan foydalanish esa ular
bilan muloqot ko‘nikma va malakalariga bog‘liq. Shuning uchun dastlab zamonaviy
telekommunikatsiya vositalarining o‘zi nimaligini bilib olishingiz kerak.
Zamonaviy telekommunikatsiya vositalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib,
unga «Informatika va hisoblash texnika asoslari» fanidan ma’lum bo‘lgan
kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, internet, intranet kabi
tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar ham kiradi. Bularga axborot
tizimlari, axborot tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma’lumotlar
ombori, ma’lumotlar omborini boshqarish tizimi, bilimlar ombori kabilar kiradi.
XX asrning 90-yillaridan boshlab axborotlashtirish sohasi keskin rivojlanib
ketdi. Bizning asrimiz, ya’ni XXI asrni axborotlashtirish va kommunikatsiya asri
deb bejiz atashmaydi. Axborotlashtirish nima va uning vazifalariga nimalar kiradi,
uning asosiy xususiyatlari qanday, degan savollar hozirgi zamon jamiyatdagi har
bir fuqaroni qiziqtirishi tabiiy. Chunki inson faoliyatini axborotsiz tasavvur qilish
qiyin.
Hozirgi kunda har bir tashkilot, o‘quv muassasasi, firma va ishlab chiqarishning
barcha sohalarida rahbar va xodimlar faoliyatining samaradorligini oshirish
maqsadida boshqaruv jarayonlarini ma’lum darajada avtomatlashtirishga oid
muammolarni yechish bilan shug‘ullanadi. Bunda ular maxsus firmalarning
mutaxassislari bilan uchrashadi, ularning faoliyati bilan yaqindan tanishadi, ular
ishlab chiqaradigan mahsulotlarni ko‘radi va pirovardida o‘zida avtomatlashtirish
uchun kerak bo‘ladigan texnik jihozlarni xarid qiladi. Albatta, tashkilotlarga
o‘rnatilgan avtomatlashtirish jihozlari yildan-yilga yangilanib, texnik jihatdan
takomillashtirib boriladi.
XX asrning so‘nggi o‘n yili mobaynida axborotlar bilan ishlash va
axborotlashtirish juda rivojlandi. Bunga sabab shundaki, kundalik turmushda
axborotlar, ularni qayta ishlash va uzatishning ahamiyati ortib bormoqda. Bu esa,
o‘z navbatida jamiyatning har bir a’zosidan axborotlashtirish va axborot
texnologiyalari sirlarini, uning qoida va qonuniyatlarini mukammal bilishni taqozo
etadi.
Respublikamiz mustaqillikka erishganidan so‘ng, axborotlashtirish va axborot
texnologiyalaridan foydalanish yo‘nalishida katta tadbirlar amalga oshirildi.
Hukumatimiz tomonidan qabul qilingan «Ta’lim to‘g‘risida» gi qonunda bu
dasturning tub mohiyati bayon etilgan. Shuningdek sho‘ngi 5-6 yil ichida bu sohada
qabul qilingan qator hujjatlar axborotlashgan jamiyatni qurish eng oliy insonning
orzu-niyatga aylanganligidan dalolat beradi.
Kundalik turmushda turli ko‘rinishdagi axborotlar, masalan, matnli, grafikli,
jadvalli, ovozli (audio), rasmli video va boshqa axborotlar bilan ishlashga to‘g‘ri
keladi. Har bir turdagi axborot bilan ishlash (yig‘ish, saqlash, va h.k.) uchun har xil
texnik xarakteristikalarga ega bo‘lgan axborot qurilmalari kerak bo‘ladi.
Mikroelektronika ishlab chiqarish texnologiyasining rivojlanishi va o‘ta kuchli
protsessorli kompyuterlarning yaratilishi axborotlarni qayta ishlash imkoniyatlarini
kengaytirmoqda.
Interfeys kompyuterning imkoniyatlarini kengaytiruvchi qurilma bo‘lib, uning
asosiy vazifasi tashqi qurilmalardan kiritiladigan ma’lumot (signal) larni
kompyuterda qayta ishlash uchun qulay holga keltirishdan iborat.
Hozirgi kunda ta’lim sohasida o‘qitishni avtomatlashtirishga katta e’tibor
berilmoqda. Chunki zamonaviy o‘qitish texnologiyalaridan dars jarayonida
foydalanish katta ijobiy natijalar beradi. O‘qitishni avtomatlashtirish
(axborotlashtirish)
yoki
axborot
texnologiyalaridan
foydalanishdasturiga
quyidagilarni kiritish mumkin.
ta’lim tizimining barcha pog‘onalarida axborotlashtirishni yetakchi
bo‘g‘inligini ta’minlash;
b) barcha sohalar bo‘yicha bilim berishda axborotlashtirishni rivojlantirishni
loyihalash va yaratish (monitoring), resurs markaz tizimi;
c) axborotlashtirish sohalarida me’yoriy bazalarini yaratish (kordinatsiyalar,
metodlar, ilmiy-metodik birlashmalar va h.k.)
e) texnik ta’minotni – kompyuterlar, axborot texnologiyasining boshqa
qurilmalari (fotoapparatdan mikroskopgacha), ularga xizmat ko‘rsatish uchun
kerakli materiallarni yaratish;
f) telekommunikatsiya (havo orqali, yerning sun’iy yo‘ldoshlari va boshqa
aloqa kanallari) tarmoqlari;
g) ta’limot resurslari (dasturiy ta’minot, internetdagi axborotlar majmui,
ma’lumotnomalar va h. k. ).
Axborot texnologiyasi modellari muayyan amallarni ongli va rejali amalga
oshirishda o‘zlashtiriladi. Bu jarayon quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
kompyuter, shuningdek, printer, modem, mikrofon va ovoz eshittirish qurilmasi,
skaner, raqamli videokamera, multimedia proyektori, chizish plansheti, musiqali
klaviatura kabilar hamda ularning dasturiy ta’minoti;
uskunaviy, dasturiy ta’minot;
virtual matn konstruktorlari, multiplikatsiyalar, musiqalar, fizik modellar, geografik
xaritalar, ekran protsessorlari va h.k.;
axborot majmui – ma’lumotnomalar, ensiklopediyalar, virtual muzeylar va h. k.;
texnik ko‘nikmalar trenajyorlari (tugmachalar majmudan tugmachalarga
qaramasdan ma’lumot kiritish, dasturiy vositalarni dastlabki o‘zlashtirish va h. k.)
|