32
Latex dasturi rivojlanishining uchinchi variantidan boshlab AMS-Latexdan
keng foydalanila boshlandi.Latex ilovalari ro’yhatiga kiritilgan bu ilova Latexdagi
shriftlar ustida turli amallar bajarish uchun qo’laniladi.
Yangi turdagi sxema(inglizchada New Font Selection Scheme,qisqacha
NFSS)Latexning shrift uchun ishlatiladigan avvalgi buyruqlarini rad etmagan
holda , ular orqali va ularga qo’shimcha tarzda ishlaydi.Bu sxema shriftlar ustida
quyidagi to’rt turdagi parametrlarni o’zgartirish va shriftlarni o’rnatishni amalga
oshiradi.Parametrlar quyidagilar:
oila(family)-masalan roman,sanserif yoki ”
Mashinka yozuviga o’xshash” bir biriga yaqin(oila kabi) shriftlarni
o’rnatish,
qator(series)-masalan “qalin” shriftning qalinligi,o’lchami so’zlar
orasidagi masofa kabilarni o’rnatish,
forma(shape)-masalan odatiy,kursiv yoki qiya
kabilarni o’rnatish va
o’lcham(o’lchamni o’rnatish uchun \baselineskip
buyrug’idan foydalanish mumkin).
Shriftni faqat ichki qismda ishlatish ham mumkin.Masalan:
Bu yerda {\bf qalin yozuv}dan\\
foydalanilgan.\\
Ko’p foydalaniladigan shriftlar o’lchamlari bu \large, \small bo’lib ular 12
bosma o’lchamiga mos keladi.