Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/39
Sana11.01.2024
Hajmi2,07 Mb.
#135159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
ЛаТЕХ Лаборатория машғулотидан услибий қўлланма (2)

 
 
Muhammad al-xorazmiy nomidagi TATU Samarqand filiali, 2021 yil. 




Mundarija 
Kirish .................................................................................................................. 5 
1. Dasturni o‘rnatish va ishga tushirish. Oddiy matn yaratish…………………..8 
2. Xujjat stilini o‘zgartirish……………………………………………………..22 
3. SHriftlar bilan ishlash………………………………………………………..30 
4. Matn rubrikatsiyasi…………………………………………………………..36 
5. Matematik formulalar bilan ishlash………………………………………….38 
6. AmSTeXa imkoniyatini o‘rganish……………………………………………43 
7. Sahifa ko‘rinishini o‘zgartirish……………………………………………….69 
8. LaTeXa grafikasi bilan ishlash……………………………………………….72 
9. Jadvallar bilan ishlash………………………………………………………...86 
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati ...................................................................... 88 



 
Kirish 
Respublikamiz mustaqillikka erishgach, ta`lim tizimida tub o`zgarishlar sodir 
bo`ldi. Jamiyat taraqqiyotining yoshlarga ularning hayotida ishlab chiqarish milliy 
hamda umuminsoniy munosabatlarda zamonaviy qarash imkoniyati kengaydi. 
Yoshlar ta’lim tarbiyasi bilan mashg`ul bo`ladigan ijtimoiy institutlar son va sifat 
jihatdan o`sdi. Mustaqillik yillarida axborot texnologiyalari sohasida juda katta 
o`zgarishlar yuz bermoqda, shu bilan bir qatorda biz yoshlarga keng imkoniyatlar 
yaratilmoqda.Ijtimoiy hayotning barcha sohalarida axborot texnologiyalari har 
yerda jadallik bilan kirib bormoqda va bilimlarni oshishi jamiyat a`zolarini o`z 
ustlarida ko`proq ishlashlariga yangi – yangi o`zgarishlar bilan undashga olib 
kelmoqda. 
Ta’lim jarayonida yangi- yangi axborot kommunikatsiya va pedagogik 
texnologiyalarni , elektron darsliklar , multimediyalar vositasida keng joriy etish 
orqali mamlakatimiz maktablarida o`qitish sifatini tubdan yaxshilash , darsliklarda 
yangi pedagogik texnologiyalardan foydalanib ta’lim samaradorligini oshirish 
kerak. 
Taraqqiyot taqdirini ma’naviy jihatdan yetuk odamlar hal qiladi . Texnikaviy 
bilim , murakkab texnologiyani egallash qobiliyati ma’naviy barkamollik bilan 
birga borishi kerak . 
Yurtboshimiz I.A. Karimov XXI asr axborot texnologiyalari asri deb’’- 
ta’kidlaganlaridek, butun jahon taraqqiyoti tobora axborot texnologiyalari bilan
tez sur’atda rivojlanib bormoqda .Xususan biz kabi yoshlarni zamon talablariga 
javob beradigan mutaxassislar qilib tayyorlashda alohida e’tibor qaratilmoqda . 
Shuning uchun bozor iqtisodiyoti davrida “Amaliy matematika va inormatika “ 
mutaxassisligi kadrlariga talab mavjud. 
Prezidentimiz o`z ma’ruzalarida “ Bizning farzandlarimiz nafaqat jismoniy va 
ma’naviy sog`lom o`sishi balki ularning eng zamonaviy intellektual bilimlariga
ega bo`lgan uyg`un rivojlanib insonlar bilan bu asrda to`liq talablarga javob 



beradigan barkamol avlod bo`lib voyaga yetishishi uchun zarur barcha 
imkoniyatlar va sharoitlarni yaratishga qaratilgan . 
Axborot va uni qayta ishlash borgan sayin rivojlanib ishlab chiqarish 
darajasiga, davlat resursiga va qimmatbaho tovarga aylanib bormoqda.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 23 may 2001 yildagi «2001- 
2005 yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, «Internet»ning 
xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta'minlash dasturini ishlab 
chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari» to’g’risidagi qarori, hamda O’zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2002 yil 30 maydagi «Kompyuterlashtirishni yanada 
rivojlantirish va axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish» 
to’g’risidagi Farmon va qonunlarini amalga oshirishga hamda hayotga tadbiq etish 
asosiy maqsadimizdir. 
Hоzirgi zаmоndа birоr-bir sоhаdа ishni bоshlаsh vа uni bоshqаrishni 
kоmpyutеrsiz tаsаvvur qilish qiyin. XXI аsr sаvоdхоn kishisi bo’lish uchun 
ахbоrоt tехnоlоgiyalаrini puхtа egаllаmоq lоzim. Hаr bir mutахаssis, u qаysi 
sоhаdа ishlаshidаn qаt’iy nаzаr, o’z vаzifаsini zаmоn tаlаbi dаrаjаsidа bаjаrishi 
uchun ахbоrоtni ishlаb chiqаruvchi vоsitаlаr vа ulаrni ishlаtish uslubiyotini bilishi 
vа ishlаsh ko’nikmаsigа egа bo’lishi zаrur. Shu sаbаbli bugungi kundа mustаqil 
Rеspublikаmizdа tа’lim sоhаsidа аmаlgа оshirilаyotgаn tub islоhоtlаr, jumlаdаn, 
«Kаdrlаr tаyyorlаsh milliy dаsturi»dа “Kаdrlаr tаyyorlаsh tizimi vа mаzmunini 
mаmlаkаtning ijtimоiy vа iqtisоdiy tаrаqqiyoti istiqbоllаridаn, jаmiyat 
ehtiyojlаridаn, fаn, mаdаniyat, tехnikа vа tехnоlоgiyalаrining zаmоnаviy 
yutuqlаrdаn kеlib chiqqаn hоldа qаytа qurish nаzаrdа tutilаdi» dеb tа’kidlаngаn. 
Bugungi kunda ijtimoiy turli ko`rinishdagi axborotlar majmuasi keng va 
rivojlangan bo`lib ,uning jamiyatda tutgan o`rni behisobdir.Oxirgi davrda axborotli 
muhitda katta o`zgarishlar bo`lib bormoqda. Bu esa o`z navbatida, EHM ning 
yanada keng rivojlanishiga sabab bo`ladi. Respublikamizda axborotlashtirish keng 
yo`lga qo`yilishi bilan undagi har bir fuqaroga kerakli paytda, kerakli miqdorda, 



kerakli sifatda olish imkoniyatlari ochilmoqda. Informatika – axborotni qayta 
ishlash, ularni qo’llash, va ijtimoiy amaliyotning turli sohalariga ta’sirini – EHM 
tizimlariga asoslangan holda ishlab chiqish, loyihalash, yaratish, baholash, 
ishlashning turli jihatlarini o’rganuvchi kompleks ilmiy va muhandislik fani 
sohasidir.Informatika bir jihatdan axborot modellarini ko’rishning umumiy 
metodologik tamoyillarini sihlab chiqishga yo’naltirilgan. Shu bois axborot 
uslublari obyekti, hodisa, jarayon va hokazolarni axborot modellari yordamida 
bayon etish imkoniyatiga egadir. Respublikamizdagi viloyatlar, shaharlar, 
tumanlarga qarashli korxonalar, tashkilotlar va muassasalar zamonaviy kompyuter 
texnikalari bilan jixozlanib, ular maxsus qurilmalar (telefon tarmog’i, modem va 
boshqalar) yordamida axborotlarni uzatish va qabul qilish imkoniyatiga ega 
bo`lmoqda. Insonning iqsodiy, ekologik, siyosiy va boshqa sohalarda fikrlash 
doirasining kengayishi axborotli muhitninig sifat va miqdor jixatdan o`zgarib 
,yangi xususiyatga ega bo`lgan axborotli muhitning kelib chiqishiga sabab 
bo`lmoqda. 




Download 2,07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish