1.2.4-chizma.Winedt 6 ishchi sohasi
Bunda matematik formulalar yozilgan qism alohida rang bilan ajratilganini
ko’rish mumkin.
Endi oxirgi qism bilan tanishamiz.Bu qism Holat satri qismi.Bu qism aktiv
hujjat va aktiv qatorga tegishli xususiyatlarni ko’rsatish va o’zgartirish uchun
ishlatiladi.Holat satrining umumiy ko’rinishi quyidagicha:
Bu satrning har bir qismiga chapdan o’ngga qarab izoh berib o’tamiz:
-yordam bo’limini chaqirish
-ko’rish(Boshidan – A/Kursor turgan joydan - B)
-kursor turgan joy(Qator:Belgi)
-qatorlar soni
20
-holat(Modified,readonly,etc,…)-masalan modified-yozuvni turiga qarab
ranglarga ajaratadi.
-davomiylik(yoqish/o’chirish)
-xat boshi(belgilash/belgilamaslik)
-kursor vaziyati(joyida/oxirida)
-belgilash usuli(qator bo’yicha/Blok bo’yicha)
-yozuvlarni tekshirmaslik(yoqish/o’chirish)
-hujjat turi
-joriy sana
-joriy vaqt
-joydalanuvchi haqida ma’lumot
-info A(--src)
-info B(Fayl proyekti)
-asosiy fayl/Holat
Yuqorida ko’rsatilgan xususiyatlarni o’zgartirish uchun tegishli qism ustiga
sichqoncha chap tugmasi bir marta bosilishi yetarli.Biz yuqorida ko’rib o’tgan Info
A va Info B qismlar biroz tushunarsiz bo’lishi mumkin.Aslida bu qismlar fayl
kompilyatori va kompilyatsiyasi haqidagi ma’lumotlardir.Standart holda Miktex
kompilyatsiya usuli –src bo’lib, src kompilyatori dvi kengaytmali fayl yaratish
uchun xizmat qiladi.
Kontekst menyular
Bu bo’limda biz Winedt ning asosiy kontekst menyulari bilan tanishib
o’tamiz.Bularga menyular satri, hujjatlar satri, holat satri va hujjatning chap qismi
kiradi.Ularga mos kontekst menyular quyidagilar:
1.2.5-chizma.Asosiy kontekst menyular
|