18
Ular bo’limga qarab turli vazifalarni bajarish uchun xizmat qiladi.Menyu
bo’limlari Latexda ishlashni avtomatlashtirish bilan birga bir qator imkoniyatlar
beradi.Masalan dastur istalgan qismi natijasini oldindan ko’rish,kerakli
qismni
tahrirlash va h.k.
Uskunalar paneli ishni tez va sifatli bajarish uchun mo’ljallangan bir necha
uskunalardan iborat.
Bunda uskuna piktogramma(rasmcha)siga
qarab yoki sichqonchani shu
piktogramma ustiga keltirib , piktogramma haqidagi
izoh orqali nima vazifani
bajarishini aniqlash mumkin.Ko’pchilik uskunlar paneli bilan ishlashini hisobga
olsak , bu qism oynaning eng asosiy qismlaridan ekanligini ko’rishimiz
mumkin.Bu panelning imkoniyatlaridan yana biri
bu Latex asosiy buyruqlar
ro’yhati va har bir belgining ASCII kodlash sistemasidagi va O’n oltilik sanoq
sistemasidagi kodini ko’ratishidir.Bu
jadvallarni
va piktogrammalar orqali
uskunlar paneliga qo’shish mumkin.Latex asosiy buyruqlar ro’yhati quyidagicha:
Bu qism ham kerakli bo’limlarga ajratilgan bo’lib kerakli bo’limni
tanlash
orqali tegishli buyruqni kiritish mumkin.Bunda sichqoncha chap tugmasini kerakli
piktogramma ustida bir marta bosish orqali piktogrammada ko’rsatilgan holatni
aks ettiruvchi buyruq ishchi sohadagi kursor turgan joyga yoziladi.
Belgilar kodlari jadvali esa quyidagicha:
Bu panel asosan Latexning maxsus belgilarini
kiritishda va klaviaturada
bo’lmagan boshqa belgilarni kiritishda, shuningdek
Latexning belgilar kodlari
bilan ishlaydigan buyruqlarida foydalaniladi.
19
Keyingi qism ishchi soha bo’lib unda hujjat matni yoziladi.Menyular va
uskunlar panelidagi barcha amallar shu yerda o’z aksini topadi.Uning umumiy
ko’rinishi quyidagicha: