Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/39
Sana11.01.2024
Hajmi2,07 Mb.
#135159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
ЛаТЕХ Лаборатория машғулотидан услибий қўлланма (2)

1-LABORATORIYA. 
 
Latex dasturini o’rnatish va sozlash. 
Hozirgi kunda ilmiy maqolalar, matematikaga doir qo’llanmalar yaratishda 
juda ko’p matematik formulalar va turli xil obektlardan foydalanishga to’g’ri 
keladi. Bunday hujjatlarni yaratish uchun juda ko’p matn muharrirlari mavjud. 
Bunga Word matn muharririni misol keltirish mumkin. Word matn muharriri 
matematik formulalarni yozishda, turli xil obektlarni joylashtirishda juda katta 
imkoniyatga ega, lekin agar matematik formulalar, turli xil obyektlarni soni oshib 
borsa, yaratilgan hujjatlarni hajmini oshirib yuboradi va ularni qayta ishlashda 
qiyinchiliklarga uchrab qolish mumkin. Bundan tashqari yaratilgan hujjat hamma 
kompyuterlarga, yoki hamma sistemalarga to’g’ri kelmasligi mumkin. Masalan 
Wordda yaratilgan hujjatlar versiyasiga farq qilsa bir biriga to’g’ri kelmasligi 
mumkin yoki Mathtypeda yozilgan formulalar bo’lsa to bu dasturni o’rnatmasak 
bu hujjatlarni qayta ishlab bo’lmaydi. Biz yaratgan maqola, qo’llanma yoki boshqa 
hujjatlarni internet tarmog’ida ham qo’yishimiz mumkin, bundan hamma 
kompyuterlar foydalanishlari mumkin. Shuning uchun biz hujjatlarni shunday 
tayyorlashimiz kerakki undan barcha kompyuterlar turli xil bo’lishidan qatiy nazar 
foydalana olishlari kerak. Shularni hisobga olib yana bir dastur, Latex dasturi 
yaratildi. Latex dasturi juda ko’p imkoniyatlarga ega. Bu dasturni imkoniyatlari 
yuqoriligi, jurnallar, kitoblar tayyorlash imkoniyatlari juda yuqori sifatli ekanligini 
hisobga olib, hozirgi kunda chet ellarda ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalarni Latex 
dasturida yozib yuborishni talab qiladi. Latex dasturida tayyorlangan hujjatlarni 
hajmi juda kichik bo’ladi, shuning uchun ularni qayta ishlash tez amalgam oshadi. 
Bu dastur yordamida ilmiy maqolalar, kurs ishlarini, diplom ishlarini
dissertasiyalarni juda chiroyli qilib tayyorlash mumkin. Albatta bu dastur bilan 
ishlash uchun kompyuterda Latex dasturi o’rnatilgan bo’lishi kerak va biror bir 
uslubiy qo’llanmadan foydalnishga to’g’ri keladi. Hozirgi kunda Latex dasturida 
ishlash bo’yicha deyarli o’zbek tilida adabiyotlar yetarli emas, rus tilida yoki ingliz 
tilida adabiyotlar juda ko’p. Shularni hisobga olib biz Latex dasturi bo’yicha 



o’zbek tilida kerakli malumotlarni to’plab uslubiy qo’llanma tayyorlashni maqsad 
qilib qo’ydik. 
Amerikalik taniqli matematik va dasturchi Donald Knuth tomonidan Tex 
dasturi yaratildi. Bu dasturni yaratishda Knut o’z oldiga shunday translyator 
yaratishni maqsad qilib qo’ydiki, u har xil kompyuterlarda bir xil ishlashi kerak 
edi. Leslie Lamport Tex bazasi asosida paketlardan foydalanib Latex dasturini 
yaratdi. 
Latex dasturi matematikaga doir ilmiy hujjatlarni juda yuqori darajada sifatli 
qilib tayyorlash uchun mo’ljallangan dastur hisoblanadi. Kitob, o’quv qo’llanma, 
ilmiy jurnallarni tayyorlashda ham juda katta imkoniyatlarga ega. Latexda 
yaratilgan hujjatlarni hajmi juda kichik bo’ladi va ularni qayta ishlash, tahrirlash 
amallarini juda tez bajarish mumkin. Latex dasturi juda ko’pchilik kompyuterlarga 
ishlaydi masalan IBM, Mac va boshqalar. Bundan tashqari juda ko’pchilik 
sistemalarga ham ishlaydi masalan Windows, Unix, VMS va boshqalarni misol 
keltirish mumkin. Bu dastur bilan ishlash uchun kompyuterda Latex dasturi 
o’rnatilgan bo’lishi kerak. Shuning uchun biz birinchi bobni Latex dasturini 
o’rnatish va uning imkoniyatlaridan foydalanishga bag’ishladik. 
Latex dasturini o’rnatish uchun birinchi MikTex dasturini o’rnatamiz. 

Download 2,07 Mb.
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish