|
Belgilarga doir chizishlarBog'liq ЛаТЕХ Лаборатория машғулотидан услибий қўлланма (2)Belgilarga doir chizishlar
Ba’zi hollarda belgilarning ustiga chizishga to’g’ri keladi.Masalan tegishlilik
belgisida.Bu belgi ustiga “/”(slesh) belgisi chizib qo’yilsa tegishli emas ma’nosini
beradi.Bu belgini \not buyrug’i orqali qo’yish mumkin.Masalan:
Ko'pchilik $\{x:x \not\ni x\}$ ni \\
ma'nosini tushunishmaydi.\\
Bu Rassel paradoksi.
Agar teskari tegishli emaslik belgisini qo’ymoqchi bo’lsak $\{x:x \not\in x\}$
yozish yoki $\{x:x \notin x\}$ kabi yozish mumkin.Lekin bu ikki ko’rinishdagi
\not\in va \notin bir xil ma’noda qo’llanilmaydi.
Satr usti belgilari
Formula yozish jarayonida bizga formulada ishlatilgan harflar yoki
formulaning biror qismini ajratib ko’rsatish uchun shu qism ustida qandaydir
o’zgartirishlar qilishga to’g’ri keladi.Bunday o’zgarishlar ajratilgan qism ustida
chiziq chizish,qismni ustidan qandaydir chiziq chizishlar va hokazolar bo’lishi
mumkin.Aytilganlardan birinchisi ya’ni satr ustida chiziq chizish uchun \overline
buyrug’idan foydalaniladi:
Xalqaro qoidaga ko'ra
$$
\overline{a_na_{n-1}\ldots
a_1a_0}=10^na_n+\cdots+a_0. $$
yoziladi
Satr usti belgilariga doir qo’shimcha buyruqlar a harfi misolida quyidagi
jadvalda ko’rsatilgan.
52
Bu buyruqlar orasida \bar buyrug’i \overline ga o’xshaydi.Agar i va j
harflarini ustiga jadvaldagi belgilardan birortasini qo’ymoqchi bo’lsangiz u
chiroyli ko’rinish kasb etmaydi.Buning o’rniga “boshqa zarur” belgilar
jadvalimizdagi \imath va jmath belgilarini kiritish chiroyliroq natija beradi.
bunday ko'rinishdagi $\tilde i$ chiroyli emas\\
bunday ko'rinishdagi $\tilde\imath$ esa
chiroyli
Hozirgi misolimizda faqat bitta harf ustiga belgi qo’yildi.Aslida har bir satr va
formulaga ham belgi qo’yish mumkin.Masalan \hat{a+b} yozsak
ko’rinish
hosil bo’ladi.Bunday ko’rinish chiroyli emas , shuning uchun \widehat yozsak
belgi formula bo’yicha yoyiladi.
quyidagi $\widehat{f*g}=
\hat f\cdot\hat g$ teng kuchli
Bunday yo’l bilan juda chiroyli ko’rinishlar hosil qilish mumkin.Masalan
\widetilde buyrug’i bilan formula ustida to’lqin hosil qilish va shunga o’xshash
boshqa ko’rinishlar.
Shuningdek satr va formulalar ustiga yo’nalish chiziqlarini ham qo’yish
mumkin.Masalan
\overrightarrow buyrug’i satr ustiga o’ngga yo’nalgan chiziq chizadi.
Bu vektor
$\overrightarrow{AB}$.
Agar \overrightarrow buyrug’i o’ngga yo’nalgan chiziq chizsa , demak
\overleftarrow chapga yo’nalgan chiziq chizadi.Boshqa shu kabi buyruqlar bu
buyruqlar darajasida asosiy hisoblanmaganligi sabali ularga to’xtalmaymiz.
|
| |