Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali




Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish
bet25/39
Sana11.01.2024
Hajmi2,07 Mb.
#135159
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39
Bog'liq
ЛаТЕХ Лаборатория машғулотидан услибий қўлланма (2)

Matritsalar 
Latex yordamida matritsa yozish uchun bizga array tanasi(\begin{} va \end{} 
bu Latexdagi tana) kerak bo’ladi.Matritsa tanasini tushunish uchun avval kichkina 
misol ko’rib o’tamiz.Demak boshladik: 
$$ 
\begin{array}{cccc} 
a_{11}& a_{12} &\ldots & a_{1n}\\ 
a_{21}& a_{22} &\ldots & a_{2n}\\ 
\vdots& \vdots &\ddots & \vdots\\ 
a_{n1}& a_{n2} &\ldots & a_{nn} 


56 
\end{array} 
$$ 
Mana matritsa ham hosil qilindi.Endi undagi bizga notanish bo’lgan buyruq
va belgilar bilan tanishamiz.Matritsalar qator va ustunlardan iborat bo’ladi.Yangi 
qatorga o’tish \\ buyrug’i orqali(oxirgi qatorga shart emas) amalga 
oshiriladi.Ustunlar 
orasidagi 
farqni 
aniqlash 
uchun 

belgisidan 
foydalaniladi.Shuningdek bu belgi matritsa turli ustunlarida turli uzunlikdagi 
qiymatlar bo’lganda ustunlar orasida vujudga keladigan nomutanosibliklarni ham 
yo’qotadi.Matritsa yozishda array tanasi(\begin{array} ,array figurali qavs ichiga 
yoziladi) ochilgandan so’ng,matritsa tuzilishini aniqlash boshlanadi, ya’ni matritsa 
nechta ustundan iboratligi.Yuqoridagi misolimizda 4 ta ustun bo’lgani uchun biz 
{cccc} yozdik.Figurali qavslar ichidagi 4 ta harf matritsa 4 ta ustundan iboratligini, 
c harfi esa ustunni markaz(inglizcha – center ning bosh harfi) bo’yicha 
tartiblanganligini bildiradi.Bu misolda biz 4 ta ustunning ham markaz bo’yicha 
tartiblanishini ko’rdik , aslida c harfidan boshqa yana l yoki r harflarini ham 
ishlatishimiz mumkin edi.Bunda l harfi(inglizcha – left ning bosh harfi) ustunni 
chap tomon bo’yicha tartiblaydi , r esa (inglizcha – right ning bosh harfi) ustunni 
o’ng tomon bo’yicha tartiblaydi.Biz yuqoridagi misolimizning uchinchi qatorida 
yana vertikal ko’pnuqtalar yozish uchun \vdots va diagonal nuqtalar yozish uchun 
\ddots buyruqlaridan foyalandik.Bu buyruqlardan nafaqat matritsalar yozishda 
balki istalgan matematik formulalarni yozishda ham foydalanish mumkin. 
Matritsa qanday yozilishini ko’rdik.Lekin bu matritsamiz shunchaki bir nechta 
qatorda ketma-ket turgan ro’yhatga o’xshaydi.Odatda matritsalar turli xil 
ko’rinishdagi qavslar bilan birga yoziladi.Agar biz ham o’z matritsamizda 
qavslardan foydalanmoqchi bo’lsak , \begin{array} dan oldin ochiluvchi 
qavsni(masalan “(“ ni) \left( ko’rinishda , yopiluvchini esa \end{array} dan keyin 
\right) ko’rinishda yozish mumkin.Yuqoridagi misol uchun bu quyidagicha 
bo’ladi: 


57 
\left( 
\begin{array}{clrc} 
a_{11}& a_{12} &\ldots & a_{1n}\\ 
a_{21}& a_{22} &\ldots & a_{2n}\\ 
\vdots& \vdots &\ddots & \vdots\\ 
a_{n1}& a_{n2} &\ldots & a_{nn} 
\end{array} \right) 
Agar matritsa faqat bir qatordan iborat bo’lsa uni matritsa yozish usuli bilan 
yozish shart emas , bunday hollarda oddiy qatorga yozuv yozgandek yozuvlarni 
bo’sh joy(probel) bilan ajratib yozish , matitsa yozish usuli bilan yozishdan ko’ra 
ancha qulayroq va osonroq. 
Matritsa yozish tanasi , ya’ni array tanasi bilan nafaqat turli xil matritsalar 
balki , turli xil matematik qatorlar ham yozish mumkin.Masalan Paskal 
uchburchagi: 
Bu uchburchakning kodi esa quyidagicha: 
$$ 
\begin{array}{ccccccccccc} 
&&&& 1 && 1\\ 
&&& 1 && 2 && 1\\ 
&& 1 && 3 && 3 && 1\\ 
& 1 && 4 && 6 && 4 && 1\\ 
1 && 5 && 10 && 10 && 5 && 1 
\end{array} $$ 


58 
Bu yerda “&” belgisi ustunlar o’rtasida bo’sh joy tashlash uchun 
ishlatiladi.Agar matritsada satr tugagandan keyin qator oxirigacha bo’sh joy 
qo’ymoqchi bo’lsangiz u holda , qator tugaguncha “&” dan foydalanish shart 
emas.Shunchaki \\ dan foydalanish kifoya.Bu belgi keyingi qatorga o’tishni 
ta’minlaydi va avtomatik tarzda oldingi qatorning qolgan qismi bo’sh qolgandek 
ko’rinadi 
Yana bir misol:Endi tenglamalar sistemasiga doir , array tanasi yordamida 
tuzilgan: 
\left\{ 
\begin{array}{rcl} 
x^2+y^2&=&7\\ 
x+y & = &3.\\ 
\end{array} \right. 
Bu misolda birinchi ustun chap tomonga nisbatan tartiblangan , ikkinchi ustun 
esa markazga nisbatan tartiblangan va uchinchi ustun o’ng tomonga nisbatan 
tartiblangan.Matritsa tuzilishini aniqlash uchun yozilgan {rcl} dan bilish 
mumkin.Figurali qavsni yozish uchun foydalanilgan \left va \right buyruqlarida 
ochiluvchi figurali qavs \left\{ ko’rinishda yozilgan va bu qavsni butun formula 
bo’ylab qo’llaganda yopiluvchi qavs bo’lmasligi uchun yopiluvchi qavsda \right 
bilan birga nuqtadan foydalanilgan. 
Agar matritsani alohida nomerlamoqchi bo’lsangiz , eqnarray tanasidan 
foydalanishingiz 
mumkin.Bunda 
xuddi 
formulaga 
nomer 
qo’yishda 
foydalaniladigan equation tanasi kabi formula nomeri avtomatik tarzda 
aniqlanadi.Agar matritsaga qo’yilgan nomerdan yo’llanma orqali hujjatning 
qaysidir qismida foydalanmoqchi bo’lsak , u holda \label orqali bu nomerga biror 
nom qo’yib , yo’llanamda chaqirishda \ref funksiyasiga nomer nomini ko’rsatish 
orqali foydalanish mumkin.Nomer joylashgan sahifaga yo’llanma berish uchun 
\pageref funksiyasidan foydalanamiz.Masalan quyidagi 


59 
misoldan bu formulalarning 4 betda yozilganligini bilib olishimiz 
mumkin.Bunday ko’rinishga erishish uchun quyidagi kodni yozdik: 
\begin{eqnarray} 
2\times3&=&6\\ 
2+3&=&5\label{nom1} 
\end{eqnarray} 
\pageref{nom1} betdagi 
\ref{nom1} formula 
Bunda ya’ni eqnarray tanasidan foydalanganda $$ dan foydalanish kerak 
emas.Shuningdek eqnarray tanasi yordamida figurali qavs ham yozib bo’lmaydi. 
Agar siz faqat bir necha tenglamalarga nomer qo’ymoqchi bo’lsangiz , 
\nonumber funksiyasidan(\\ bilan birga) foydalanishingiz mumkin. 
\begin{eqnarray} 
\int_{-\infty}^\infty 
e^{-x^2}dx & = & 
\sqrt{\pi}\nonumber\\ 
\sqrt{576} & = & 24 
\end{eqnarray} 
Agar tenglamalarning birortasiga ham nomer qo’ymoqchi bo’lmasangiz 
eqnarray 
tanasi 
o’rniga 
eqnarray* 
(yulduzchali)dan 
foydalanishingiz 
mumkin.Shuni ta’kidlab o’tish kerakki array tanasi nafaqat matematik formulalarni 
balki fornulalarning ichida yoziladigan matnlarda ham qo’l keladi , eqnarray tanasi 
esa faqat matematik formulalar yozishda qo’llaniladi. 
Endi turli xil bog’lanishga ega bo’lgan matematik diagrammani ko’ramiz: 


60 
Bu diagrammadan 3 ta qator va 9 ta ustun(ustunlar yo’nalish belgilari , harflar 
va nollardan iborat)lardan iborat.Qanday qilib gorizontal yo’nalish chizig’i va uni 
ustiga harf yozishni(\stackrel funksiyasi orqali) ko’rib o’tgandik.Yuqoridagi 
misolda biz nomalum qism endi faqat vertikal chiziq va unga tegishli harfni 
yozish.Buni bir misol yordamida ko’rib o’tamiz. 
$$ \begin{array}{c} 
E\\ \downarrow q\\ F 
\end{array} $$ 
Yuqoridagi misolda \downarrow funksiyasi yordamida vertikal pastga 
yo’nalgan strelka hosil qildik , undan keyingi q harfi esa shunchakiodddiy matn 
kabi kiritiladi.array tanasiga c(center) yozganimiz tufayli strelka va harf birgalikda 
qaralib markazga nisbatan olingan.Agar harfni yuqoridagi harf bilan bir xil 
joylashtirmoqchi bo’lsak , c o’rniga r yozish kifoya va agar strelkani yuqoridagi 
harf bilan tagma-tag joylashtirmoqchi bo’lsak c o’rniga l yozish kifoya.Ba’zi 
hollarda butun ustunni emas balki faqat bitta satrdagi harfni o’ng tomonga 
tekislash kerak bo’ladi.Bunday hollarda \lefteqn funksiyasidan foydalanish 
mumkin.Yuqoridagi misolda q harfini yozmoqchi bo’lsak \lefteqn{q} ko’rinishda 
bo’ladi.Endi yuqoridagi diagrammamizga tegishli tushunarsiz funksiyalar 
qolmadi.demak yuqoridagi misol kodi: 
$$ 
\begin{array}{ccccccccc} 
0&\longrightarrow & E' & 
\stackrel{f}{\longrightarrow}& E & 
\stackrel{g}{\longrightarrow} & 
E'' & \longrightarrow & 0\\ 
&&\downarrow\lefteqn{p}&&\downarrow 


61 
\lefteqn{q}&&\downarrow\lefteqn{r}\\ 
0&\longrightarrow & F' & 
\stackrel{f}{\longrightarrow}& F & 
\stackrel{g}{\longrightarrow} & F'' 
& \longrightarrow & 0 
\end{array} 
$$ 
Bu misolda ishlatilgan boshqa buyruqlar bilan biz oldingi qismlarda tanishib 
o’tgan edik.Ko’rinib turibdiki array tanasi matritsalar yozish uchun juda ajoyib 
imkoniyatlarga ega. 

Download 2,07 Mb.
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   39




Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Axborot texnologiyalari universiteti samarqand filiali

Download 2,07 Mb.
Pdf ko'rish