Bo’sh joylarni kiritish
Hujjat yozish jarayonida matematik formula orasiga matn yozishga yoki matn
orasiga matematik formula yozishga to’g’ri keladi.Bunday vaziyatda formula va
matnni orasiga bo’sh joylarni joylashtirish juda noqulay.Bunday vaziyatlarda
quyidagi asosiy buyruqlardan foydalaniladi:
\quad
\qquad
\,
\:
\;
\!
64
Quyidagi misolda bu buyruqlarni ishlatish ko’rsatilgan:
Misolni quyidagi \\
$\int f(x)\,dx$ orqali \\
yoki~$\int\!\!\int f\,dxdy$, orqali \\
yechamiz va natija~$\sqrt{3}\,x$ bo'ladi.
Matnda formulalarni yozuvdan ajratish uchun \quad buyrug’i qulayroq.
Formulada ishlatiladigan belgilar o’lchami
Formulalar yozishda odatda formula darajasi, indeksi,qavslar va h.k lar
shriftini asosiy formula shriftidan ajratib yoziladi.Tex bunday hollarda avtomatik
tarzda juda kichik o’lcham oladi.Agar siz formula yozish jarayonida darajaga matn
kiritmoqchi bo’lsangiz \textrm buyrug’idan foydalanishingiz mumkin.Bunda matn
yozish rejimiga o’tib yana qaytib chiqish sodir bo’ladi. Bu albatta juda
noqulay.Bunday vaziyatlarda \mathrm dan foydalanish qulayroq. Bu buyruq qisqa
yozuvlarda qo’l keladi.Chunki \mathrm buyrug’i bo’sh joy(probel)larni
o’qimaydi.Bunday noqulayliklarni bartaraf etishda bizga stillar yordam
beradi.Matematik shriftlarni o’rnatishda 4 ta buyruqdan foydalanish mumkin.
displaystyle (stilni moslash)
textstyle (matn stili)
scriptstyle (indeksda foydalanish uchun)
scriptscriptstyle (indeksning indeksida foydalanish uchun)
Quyidagi ko’rinishlarda bo’ladi.\displaystyle (123), \textstyle (123),
\scriptstyle (123) \scriptscriptstyle (123).
Stillar yordamida hosil qilingan formula:
$$
\frac{7}{25}=
\frac{1}{\displaystyle
3+\frac{1}{\displaystyle
1+\frac{1}{\displaystyle
1+\frac{1}{3}}}} $$
65
Endi xuddi shu formulani stil ishlatmagan holda ko’ramiz:
$$
\frac{7}{25}=
\frac{1}{
3+\frac{1}{
1+\frac{1}{
1+\frac{1}{3}}}} $$
Matematik shriftlarni ishlatish bo’yicha yana bir misol:
\begin{displaymath}
\mathop{\mathrm{corr}}(X,Y)=
\frac{\displaystyle
\sum_{i=1}^n(x_i-\overline x)
(y_i-\overline y)}
{\displaystyle\biggl[
\sum_{i=1}^n(x_i-\overline x)^2
\sum_{i=1}^n(y_i-\overline y)^2
\biggr]^{1/2}}
\end{displaymath}
Bu yerda yozilgan displaymath tanasi murakkab va ko’p qatorli formulalar
yozishda ishlatiladi.Shuningdek bu yerda ishlatilgan kasr maxrajidagi ochiluvchi
to’rtburchak qavs uchun ishlatilgan \biggl[ va yopiluvchi qavs uchun \biggr]
o’rniga Texning standart buyruqlari bo’lgan \left[ va \right] dan ham foydalanish
mumkin.Bu kodda ishlatilgan \mathop buyrug’i formula orasida matn yozish
uchun ishlatiladi.\mathop va \mathrm buyruqlari haqida keyingi qismlarda
ma’lumot beriladi.
|