62
\end{array}
$$
Bu misoldagi \qquad buyrug’i satr boshidan 2em(2 ta “probel”) tashlash
uchun kerak.Bu buyruqdan foydalanilmagan taqdirda ham formula bo’g’inga
bo’linadi , lekin formula ko’rinishini yaxshilash(o’ng tomondan tekislash)
uchun
bu funksiyadan foydalaniladi.
Yuqoridagi misolda tushunarsiz bo’lgan hollardan biri bu ikkinchi qatorda
birinchi plusdan oldin {} yozilganidir.Bu yozuv yordamida
birinchi qatordagi
formulaga tegishli parametrlar(yozuv o’lchami , intervali va h.k) ikkinchi qatorga
uzatiladi.
Bu yerda array tanasi o’rniga eqnarray va eqnarray*
dan ham foydalanish
mumkin.Bulardan asosan formulaga nomer qo’yish uchun foydalaniladi.Bu yerda
formulaga nomer qo’yishda har bir qatorga yoki qaysidir
qatordagi formulaga
nomer qo’yish uchun \\ va \nonumber buyruqlaridan foydalanish mumkin.
Agar yuqorida ko’rgan misolimiz ko’rinishi yoqmasa , birinchi qatordagi
istalagan belgi yoki qismni
alohida ustun sifatida olib , uni o’ng,chap va
markazlashtirish mumkin.Bunda array tanasi qulay ,
agar formulani avtomatik
nomerlamoqchi bo’lsangiz eqnarraydan ham foydalanish mumkin.Masalan:
$$
\begin{array}{rcl}
e^x & = & 1+x+\frac{x^2}{2!}\\
& & +\frac{x^3}{3!}+\cdots
\end{array}
$$
Formula yozish jarayonida agar birinchi qatorda yozayotgan formulangiz juda
uzun bo’lgan taqdirda , keyingi qatorga o’tganda formula davomini o’ng tomondan
yozish formulaga chiroyli ko’rinish bermaydi.Shu sababli bunday vaziyatlarda
63
keyingi qator formulasini chap yoki markazdan yozish ma’qulroq.Buni quyidagi
formulada ko’ramiz:
Latexda esa quyidagicha:
\begin{eqnarray*}
\lefteqn{\int_0^x
e^{-t^2}dt =x-\frac{x^3}{1!\cdot3}
+\frac{x^5}{2!\cdot5}-
\frac{x^7}{3!\cdot7}+\cdots}\\
& &{}+(-1)^n\frac{x^{2n+1}}%
{n!\cdot(2n+1)}+\cdots
\end{eqnarray*}
Bu yerda biz \lefteqn buyrug’idan foydalandik.Bu buyruq haqida biz
matematik diagramma bo’limida bilib olgan edik.